So’nggi yangiliklar

11:33Винисиус ғавғоли ўйиндан сўнг Дубайга учиб кетди. Сабаби очиқланди  0 11:04U-23 Осиё чемпионати-2016. Энг тезкор голни урган ва умиди эрта сўнган Ўзбекистон  20 10:45Дани Алвес Португалия футбол клубини сотиб олиши мумкин  0 10:18Сергей Токов Суперлига жамоасида иш бошлаши мумкин  1 09:51"Локомотив" тажрибали ҳимоячи билан шартнома тузади  3 09:23Рубен Аморим кечаги мағлубиятдан сўнг: "Бугун биз яхшироқ эдик"  2 08:55Фарход Соҳибжонов "Андижон" билан хайрлашди. Унинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  3 08:27"Хоразм"да нима гаплар? Етакчилар билан шартнома узайтирилди ва Тожикистондан дарвозабон келмоқда  5 07:59ОКМК етакчиси фаолиятини "Навбаҳор"да давом эттириши мумкин  8 07:30Ханси Флик: "Бу шунчаки шармандагарчилик"  9 01:15"Қизилқум" ўз футболчиси билан шартномани узайтирди  0 00:25“Навбаҳор”: Бенжамин Тейди билан шартнома узайтирилди  1 23:58"Динамо" Фрайдей билан хайрлашди  1 23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  29 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0

JCH-2018. Portugaliya-Ispaniya 3:3 LIVE+FOTO Yangiliklar

JCH-2018. Portugaliya-Ispaniya 3:3 LIVE+FOTO

JCH-2018 "V" guruhidan o'rin olgan ikkinchi uchrashuvda musobaqa favoritlari Ispaniya va Portugaliya terma jamoalari o'zaro hisob kitob qilishadi.

Portugaliya – Ispaniya

Sochi. «Olimpiyskiy stadion Fisht»

Bosh hakam: Janluka Rokki (Florenciya, Italiya)  

Qanot hakamlari: Elenito Di Liberatore (Italiya), Mauro Tonolini (Italiya)

Zaxira hakami: Ryudzi Sato (Nagoya, Yaponiya).


Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru, Soaresh, Fonte, Vilyam Karvalyu, Moutinyu, Gonsalu Gedesh, Bernardu Silva, Brunu Fernandesh, Ronaldu.

Ispaniya –De Xea, Pike, Alba, Nacho, Ramos, Buskets, Koke, Isko, Silva, Inesta, Diego Kosta.


UCHRASHUV BOSHLANDI!

Uchrashuvni portugaliyaliklar juda faollik bilan boshlashdi... vaaa PENALTI tepish huquqiga ega bo'lishdi. Ronalduga nisbatan qo'pollik ishlatildi, shubhasiz...

3-daqiqa. To'p oldida Krishtianu! Zarba! GOOOOLLLLL!!!!!

10-daqiqa. Ispanlarning ilk xavfli hujumi. David Silvaning jarima maydonchasidan yo'llagan kuchli zarbasi darvoza ortida turgan muxlislarga sovg'a bo'ldi....

17-daqiqa. Buskets to'p uchun kurashda raqibiga nisbatan qo'pollik ishlatdi va OGOHLANTIRILDI...

21-daqiqa. Ispanlar asta-sekin o'yinda tashabbusni o'z qo'llariga olishga urinishmoqda... Inesta chap  qanotdan jarima maydonchasiga kirib keldi va to'pni qulay vaziyatda turgan Silvaga uzatdi. Davidning zarbasi noaniq chiqdi. SHu daqiqadayoq tezkor qarshi hujumchga o'tgan portugaliyaliklar hisobni oshirishlari mumkin edi.... Ammo so'nggi soniyalarda ispaniyalik himoyachilar xavfni bartaraf etishdi...

GOOOOOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLL!!!!!

Diego KOSTA! Qoyil! "Atletiko" hujumchisi dastlab to'p uchun kurashda Pepeni "qulatdi". So'ngra to'p bilan jarima maydonchasiga yaqinlashdi va ikki himoyachini ikki martadan "zamax"da "uxlatib", kuchli va aniq zarbasi bilan pastlki burchakka kuchli zarba yo'lladi- 1:1. Ajoyib bahs!

XAVFLI VAZIYAT!!! Ispanlar ajoyib tarzda "tika-taka" uslubida bir-birlariga to'p uzatishdi va Inestaning chamasi 5-6 metrlardan uzoq pastki burchakka yo'llagan zarbasi darvoza ustuni oldidan o'tib ketdi...

GOOOOLLLL!!!!! Krishitanu Ronalduning darvozaga yo'llagan kuchli zarbasini De Xea egallab olishdi xatoga yo'l qo'ydi va to'p darvoza to'rida aylanib yuribdi -2:2.

Uchrashuvning birinchi bo'limiga 1 daqiqa qo'shib berildi...

BIRINCHI BO'LIM YAKUNLANDI.

Ikkinchi bo'lim boshlandi.

GOOOOLLLL!!!!!!!!! Ispanlar jarima to'pi tepish huquqiga ega bo'lishdi. To'p jarima maydonchasiga uzatilgach Diego Kosta yaqin masofadan darvozani aniq nishonga oldi -2:2.

GOOOOLLLL!!!!!! NA-CHO! Isppanlar darvozasiga belgilangan penaltiga sababchi bo'lgan Nacho xatosini yuvdi. Uning jarima maydonchasi tashqarisidan yo'llagan kuchli zarbasi uzoq burchakka aniq borib tushdi- 2:3

GOOOOLLLL!!!! KRISHTIANU! RONALDU! QOYIL! Jarima zarbasini ajoyib tarzda De Xea qo'riqlayotgan darvozaga yo'lladi- 3:3. Haqiqiy dramatik bahs!

Uchrashuvga 4 daqiqa qo'shib berildi...


UCHRASHUV YAKUNLANDI. JANGOVAR DURANG!!!

Reyting: +95   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика