JCH-2018. Karlush Keyrush: "Eron Marokashni mag'lub eta oladi"
15 iyu 2018 09:51
Yangiliklar
JCH-2018. Karlush Keyrush: "Eron Marokashni mag'lub eta oladi"
Forslar 1-turda Afrika vakili Marokashga qarshi bahs olib borishadi. O'yin Sankt Peterburgdagi 67 ming tomoshabinga mo'ljallangan stadionda bo'lib o'tadi. O'z tarixida beshinchi bor mundialda ishtirok etayotgan Eron bungacha biror marta guruhdan chiqa olmagan.
O'yindan oldin tashkil etilgan matbuot anjumanida Eron termasi ustozi Karlush Keyrush quyidagi fikrlarni bildirdi:
- "Birinchi o'yin har doim muhim. O'ylaymanki, ikkala jamoa ham chiroyli o'yin ko'rsatib beradi. Ham bizda, ham Marokashda ajoyib futbolchilar bor. Jahon chempionatida ishtirok etar ekansan, senda albatta bosim va hayajon bo'ladi. Biroq buni tez engib o'tish lozim. Futbolda eng yaxshi tibbiyot bu g'alaba qozonish, shunday ekan biz ham uch ochkoni qo'lga kiritishga urinib ko'ramiz".
- "Marokash kuchli, lekin biz ham ulardan qolishmaymiz. Eron harakat qilsa bemalol bu jamoani mag'lub eta oladi. Biz o'z imkoniyatlarimizni to'liq namoyish etishni xohlaymiz, shuning uchun ham bu erga kelganmiz. SHogirdlarim o'yinga tayyor va hamma maydonga tushishni sabrsizlik bilan kutmoqda. Mening rejam oddiy: avval himoyalanib keyin hujumga o'tamiz".
Fikrlar