So’nggi yangiliklar

08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  3 07:45Шунчаки қойил! 6 очкодан маҳрум бўлган Канада аёллар терма жамоаси плей-оффга йўл олди. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  1 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  0 04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   12 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  16 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  4 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8

JCH-2018. Meksika Germaniyadan keyin Janubiy Koreyani ham yutdi Yangiliklar

JCH-2018. Meksika Germaniyadan keyin Janubiy Koreyani ham yutdi

JCH-2018 ikkinchi turi doirasidagi Janubiy Koreya - Meksika uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'yindagi hisob 26-daqiqada ochildi. Guardado chap qanotdan jarima maydoniga kirib borayotganda to'p CHan Xyon Suning qo'liga tegdi. Hakam ikkilanmay penalti belgiladi. 11 metrli jarima to'pini Karlos Vela osongina golga aylantirdi - 0:1. 

Ikkinchi bo'limda Xaver Ernandes terma jamoa safidagi o'zining 50-golini urdi - 0:2. 

Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Son Xen Min chiroyli gol urdi, biroq bu faqat hisobni qisqartirish uchun etdi xolos - 1:2. 

SHu tariqa, Meksika dastlabki ikki o'yinda ikkita g'alabaga erishib 6 ochko to'pladi. Janubiy Koreya esa ketma-ket ikkinchi o'yinda ham yutqazdi. Guruhdagi yana bir o'yin Germaniya va SHveciya o'rtasida kechadi.


South Korea

Heung-Min Son - 90'

World Cup Grp. F . 2-tur

23/06/2018, 20:00

2
:
1
Tugadi

Mexico

Carlos Vela - 26', Javier Hernandez - 66'

Stadion: Rostov-on-Don Stadium, 43472 tomoshabin

Bosh hakam: Milorad Mazic

45'
90'
58'  Young-Gwon Kim
63'  Yong Lee
64'  Se-Jong Joo (Seung-Woo Lee)
72'  Seung-Woo Lee
77'  Seon-Min Moon (Woo-Young Jung)
80'  Woo-Young Jung
84'  Min-Woo Kim (Chul Hong)
90'  Heung-Min Son
90'  Jae-Sung Lee
26'  Carlos Vela
66'  Javier Hernandez
66'  Hirving Lozano
68'  Andres Guardado (Rafael Marquez)
71'  Hirving Lozano (Jesus Corona)
77'  Carlos Vela (Giovani dos Santos)


Janubiy Koreya - Meksika 1:2 
23 iyun 2018. Rostov. "Rostov Arena" stadioni. 43472 tomoshabin.
Hakamlar:
Milorad Majich (Serbiya), Milovan Ristich (Serbiya), Dalibor Jurjevich (Serbiya), Jon Pitti (Panama)
Gollar: Karlos Vela 26 penalti, - 0:2. Xaver Ernandes 66, - 0:2. Son Xen Min 90+2, - 1:2.
Janubiy Koreya: 23.CHo Xyon U, 2.Li Yon, 7.Son Xen Min, 8.CHu Sen Jon (10.Li Sin Vu, 64), 11.Xvan Xi CHan, 12.Kim Min U (14.Xong CHul, 84), 16.Ki Son Yon, 17.Li Je Son, 18.Mun Son Min (15.Vu Yun Jung, 77), 19.Kim Yon Gvon, 20.CHan Xyon Su.

Meksika: 13.Gilermo Ochoa, 3.Karlos Salsido, 7.Migel Layyun, 11.Karlos Vela (10.Jovanni Dos Santos, 77), 14.Xaver Ernandes, 15.Ektor Moreno, 16.Ektor Errera, 18.Andres Guardado (4.Rafael Markes, 68), 21.Edson Alvares, 22.Irving Lozano (17.Xesus Korona, 71), 23.Xesus Gallardo.

Ogohlantirishlar: Kim Yon Gvon 58, Li Yon 63, Vu Yun Jung 80.


YANGILASH


O'yindagi barcha gollarni saytimizning telegram kanalida kuzatib borish mumkin: KANALGA O'TISH

90+5. Uchrashuv tugadi. Janubiy Koreya - Meksika 1:2. 

90+2. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! SON XEN MIIIIIIN! 1:2. Ajoyib gol 

90. Uchrashuvga 5 daqiqa qo'shib berildi

84. O'zgarish. Janubiy Koreya. Kim Min U o'rniga Xong CHul tushdi

80. Ogohlantirish. Janubiy Koreya. Vu Yun Jung

Mavzudan tashqari: Ravshan Ermatov 11-o'yinga tayinlandi

79. Uchrashuv taqdiri deyarli hal. Koreya guruhda qolib ketishi deyarli aniq bo'lmoqda

77. O'zgarish. Meksika. Karlos Vela o'rniga Jovanni Dos Santos tushdi

71. O'zgarish. Meksika. Irving Lozano o'rniga Xesus Korona

68. O'zgarish. Meksika. Andres Guardado o'rniga Rafael Markes tushdi

66. Tezkor qarshi hujumdan so'ng CHicharito gol urdi - 0:2. 

66. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! CHICHARITOOOOOOOOO! 0:2

64. O'zgarish. Janubiy Koreya. CHu Sen Jon o'rniga Li Sin Vu tushdi

63. Ogohlantirish. Janubiy Koreya. Li Yong

59. ZARBA! Andres Guardadoning zarbasini CHo Xyon U ajoyib seyv bilan qaytardi

58. Ogohlantirish. Janubiy Koreya. Kim Yon Gvon

56. Meksikaliklar jarima to'piga ega bo'lishdi, to'p darvozabonga nasib qildi

54. Koreyslar hujumga o'tishdi, to'p himoyachining qo'liga tekkandek ko'rindi, biroq hakam penalti belgilamadi va xatto VAR ga ham murojaat qilmadi

51. Zarba! Xaver Ernandesning jarima maydoni tashqarisidan yo'llagan zarbasi noaniq ketdi

Fakt: Bugungi bahsni tomosha qilish uchun "Rostov Arena" stadioniga 43472 tomoshabin keldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. 


Birinchi bo'lim statistikasi


45+1. Birinchi taym tugadi. Hozircha Meksika 1:0 hisobida oldinda. 


44. Koreyslar hujumkorlikni oshirishdi, Son Xen Minning zarbasi himoyachiga tegib maydonni tark etdi.

Qiziq fakt! Vela ushbu mundialdagi 14-penaltini amalga oshirdi. 2014 yilgi Jahon chempionatida jami 13ta penalti tepilgandi...

38. Golga qadar koreyslar ko'proq hujum qilishgandi, hisob ochilgach esa Meksika ko'proq hujumga o'tmoqda

34. Bu bahs Rossiyada o'tayotgan mundialning 28-uchrashuvi hisoblanadi. Mana shu 28ta o'yinning barchasida gol urildi. Yani umuman 0:0 hisobi qayd etilmadi. 



30. O'yindagi barcha gollarni saytimizning telegram kanalida kuzatib borish mumkin: KANALGA O'TISH

28. ZARBAAAAAAAAAAA! Migel Layyun tomonidan berilgan zarba ozgina noaniq ketdi!

26. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! Karlos Vela penaltidan osongina hisobni ochdi 0:1.


24. PENALTI! JANUBIY KOREYA darvozasi tomon! Guardado chap qanotdan jarima maydoniga kirib borayotganda to'p CHan Xyon Suning qo'liga tegdi. Hakam ikkilanmay penalti belgiladi!

22. ZARBAAAAA! SON XEN MIN! Birga bir vaziyatga chiqib borgan "Tottenxem" hujumchisi ikki bor zarba berdi, to'pni himoyachilar qaytarishdi! 

17. Hozircha osiyoliklar tap tortmay o'ynashmoqda va Meksika hali xavfli vaziyat yaratgani yo'q.

13. Xavfli vaziyat! CHap qanotdan koreyslar hujumga o'tishdi, himoyaga etib kelgan Lozano jamoasini goldan qutqarib qoldi!

7. Xvang Xi CHan chap qanotdan hujumga o'tdi, ammo himoyachilar to'pni qaytaishdi

Qiziq fakt: 2018 yilgi Jahon chempionatida hozirga qadar eng ko'p seyv qilgan darvozabon: Meksikalik Gilermo Ochoa

3. Birinchi turda Koreya SHveciyaga yutqazgan, Meksika esa Germaniyani mag'lub etgandi


2. O'yindagi barcha gollarni saytimizning telegram kanalida kuzatib borish mumkin: KANALGA O'TISH

Qiziq fakt: 2018 yilgi Jahon chempionatida hali raqib darvozasiga aniq zarba bermagan yagona jamoa bu Janubiy Koreya.

1. O'YIN BOSHLANDI!

- Meksika davlat madhiyasi

- Janubiy Koreya davlat madhiyasi yangramoqda

- Ikkala jamoa maydonga tushib keldi.




Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика