So’nggi yangiliklar

04:48Париж-2024. Ўзбекистон гуруҳ босқичида барча жамоалар ичида қандай кўрсаткичлар қайд этди?   7 00:32Расман: "Милан" Павлович трансферини эълон қилди  1 00:01"Атлетико" "Барселона" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 23:31ЕЧЛнинг янги формати тасдиқланди: анъавий гуруҳ босқичи ўтмишга айланди, қуръани махсус компьютер ўтказади  11 22:30Аёллар футболи афсонаси Марта ўзининг Олимпиададаги катта эҳтимол билан сўнгги ўйинида қизил карточка олди  1 21:43Расман: АПЛ "Манчестер Сити"ни жаримага тортди  2 21:18Килиан Мбаппе ўзи ўйнаган клубни расман сотиб олди  2 20:49Юрген Клопп қачон мураббийликка қайтиши ҳақидаги саволга жавоб қайтарди  3 20:25Расман: "Насаф" сербиялик вингер трансферини эълон қилди  8 19:46Суперлигада тоза ўйин вақти ошди  6 19:20"Боруссия" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олади  0 18:43Расман: U-20 Осиё кубогида чемпион бўлган футболчимиз легионерга айланди  8 18:18Флик "Барса" ҳақида: "Манчестер Сити"дек иш тутмоқчимиз"  0 17:41"Барселона" Европа чемпионининг трансфери устида ишлашни бошлади  3 16:53"Пахтакор" фахрийлари 11 август куни Минскда "Динамо"га қарши ўйнайди  8

JCH-2018. Franciya Peruni mag'lub etdi va keyingi bosqichga chiqdi Yangiliklar

JCH-2018. Franciya Peruni mag'lub etdi va keyingi bosqichga chiqdi

Teglar :  FranciyaPeru
Franciya hamda Peru terma jamoalari o'rtasidagi JCH-2018 guruh bosqichining 2-tur uchrashuvi yakunlandi.

Franciya - Peru 1:0 

Gol: Mbappe 34.

Franciya: 1.Ugo Loris, 2. Benjamin Pavard, 4.Rafael Varan, 5.Samuel Yumtiti, 21. Lukas Ernandes, 6.Pol Pogba (N'Zonzi 89), 13.N'Golo Kante, 14.Blez Matyuidi, 7.Antuan Grizmann (Fekir 80), 9.Olive Jiru, 10.Kilian Mbappe (Dembele 75).

Peru: 1.Pedro Galles, 2. Alberto Rodriges (Santamariya 46), 6. Migel Trauko, 15. Gilermo Ramos, 17. Luis Advinkula, 8.Kristian Kueva (Ruidiaz 82), 19.Viktor Yotun (Farfan 46), 23.Pedro Akino, 9.Paolo Gerrero, 18.Andre Karrilo, 20.Edison Flores.

Ogohlantirishlar: Matyuidi 16, Pogba 86 - Gerrero 22, Akino 80.


France

Kylian Mbappe - 34'

World Cup Grp. C . 2-tur

21/06/2018, 20:00

0
:
1
Tugadi

Peru

Stadion: Ekaterinburg Arena, 32789 tomoshabin

Bosh hakam: Mohammed Abdulla Mohammed

45'
90'
16'  Blaise Matuidi
34'  Kylian Mbappe
75'  Kylian Mbappe (Ousmane Dembele)
80'  Antoine Griezmann (Nabil Fekir)
86'  Paul Pogba
89'  Paul Pogba (Steven Nzonzi)
23'  Jose Paolo Guerrero
46'  Yoshimar Yotun (Jefferson Farfan)
46'  Alberto Rodriguez (Anderson Santamaria)
81'  Pedro Aquino
82'  Christian Cueva (Raul Ruidiaz)


YANGILASH


UCHRASHUV YAKUNLANDI!

90+4. Jiru ikki himoyachidan qochib darvozaga zarba berdi. So'nggi onda himoyachilar to'p yo'liga to'g'anoq bo'lishdi.

90+3. Peruliklar ustozi o'z shogirdlarini raqib jarima maydonchasiga chorlamoqda. Ushbu mag'lubiyat tufayli ular guruhda qolib ketishadi.

90+1. Fekir burchak bayroqchasi oldida standart ishlab oldi. Franciyaliklar vaqtni cho'zishyapti.

90. Uchrashuv asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi.

89. O'zgarish. Pogba xushtaklar fonida maydonni tark etmoqda, uning o'rniga Stiven N'Zonzi maydonga tushdi.

88. Jarima zarbasi ijro etildi... Gerreroning zarbasi Loris qo'liga borib tushdi.

86. Pogba ogohlantirildi. U o'z jarima maydonchasi oldida Farfanning yuziga zarba berib yubordi. Xavfli standart...

82. O'zgarish. Kueva o'rniga Raul Ruidiaz maydonga tushdi.

81. Hakam avvaliga Floresga sariq kartochka ko'rsatdi, bir necha soniya o'tib u o'z qarorini bekor qildi va Akinoni ogohlantirdi. Referi qoida buzgan futbolchini adashtirib yubordi.

80. O'zgarish. Grizmann o'rniga Nabil Fekir maydonga tushdi.

75. O'zgarish. Uchrashuvdagi yagona gol egasi Kilian Mbappe o'rniga Usmon Dembele maydonga tushdi.

74. Perudan ajoyib hujum! Akino o'ng qanotdan to'pni jarima maydonchasiga uzatdi, uzoq burchakdagi Farfan bir amallab zarba berdi, ammo to'p darvoza to'riga tashqaridan tegdi.

70. Ugo Loris bugun o'zining Franciya terma jamoasidagi 100-o'yinini o'tkazmoqda.

68. Elkama-elka kurashda Yumtiti to'pni maydondan tashqariga chiqarib yubordi. Peruliklarning burchak zarbasi hujumdagi fol bilan yakunlandi.

61. So'nggi besh daqiqa ichida peruliklar Franciya terma jamoasini o'z jarima maydonchasiga qamab qo'ydi va tinimsiz hujum uyutirmoqda.

59. Karriloning jarima chizig'i ustida yiqilganiga hakam ishonmadi. O'yinni davom ettirish kerakligini ko'rsatdi.

50. AKINOOO!!! Pedroning o'ng oyoq tashqi qismi bilan bergan zarbasi tufayli to'pi darvozaning chap burchagi tomon uchdi, biroq ustunga tegib maydonni tark etdi.

47. Farfan o'yinga tushishi bilan Yumtitiga jarohat etkazdi. To'p uchun ikkinchi qavatdagi kurashda "Barselona" himoyachisi soniga tizzasi bilan zarba berdi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi.

O'ZGARISHLAR: Yotun o'rniga Farfan, Rodriges o'rniga Santamariya tushdi.

TANAFFUS

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.

43. ZARBAAA! Ernandes ajoyib uzatmalardan so'ng darvozani nishonga olishga urindi, biroq posbon o'z vazifasini uddaladi.

39. Franciya terma jamoasi tezkor qarshi hujum tashkil qildi. Mbappe to'pni markazroqdagi Grizmannga uzatdi, Antuan esa Jiruni oldinga chorladi, ammo to'pga birinchi bo'lib Galles etib keldi va uni ushlab oldi.

34. GOOOOLLLL! MBAPPEEE! Olive Jiru chap o'tkir burchakdan darvozaga zarba berdi, to'p peruliklar himoyachisiga tegib, bo'sh qolgan Mbappe oyog'iga tushdi. Kilian esa bu imkoniyatdan unumli foydalandi. Hisob ochildi.

33. Pogbaning ajoyib uzatmasi Mbappeni darvozabon bilan birga-bir chiqardi. Kilian teskari turib darvozaga zarba bera olmadi.

30. ZARBAAAA! Gerrero yaqin masofadan, biroq o'tkir burchakdan Loris darvozasiga zarba berdi. Ugo o'z jamoasini muqarrar goldan qutqardi.

Franciya terma jamoasini stadiondan sobiq Franciya go'zali Valeriya Begu qo'llab-quvvatlab turibdi.

22. Paolo Gerrero Yumtiti bilan kelisha olmay qolgani tufayli sariq kartochka bilan jazolandi.

16. GRIZMANNN! Varan uzun pas orqali Jiruga to'pni oshirdi, Olive esa bosh bilan to'pni Grizmannga tashladi, Antuan o'ng oyoq bilan erlatib darvozaga zarba berdi, perulik darvozabon esa tizzalari bilan darvozasini goldan saqladi.

14. ZARBAAAA! Antuan Grizmann to'pni burchak zarbasidan jarima maydonchasiga uzatdi, Rafael Varan bosh bilan to'pni darvoza tomonga burishga urindi, biroq to'p yo'nalishi u o'ylagandek bo'lmadi.

12. POGBAAA! Pol uzoq masofadan Peru darvozabonini sinab ko'rdi. Gallesning baxtiga to'p darvozaga kirmadi.

11. Uchrashuvdagi ilk zarba Antuan Grizmann hisobiga yozildi. "Atletiko" forvardi o'ng oyoqda darvozani nishonga olishga urindi, muvaffaqiyatsiz urinish.

9. Jin ursin! Korilo o'ng qanotda ikki franciyalikni aldab o'tdi, biroq uning uzatmasi ishlatgan finti kabi foydali bo'lmadi.

6. Peru terma jamoasi futbolisi kutilmaganda markazdan raqib darvozasiga zarba berdi, biroq to'p u nishonga olgan joyga tushmadi.

5. Ilk daqiqalardan peruliklar faol harakat qilishmoqda. Francuzlar pozicion hujum amalga oshirish uchun bir tempda harakatlanishyapti.

3. Peru terma jamoasi futbolchisi jarohat olgan ko'rinadi. Korrilo shikastlandi.

1. Diqqat uchrashuv boshlandi! Bor etiborni o'yinga qaratamiz.

- Tribunalari stadionning tashqarisiga chiqib turgan arenada ikki mamlakat madhiyalari yangradi. Tarkiblarga yana bit etibor beramiz.

- Assalomu alaykum hurmatli futbol muxlislari. Bugun JCH-2018ning eng mashhur stadionlaridan biri - "Ekaterinburg Arena"da Franciya hamda Peru terma jamoalari kuch sinashishadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика