So’nggi yangiliklar

12:17"Манчестер Юнайтед" устози Ямайка терма жамоаси бош мураббийига айланади  0 11:55Ўртоқлик учрашуви. "Милан" - "Реал Мадрид" 1:0, Чуквуэзе "Реал" ҳимоячиларини шошириб қўйди  1 11:50"Ювентус" Николас Гонсалесни сотиб олмоқчи  1 11:25Саудия Арабистони 48 терма жамоа иштирок этадиган ЖЧ-2034ни 5 та шаҳарда ўтказмоқчи  3 11:01«Арсенал» яна бир йирик трансфер бўйича иш бошлади  4 10:44ПСЖ мавсумдаги илк йирик харидини амалга оширди — Фабрицио Романо  1 10:28Ўзбекистонлик ҳакамлар чорак финалнинг марказий учрашувини бошқариб боришади  5 10:09Ўртоқлик учрашуви. Бешта гол киритилган баҳсда МЮ испан клубини қийинчилик билан мағлуб этди  2 10:07«Андижон»нинг янги легионери: «Бизда Кубокни ютиш учун яхши имкон юзага келган ва бундан фойдаланиб қолишга ҳаракат қиламиз»  2 09:41Зафармурод Абдираҳматов: "Тарихимиздаги биринчи олимпиадада фақат иштирок билан чекландик"  7 09:14«Милан» «Реал»ни , «Ливерпуль» «Арсенал»ни мағлуб этди. «Челси»дан эса йирик ғалаба  10 08:45МЮнинг 70 миллион евролик харидининг жароҳати жиддий бўлиб чиқди  5 08:13Элдор Шомуродов терма жамоамизнинг олимпия ўйинларидаги иштироки ҳақида фикр билдирди  11 07:45Шунчаки қойил! 6 очкодан маҳрум бўлган Канада аёллар терма жамоаси плей-оффга йўл олди. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  2 07:00Бугун Париж Олимпиадасида қайси спортчиларимиз иштирок этишади? (рўйхат)  2

JCH-2018. Peru mundialni g'alaba bilan tugatdi Yangiliklar

JCH-2018. Peru mundialni g'alaba bilan tugatdi

JCH-2018 doirasidagi Avstraliya va Peru o'rtasidagi o'yin bo'lib o'tdi.

Ushbu sahifada o'yinning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ldi. 


YANGILASH




AVSTRALIYA - PERU 0:2

Hakamlar: Sergey Karasev (Rossiya), Anton Averyanov (Rossiya), Tixon Kalugin (Rossiya), Ryuji Sato (Yaponiya).

Gollar: Andre Karillo 18, - 0:1. Xose Paolo Gerrero 50, - 0:2.

Avstraliya: 1.Metyu Rayan, 19.Joshua Risdon, 20.Trent Seynsberi, 5.Mark Milligan, 16.Aziz Bexich, 7.Mettyu Leki, 13.Aron Muy, 15.Mayl Edinak, 10.Robbi Kruz (17.Daniel Arzani, 58), 23.Tomas Rogich (22.Jekson Irvin, 72), 9.Tommi Yurich (4.Tim Kexill, 53).

Peru: 1.Pedro Galesse, 17.Luis Advinkula, 4.Anderson Santamaria, 15.Kristian Gilermo Ramos, 6.Migel Taruko, 19.Yosimar Yotun (23.Pedro Akino, 46), 13.Renato Tapia (7.Paolo Urtado, 63), 18.Andre Karillo (16.Vilder Kartaxena, 79), 8.Kristian Kueva, 20.Edison Flores, 9.Xose Paolo Gerrero.

Ogohlantirishlar: Mayl Edinak 10, Yosimar Yotun 45, Daniel Arzani 60, Tomas Rogich 66, Paolo Urtado 79, Mark Milligan 88.


Australia

World Cup Grp. C . 3-tur

26/06/2018, 19:00

2
:
0
Tugadi

Peru

Andre Carrillo - 18', Jose Paolo Guerrero - 50'

Stadion: Fisht Olympic Stadium, 44073 tomoshabin

Bosh hakam: Sergei Karasev

45'
90'
10'  Mile Jedinak
53'  Tomi Juric (Tim Cahill)
58'  Robbie Kruse (Daniel Arzani)
60'  Daniel Arzani
66'  Tom Rogic
72'  Tom Rogic (Jackson Irvine)
88'  Mark Milligan
18'  Andre Carrillo
18'  Jose Paolo Guerrero
45'  Yoshimar Yotun
46'  Yoshimar Yotun (Pedro Aquino)
50'  Jose Paolo Guerrero
63'  Renato Tapia (Paolo Hurtado)
79'  Andre Carrillo (Wilder Cartagena)
79'  Paolo Hurtado


O'yin tugadi. Avstraliya - Peru 0:2

90+4. Peru JCH-2018ni g'alaba bilan tugatmoqda, Avstraliya esa Peruga qo'shilib guruhda qolib ketdi

90. O'yin tugashiga 5 daqiqa qo'shildi

88. Ogohlantirish. Avstraliya. Milligan

80. ZARBA! Mayl Edinakning zarbasi noaniq ketdi

79. Ogohlantirish. Peru. Urtado

79. O'zgarish. Peru. Karillo o'rniga Vilder Kartaxena tushdi

Qiziq fakt: Tim Kexill o'z faoliyatida to'rtinchi Jahon chempionatida maydonga tushdi. 


72. O'zgarish. Avstraliya. Rogich o'rniga Irvin tushdi

68. Gerreroning golini telegramdagi kanalimizda tomosha qilish mumkin. KANALGA O'TISH

66. Ogohlantirish. Avstraliya. Rogich

65. ZARBAAAAAA! Ushbu mundialning eng yosh futbolchisi Daniel Arzani tomonidan yo'llagan zarba xavfli chiqdi

63. O'zgarish. Peru. Tapia o'rniga Urtado

60. Ogohlantirish. Avstraliya. Arzani

58. O'zgarish. Avstraliya. Robbi Krus o'rniga Daniel Arzani tushdi

53. O'zgarish. Avstraliya. Yurich o'rniga Tim Kexill tushdi

50. Peruliklar chap qanotdan boshlangan hujumni Gerrero samarali yakunladi!

50. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! PAOLO GERREROOOOOOOO! 0:2

46. Ikkinchi taym boshlandi

46. O'zgarish. Peru. Yotun o'rniga Pedro Akino tushdi


45+1. Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha Avstraliya - Peru 0:1


45. Birinchi taymga 1 daqiqa qo'shib berildi

44. Ogohlantirish. Peru. Yotun

41. Peruliklarda jarima to'pi, jarima maydoniga uzatilgan to'p qaytarildi. Avstraliya bu o'yini bilan bugungi bahsni yuta olmaydi

35. Burchak to'pidan so'ng Edinak boshi bilan zarba berdi, noaniq!

34. Xavfli vaziyat! CHap qanotdan Robbi Kruz jarima maydoniga kirib borib sherigiga to'p uzatdi, Metyu Leki darvozaga zarba berishga ulgurmadi va himoyachilar to'pni maydon tashqarisiga chiqarib yubordi

29. Karilloning ajoyib golini telegramdagi kanalimizda tomosha qilish mumkin. KANALGA O'TISH

28. ZARBA! Tommi Rogichning zarbasini posbon qaytardi!

27. Peruliklar hisobni ochgach avstraliyaliklar katta kuch bilan hujumga o'tishdi.

Qiziq fakt! Peru terma jamoasi 36 yildan so'ng Jahon chempionatida gol urdi. So'nggi bor peruliklar 1982 yilda Polshaga qarshi o'tgan bahsda to'p kiritishgandi. 

18. Mundialdagi navbatdagi chiroyli gol. Peruliklar tezkor hujumga o'tishdi, chap qanotdan jarima maydoniga ichiga uzatilgan to'pni Andre Karillo to'xtatmay darvozaga joylab qo'ydi!

18. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! KARILLO! 0:1


13. Hozircha hech bir jamoada tashabbus yo'q. Hujumlar oxirigacha etmay qolayapti

10. Ogohlantirish. Avstraliya. Mayl Edinak

8. Xavfli vaziyat! O'ng qanotdan yashil qita vakillarining hujumi, Yurichning to'p uzatishini Pedro Galesse egallab oldi

7. Peru guruhda qolib ketishi aniq bo'lib ulgurgan. Avstraliyada esa keyingi bosqichga chiqish uchun kichik imkoniyat bor. Buning uchun "sokkeruzlar" Peruni mag'lub etishlari va Daniya Franciyaga imkon qadar yirikroq hisobda yutqazishini kutishadi



Qiziq fakt: Peruliklar dastlabki ikki o'yinda 29ta zarba berib umuman gol ura olishmadi!

5. Dastlabki daqiqalarda ikki tomon bir birlarini o'rganishmoqda.

1. Uchrashuv boshlandi!

- O'yindagi barcha gollarni saytimizning telegramdagi kanalida ko'rish va ko'chirib olish mumkin: KANALGA O'TISH

- Uchrashuv soat 19:00da boshlanadi.





Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика