So’nggi yangiliklar

18:59Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон жой олган гуруҳда Жанубий Корея ва Эрон муроса кўчасини танлади  0 18:49"Пахтакор" янги мавсумга тайёргарликни бошлади  0 18:46U-23 Осиё Кубоги. Ўзбекистон U-23 - Ливан U-23 (матнли трансляция)  6 18:30Испания Кубоги 1/8 финалига қуръа ташланди  1 17:44"Хоразм" сербиялик дарвозабон билан шартнома имзолади  1 17:06"Пахтакор"нинг ироқлик легионерлари визасини янгилай олмаяпти  8 16:45Тони Пулис: "Агар имконият берилса, Флетчер МЮ учун энг яхши мураббий бўлиши мумкин"  2 16:17Абдуқодир Ҳусанов сайёранинг энг тезкор 10 нафар футболчиси қаторига кирадими?  2 15:05Тимур Кападзе: "Ўйлайманки, "Навбаҳор"да молиявий муаммолар бўлмайди"   17 14:45"Бунёдкор" хорватиялик легионер билан хайрлашди  1 14:20Забиҳилло Ўринбоев: "Ўтган йилги ички муаммоларни ҳозир айтиш нотўғри. Хатолардан хулоса чиқарамиз"  1 14:02МЮ вақтинчалик мураббий масаласида Сульшер ва Кэррик билан учрашув ўтказади  6 13:35Неймар ва "Сантос" шартномани 2026 йил якунига қадар узайтиришди  0 13:02Бугунги ўйинлар: Ўзбекистон U-23 — Ливан U-23, Ҳусанов “Сити” билан уйда ва бошқалар  3 12:56Месси ижтимоий тармоқлар ҳақида: "Гоҳида кимдандир "отписка" қилишни хоҳлайман, лекин бунинг оқибатларини биламан"  12

JCH-2018. Guruh favoritlari to'qnashuvida Belgiya g'olib Yangiliklar

JCH-2018. Guruh favoritlari to'qnashuvida Belgiya g'olib

JCH-2018 doirasidagi "G" guruhining 3-turidan o'rin olgan Angliya - Belgiya uchrashuvi bo'lib o'tdi.


England

World Cup Grp. G . 3-tur

29/06/2018, 00:00

1
:
0
Tugadi

Belgium

Adnan Januzaj - 51'

Stadion: Kaliningrad Stadium, 33973 tomoshabin

Bosh hakam: Damir Skomina

45'
90'
46'  John Stones (Harry Maguire)
79'  Trent Alexander-Arnold (Danny Welbeck)
19'  Youri Tielemans
33'  Leander Dendoncker
51'  Adnan Januzaj
51'  Youri Tielemans
74'  Thomas Vermaelen (Vincent Kompany)
86'  Adnan Januzaj (Dries Mertens)

JCH-2018.

"G" guruhi, 3-tur.
Angliya – Belgiya 0:1

«Kaliningrad» stadioni.

Bosh hakam
: Damir Skomina.

Gol
: Yanuzay (51)

Angliya 
– Pikford, Djons, Stounz (Maguayr, 46), Rouz, Keyxill, Dayer, Loftus-CHik, Delf, Aleksander-Arnold (Uelbek, 79), Vardi, Reshford.

Belgiya 
– Kurtua, SHadli, Boyata, Vermalen (Kompani, 74), Dembele, Dendonker, Azar, Fellayni, Yanuzay (Mertens, 86), Tilemans, Batshuayi.

Ogohlantirishlar
: Tilemans (19), Dendonker (33).   



               YANGILASH

      MATNLI TRANSLYACIYA


- O'yin tugadi! Belgiya guruhda peshqadamga aylandi!


90. Belgiya qator vaziyatlardan unumli foydalana olmadi.

- Har ikkala jamoa 12tadan jami 24ta marotaba darvozaga zarba beribdi. SHulardan faqatgina 4tasi aniq zarba.


85. Bemano, bemaqsad va azartsiz o'yin. O'yin afishasi nomiga mutlaqo munosib emas!


82. Angliyaning standart vaziyatlaridan kelayotgan xavfni Belgiya himoyachilari va Kurtua ortiqcha qiyinchiliksiz bartaraf etmoqda.


80. To'p nazorati to'liq Angliya qo'lida, Belgiya esa raqibni o'z jarima maydonchasi oldida kutib olish bilan band.


77. Garet Sautgeyt hujumni kuchaytirish uchun Uelbekni tushirdi.


70. Angliya hujumni kuchaytirdi, ammo hozircha bu samara keltirmayapti.


66. Markus Reshford ajoyib imkoniyatdan unumli foydalana olmadi. Reshford Kurtua qarshisiga chiqib bordi va yakkama-yakka vaziyatni ko'kka sovurdi. Uning darvoza tomon tepgan to'pini Kurtua barmoqlari bilan qaytarib yubordi. Burchak zarbasidan esa naf chiqmadi.

62. Angliyaning hujumdagi ishlari yurishmayapti.

55. Belgiya ikkinchi golga yaqin keldi. Yana Adnan Yanuzay jarima maydonchasi kirib borib darvozani nishonga olmoqchi bo'ldi, ammo uning zarbasi yo'liga himoyachilar tug'anoq bo'lishdi.

- Belgiya ustozi Roberto Martinez golni katta quvonch bilan nishonlamadi.

51. GOOOOOOLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLLL! ADNAN YANUZAY! Yanuzay jarima maydonchasi ichida to'pni qabul qilgach ajoyib harakati bilan Rouzni aldadi va to'pni darvozaning yuqori burchagiga joylab qo'ydi - 0:1!

48. Reshfordning darvoza tomon yo'llagan zarbasi noaniq ketdi.

- Angliya tarkibida o'zgarish: Stounz o'rniga Maguayr maydonga tushdi.

46. Ikkinchi taym start oldi.

- Birinchi taym tugadi!


Mazkur o'yin qanday o'tayotganiga ushbu surat aniq baho beryapti


42. Stadionga tashrif buyurgan muxlislar ochiqchasiga norozichilik bildirishmoqda va xushtak chalishmoqda. Futbol o'ynash kerak!


40. Belgiya pozicion hujumda harakat qilmoqda. Ammo bundan hech qanday naf chiqmayapti.


- Rossiyalik taniqli sharhlovchi Roman Gutcayt Angliya - Belgiya uchrashuvida sariq va qizil kartochkalarni gollardan kam bo'lmagan holatda nishonlanishi haqida tvit yozdi.


32. Belgiyadan ajoyib ayyor taktik yurish. Belgiya futbolchilari qo'pollik ishlatib, hakamdan o'zlari uchun kerakli bo'lgan kartochkalarni ishlab olishmoqda. Bu kartochkalar hozirgi onlayn jadvalda ularni egallamoqchi bo'layotgan 2-o'rinini mustahkamlaydi.


"Lokomotiv" klubi xodimi Mamur Mamadaliev Angliya - Belgiya uchrashuvini stadiondan O'zbekiston bayrog'i bilan birgalikda kuzatmoqda


- Bazi guruhlarda birgina gol, durang qadri qanchalik baland yoki daqiqalar qiymati qanchalik yuqori bo'ldi. Bu erda esa 90 daqiqa shunchaki sarf etiladiganga o'xshaydi. Angliya va Belgiya uchun g'alaba kerak bo'lmagan o'yin.

25. Jarangli afisha, ammo jimjit o'yinning 25-daqiqasi tugadi. Hozircha jamoalar futbol o'ynashga urinishmoqda, faqat urinishmoqda.

Lukaku garchi zaxirada qolgan bo'lsada, o'yindan oldin aynan u jamoadoshlari davrasida so'z olib, ularni ruhlantirmoqda. Qoyil!

19. Tilemans raqibiga nisbatan qoidani buzgani uchun ogohlantirildi.

16. Jamoalar to'pni navbati bilan nazorat qilishmoqda.

12. Har ikkala jamoaga g'alaba muhim emas. SHu boisdan ham o'yin tempi kutilganidek yuqori bo'lmayapti. Guruhda birinchi o'rinni olgan jamoa nimchorak finalda Yaponiyaga tushadi. Ammo o'sha setkada Yaponiyadan keyingi raqiblar ancha kuchli va nomdor. Ikkinchi o'rin sohibi esa Kolumbiya bilan o'ynaydi va bu setka nisbatan ancha sokinroq.

9. Belgiyaning xavfli hujumi sodir etildi. Batshuayi va Pikford qarama-qarshiligida Pikford to'pni qo'lidan chiqarib yubordi, ammo to'p chiziqni kesib o'tishga ulgurmadi. Belgiya futbolchilari esa gol bo'lganiga ishora qilishdi. Ammo hakamni qo'lida golni aniqlovchi soat turibdi va unga hech qanday signal kelmadi.

5. Xavfli vaziyat! Tilemansning kuchli zarbasini Pikford mahorat ko'rsatib qaytarib yubordi!

1. O'yin boshlandi!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. Har ikkala davlat madhiyalari yangraydi.


England

World Cup Grp. G . 3-tur

29/06/2018, 00:00

1
:
0
Tugadi

Belgium

Adnan Januzaj - 51'

Stadion: Kaliningrad Stadium, 33973 tomoshabin

Bosh hakam: Damir Skomina

45'
90'
46'  John Stones (Harry Maguire)
79'  Trent Alexander-Arnold (Danny Welbeck)
19'  Youri Tielemans
33'  Leander Dendoncker
51'  Adnan Januzaj
51'  Youri Tielemans
74'  Thomas Vermaelen (Vincent Kompany)
86'  Adnan Januzaj (Dries Mertens)




Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика