JCH-1990 finali bosh hakami: "Maradona - men ko'rgan eng yomon insonlardan biri"
26 apr 2020 11:27
Yangiliklar
JCH-1990 finali bosh hakami: "Maradona - men ko'rgan eng yomon insonlardan biri"
JCH-1990 finali bosh hakami Edgardo Kodesal afsonaviy futbolchilardan biri bo'lgan Diego Maradona haqida gapirdi.
"Hali ham meni yomon ko'radigan argentinaliklar qolganidan afsusdaman. Hozirgacha ham ulardan oilam o'lib ketishi haqida xabarlar qabul qilib olaman.
Maradonani o'shanda o'yinga qadar ham chetlatishim mumkin edi - u madhiyani haqorat qildi. U zo'r futbolchi bo'lgan, biroq yomon odam edi. U hayotimda uchratgan eng yomon inson", - dedi arbitr.
Eslatib o'tamiz, final GFR termasining 1:0 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlangan, yagona gol penaltidan urilgandi. Uchrashuv davomida ikki nafar argentinalik futbolchiga qizil kartochka berilgandi.
Fikrlar