So’nggi yangiliklar

04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  0 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  1 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  17 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  1 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  8 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0 21:05"Навбаҳор" клуби янги мавсум учун тайёргарликни давом эттирмоқда  1

"Jayxun" - "Qiziriq" o'yinidan so'ng bosh murabbiylar nima dedi? Yangiliklar

"Jayxun" - "Qiziriq" o'yinidan so'ng bosh murabbiylar nima dedi?

O'zbekiston kubogi 1-tur doirasida "Jayxun" - "Qiziriq" (2:2) o'yini bo'lib o'tdi.

Marat Auezniyazov ("Jayxun" bosh murabbiyi): "Mavsumning ilk o'yini og'ir o'tdi"

O'yin haqida

- Mavsumning birinchi uchrashuvi bo'lgani bois bugungi o'yin davomida qiyinchiliklarga duch keldik. "Qiziriq" jamoasi bizga jiddiy qarshilik ko'rsatdi. Individual xatolarimiz bo'ldi. Kamchiliklarimizni ko'rib oldik, ularni ustida ishlaymiz.

- Bugun o'rta chiziqda faollik yo'qdek tuyuldi...

- To'g'ri, ko'p yigitlar kutilganidek o'ynab bera olishmadi. Xatolarimiz yo'q emas. Oldingi chiziqda Javlon Primbetov yomon o'ynamadi. Ishlashda davom etamiz.




Eldor Boymatov ("Qiziriq" bosh murabbiyi): "Qiziriq" jamoasi tramplin vazifasini o'tab beradi"

O'yin haqida

- "Jayhun" jamoasi uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rishini bilardik. Bu jamoa o'tgan mavsumda ham yaxshi natijalarni ko'rsatgandi. Yaxshi o'yin bo'ldi. Birinchi bo'limda ozroq faolligimiz ko'rinmadi. Ikkinchi bo'limni yaxshi o'tkazdik, gollar urdik. "Jayhun" jamoasiga navbatdagi o'yinlarda omad tilayman.

- Uzoq yo'l jamoaga qanday tasir ko'rsatdi?

- Uzoq yo'lni bahona qilishimiz noto'g'ri bo'ladi. Maydonda barcha bir xil. Bu erga etib kelguncha 17 soat yurib keldik. Ikkinchi bo'limda yigitlarda charchoq alomatlari sezildi. Oxirigacha harakat qilishgani uchun futbolchilarimizga rahmat aytaman.

- Jamoaning moliyaviy xolati qanday?

- Jamoada moliyaviy imkoniyat zo'r. Kundan-kunga imkoniyatlarimiz oshib bormoqda. SHu o'rinda bizni qo'llab-quvvatlayotganliklari uchun Jasur aka Rahimovga minnatdorchilik bildiramiz. U kishi yaqinda bizga zamonaviy avtobus tuhfa etilishini aytib o'tdi.

"Qiziriq" katta futbolga tramplin vazifasini o'tab beradi. "Surxon" klubiga iqtidorli futbolchilarni tayyorlab etkazib beramiz.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика