So’nggi yangiliklar

16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  0 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  4 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  7 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4

Javohir Sohibov: "Paxtakor"ga qarshi o'ynashni istayman" Yangiliklar

Javohir Sohibov: "Paxtakor"ga qarshi o'ynashni istayman"

Xabaringiz bor, ayni vaqtda koronavirus epidemiyasi tufayli milliy chempionatlarimiz to'xtalilgan.

Saytimiz ijodkorlari futbol muxlislarini zeriktirib qo'ymaslik maqsadida futbolchilar bilan bog'lanib, intervyu tashkil etmoqdalar. Jumladan bugun Yaypanning "Turon" klubi azosi Javohir Sohibov bilan tashkil etilgan intervyuni etiboringizga havola etamiz.

- Javohir, "Turon" tarkibiga kelib qo'shilganingizga hali ko'p vaqt bo'lmadi. Jamoaga moslashish jarayoni qanday kechdi?

- "Turon" jamoasiga moslashish jarayoni men uchun qiyin kechmadi. Futbolchilar bilan tezda kirishib ketdik. Bizda ayni damda ahil jamoa yig'ilgan.

- "Turon" jamoasining yarim himoya chizig'ida raqobat qanday?

- Jamoamizning yarim himoya chizig'ida tajribali futbolchilar jam bo'lgan. Bu esa o'z-o'zidan raqobatni yuzaga keltiradi. Murabbiy albatta eng yaxshi tayyorgarlikka ega bo'lgan futbolchini maydonga tushiradi. Yaxshi o'yin namoyish etmasangiz, o'z o'rningizni yo'qotib qo'yish xech gap emas.

- PRO-Ligada ishtirok etishi kutilayotgan 8 jamoaning hech birini kuchsiz deb bo'lmaydi.Nima deb o'ylaysiz, bu yilgi mavsumda qaysi jamoalar Superliga yo'llanmasi uchun kurash olib boradilar?

- Aytib o'tganingizdek, PRO-Ligada kuchsiz jamoaning o'zi yo'q. SHu sababdan hozircha biron narsa deyish qiyin, barchasii vaqt ko'rsatadi.

- Agarda "Paxtakor" sizni yana o'z tarkibiga chorlasa, jamoaga qaytgan bo'larmidingiz?

- Ayni damda "Turon" jamoasi azosiman. Klubda futbolchilarga yaratib berilayotgan sharoit meni qoniqtirmoqda. Nasib bo'lsa "Turon" bilan Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritib, "Paxtakor"ga qarshi o'ynashni maqsad qilganman.



- Javohir Sohibov uchun qaysi sovrin muhimroq? Jamoaviy yoki induvidial?

- Futbol jamoaviy o'yin. Induvidial tarzda natijaga erishish qiyin. SHundan kelib chiqsa, men uchun jamoaviy sovrin muhimroq.

- O'z vaqtida siz bilan yoshlar terma jamoasida o'ynagan Eldor SHomurodov, Otabek SHukurov kabi futbolchilar endilikda milliy terma jamoamiz safida maydonga tushmoqdalar. Bu xolat sizga qanday tasir o'tkazadi?

- Ular uchun xursandman albatta. Kelajakda ko'rsatayotgan natijalari bundanda yuqori bo'lishini tilayman. Vaqti kelib ular bilan milliy terma jamoamiz safida o'ynashga umid qilaman.

- Kuchli beshlik chempionatlarida o'yinlari sizga maqul bo'lgan futbolchilar bormi?

- Ha, "Barselona" azosi Serxio Busketsning o'yinlari menga juda yoqadi. Uning o'yinlarini kuzatib, o'zlashtirishga harakat qilaman.

- Kelajakdagi masadlaringiz qanday?

- Maqsadim PRO-Ligada "Turon" bilan har bir uchrashuvda g'alaba qozonib, yakunda Superliga yo'llanmasini qo'lga kiritishdan iborat. Jamoamiz muxlislaridan har bir o'yinda bizni qo'llab-quvvatlab turishlarini iltimos qilgan bo'lardim, barchalarining oilalariga tinchlik-totuvlik tilayman.

Timur Ibragimov yozib oldi.

Reyting: -3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика