So’nggi yangiliklar

11:21Флетчер "Манчестер Юнайтед" U-18 бош мураббийи этиб тайинланди  0 10:45"Андижон"нинг янги легионери: "Максим Шацких Украина футболи учун ҳақиқий афсонадир"  4 10:07Клублар ўртасидаги ЖЧ. Ким қанча ишлаб олди?  5 09:30Ўтган мавсумдаги Суперлиганинг "энг яхши ёш футболчиси" фаолиятини водий жамоасида давом эттиради  2 08:53Терма жамоамизнинг яна бир аъзосига Греция ва Ла Лига 2 жамоасидан қизиқиш бор  16 08:19"Реал" ўз тарбияланувчисининг қайтганини эълон қилди  8 07:47Терма жамоамизнинг яна бир аъзоси легионерга айланди. Унинг янги жамоасидаги рақами ҳам маълум  7 07:39Ўзбекистон МТЖ аъзоси Эрон чемпиони билан шартнома имзолайди  11 01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  17 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  3 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  3 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  10 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  76

"Javohir Esonqulov pashshadan fil yasamasligi kerak edi" - Asror G'ofurov barcha haqiqatlarni oshkor qildi Yangiliklar

"Javohir Esonqulov pashshadan fil yasamasligi kerak edi" - Asror G'ofurov barcha haqiqatlarni oshkor qildi

"Surxon" va Javohir Esonqulov masalasi bugun kun mavzusiga aylandi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Xo'sh, aslida nima bo'lgan edi? Vaziyat nima uchun bunday tus oldi? Bu borada barchasiga oydinlik kiritish maqsadida "Surxon" jamoasi sardori Asror G'ofurovga yuzlandik. 

"Bo'lgan voqeani ozmi-ko'pmi ko'pchilik biladi. Saytingiz orqali o'qidim. Vaziyat bunday bo'ldi. Mukofot pullari berilayotgani munosabati bilan klub ofisiga bordim. SHu pallada eshikdan kiraverishda haqoratli yozuv ko'rdim. Kim qildi, deb so'radim. Videoyozuvni ko'rsatishdi. Tasvirlarda Akrom Xo'jaev bilan Javohir Esonqulov bor edi. Telefon orqali Akromni chaqirtirdim. U buni qilmaganini aytdi, Javohir qildimi, desam, bilmayman, dedi. Nima uchun qilishganini so'radim. Jahl ustida bu ishga qo'l urishganini takidladi. 

"Sizlar jamoadan haydadilaring, biz klubsiz qoldik", kabi gaplar bo'ldi. Bizdan jahli chiqqan ekan. Javohir Esonqulov 15-20 daqiqada etib keldi. Unga videoyozuvni ko'rsatdim. Javohir "men qildim", dedi. O'sha payt janjal kelib chiqdi. Eslayman, ko'ziga qo'lim qattiqroq tegib ketdi. Bir-birimizga yopishmoqchi bo'lganimizda ajratishdi. Akrom ajratayotgan pallada unga ham qo'lim tegib ketdi. Qaragan paytim boshi ozroq shishgandi. Ancha payt gaplashib o'tirdik. 

Ular aytayotgan "bizni ushlab turdi, to'rt kishi urdi", degan narsa bo'lgani yo'q. Agar shunday holat yuz berganida, tan jarohat qattiq etkazilgan bo'lardi. Yakunda kelishib oldik. O'zlari ham qog'ozga yozib berishdi. Yoshlik qildik, kechiring deyishdi. Tashqariga chiqib iliq xayrlashdik. Erkakcha qo'l tashaldi. Kechqurun 22-30larda mahalla noziri qo'ng'iroq qilib chaqirdi. Bo'lgan voqea shu. Javohir Esonqulov pashshadan fil yasamasligi kerak edi. U aytayotganidek, "bir kishi ushlab, bir kishi urdi", degan gaplar noto'g'ri. Ko'zi shishib ketdi. O'zim ham afsuslanib qoldim. To'qmoq ("bita")da urdi, degan gaplar mish-mish. Ushbu holat futbolimiz uchun yaxshi emas. Yuziga tekkan gard. Butun xalqimiz guvoh bo'ldi. Bu kichkina narsa edi, deya olaman. Jamoa sardori sifatida to'g'ri tushuntirdim. Ozmi-ko'pmi shu erdan non-tuz edi. Klubga moliyaviy tomondan etirozim yo'q, deb yozib bergan. 

O'zim Surxondaryo farzandi bo'lganim uchun og'riqli bo'ldi. O'FAdan ham, PFLdan ham uzr so'rayman. Maqtanadigan narsa emas. Tarqalib ketishi xayolimga ham kelmagandi. Agar futboldagi shunga o'xshash narsalar ommaga olib chiqilib tarqatilsa, futbolni futbolligi qolmaydi. Futbolda, maydonda qizishib ketish natijasida bo'lib turadi. Lekin oxiri qo'l berib kelishib ketiladi. Akromdan kutmagandim. Bu o'zbek futboli, faoliyatimiz uchun yoqimli holat hisoblanmaydi. Hayotimda ilk bor bunday hodisa bo'lyapti", – deydi Asror G'ofurov.

Kamoliddin Murzoev: "Surxon" klubi hamma aybni futbolchi Asror G'ofurovga yuklab qo'yayotgani achinarli hol"

Javohir Esonqulovning rafiqasi videomurojaat bilan chiqdi

O'zbekiston futbolchilar uyushmasi rahbari: "Javohir Esonqulov va "Surxon" masalasida O'FAga murojaat bilan chiqdik"

Javohir Esonqulov va "Surxon" o'rtasida nima muammo bo'lgandi? Klub rasmiy javob berdi

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика