So’nggi yangiliklar

23:10"Челси" 24 ёшли португалиялик трансферини ҳал қилди  1 22:41"Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашуви охирида қўйилган пенальтида ҳакам тўғри қарор қабул қилдими?  10 22:30"Челси" чақириб олган Галлахер яна Мадридга учяпти. Трансфер амалга ошадими?  0 22:08Россия. Ашурматов ва Раҳмоналиев жамоаси Эсанов клубини таслим қилди, аммо...  1 21:59Аргентина терма жамоасининг асосий юлдузи қайдномага киритилмади  2 21:36Суперлига. "Навбаҳор" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бунёдкор" 20 дақиқа бир киши кам ўйнади  190 20:44Гвардиола Гюндоган ва "Барселона"га ёрдам бермоқчи  2 20:25Мората ажрашяпти. Альваро хиёнат қилдими?  3 19:49Анри Франция ёшлар терма жамоаси билан шартномасини бекор қилди  0 19:212 карра Ўзбекистон чемпиони Боян Миладинович Сербия жамоаси мураббийига айланди  5 18:58FourFourTwo АПЛ тарихидаги энг кучли ҳимоячилар рўйхатини эълон қилди. Видич кучли бешликда йўқ  6 18:15Ўзбекистон футзал МТЖ Францияга ютқазди  5 17:54АПЛ тарихидаги энг яхши ҳужумчилар рўйхати эълон қилинди. Ҳоланд ва Кейн топ-10 таликдан жой олди  7 17:23Хитой футбол ассоциацияси собиқ вице-президенти 11 йиллик қамоқ жазосига ҳукм қилинди  8 16:55"Ал Насср" Роналдунинг ёнига Мессини олиб келса ҳам, "Ал Ҳилол"ни енга олмайди"  25

Javohir Esonqulov: “Futbolchilik faoliyatimni Rossiyada boshlaganman” Yangiliklar

Javohir Esonqulov: “Futbolchilik faoliyatimni Rossiyada boshlaganman”

Bu yil Bekobodning “Metallurg” klubida o'zini ko'rsatayotgan yosh hujumchi Javohir Esonqulov ko'pchilikning etiboriga tusha oldi.

“Bunyodkor”dan ijaraga olingan Esonqulov debyut mavsumdayoq oliy ligada “Mashal”, “Qo'qon-1912” va “Andijon” klublari darvozasiga gol urishga muvaffaq bo'ldi. SHu bois dastlabki davra kashfiyotlaridan biriga aylangan hujumchi bilan suhbatlashishga qaror qildik.

- 1997 yilda Surxondaryo viloyatida tug'ilganman, - deb gap boshladi Javohir Esonqulov. 8 yoshimda oilamiz bilan malum sabablarga ko'ra Rossiyaga ko'chib ketganmiz. Futbolga aynan Rossiyada kirib kelganman. 10 yoshimda Timur ismli do'stim meni Saratovning “Lokomotiv” klubiga olib borgandi. Podmetalin Sergey Aleksandrovich qo'l ostida ushbu jamoada futbol sir-asrorlarini o'rganishni boshlaganman. 16 yoshga qadar aynan Rossiyada futbol o'ynaganman.

- O'zbekistonga qaytgach nima bilan shug'ullangansiz?

- Qaysidir klubga o'tishga uringanman. Dastlab “Qizilqum” klubi ko'rigida qatnashganman. Biroq u erda menga hali yoshsan deyishgandi. Keyinroq “Nasaf”ga bordim. U erda 3 oy mashg'ulotlarda qatnashganman. Ammo murabbiylar bilan munosabatim yaxshi bo'lmagach Qarshidan ham ketishga majbur bo'lganman. Surxondaryoga qaytib o'sha erda shunchaki mashg'ulotlar va turli futbol o'yinlarida ishtirok etib turardim. Bir kun menga ismi nomalum bo'lgan hakam o'zimni “Paxtakor” yoki “Bunyodkor”da sinab ko'rishimni maslahat bergan. To'g'risi ushbu hakamning ismini haligacha bilmayman. O'z o'rnida shu kishiga juda katta rahmat aytib o'tmoqchiman.

O'zim “Paxtakor”ga ko'chib o'tishni istagandim, sababi “Bunyodkor” futbolchilari menga qandaydir o'ziga bino qo'ygandek tuyulardi. Amakim meni “qaldirg'ochlar” safiga o'tishga ko'ndirgandi.

- “Bunyodkor”da kim sizni sinovdan o'tkazgan?

- Kim Dmitriy Makarovich. SHu darajaga chiqishmda Rossiyadagi ustozimning va aynan Dmitriy Makrovichning xissalari juda katta bo'ldi deb bemalol ayta olaman. Uch yildan buyon “Bunyodkor” azosiman.


- O'tgan yil yoshlar jamoasida o'ynagandingiz to'g'rimi?
- Dastlab “Bunyodkor-2” safida birinchi ligada o'ynadim. Ikkinchi davrada murabbiylar meni yoshlar jamoasiga chaqirishdi.

- Bu yil boshida “Bunyodkor”ning asosiy tarkibi bilan shug'ullandingiz. Biroq sizni “Metallurg”ga ijaraga berishdi. Xafa bo'ldingizmi?

- Albatta boshida meni jamoada olib qolishmaganidan juda xafa bo'ldim. Biroq keyinchalik ular to'g'ri qilishganini tushunib etdim. O'yin amaliyotiga ega bo'lishim uchun “Metallurg”ga ijaraga berishgani oydinlashdi. Oliy ligada debyut qildim va gollar urishga muvaffaq bo'ldim. Ozmi ko'pmi tajriba to'playapman. Xudo xohlasa keyingi yilda “Bunyodkor” safida o'zimni ko'rsatishga harakat qilaman.

- “Metallurg” klubi haqida nima deya olasiz?

- Jamoa ajoyib. Futbolchilar va murabbiylar o'rtasida sog'lom muhit hukmronlik qilmoqda. Mendan katta futbolchilar doim meni qo'llab-quvvatlashadi. Jamoaning barcha azolari mehnatkash. Bu jamoada o'ziga bino qo'ygan futbolchilar yo'q, barcha o'z ustida ishlaydi va asosiy tarkibda tushishga haqli bo'lsagina maydonga tushadi.  Murabbiylarga menga ishonishgani va maydonga tushirishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Bu darajaga chiqishimda “Metallurg” murabbiylarining xizmati ham katta rol o'ynadi.

- “Metallurg”da qanot hujumchisi sifatida o'ynayapmsiz. Doim shu poziciyada to'p tepganmisiz?

- Yo'q, “Bunyodkor”da markaziy hujumda harakat qilganman. Ammo bu joyda o'ynash o'zim uchun noqulay edi. Sababi markazda seni doim ikki himoyachi qo'riqlaydi. Menga esa to'p bilan ko'proq muomala qilish yoqadi. Qanotda o'ynasam bunday imkoniyat ko'proq bo'ladi.

- Xorijda qaysi futbolchining harakatlariga havas qilasiz?

- Asosan hujumchilarning o'yinlarini kuzatishni yoqtiraman. Ular orasida portugaliyalik Krishtianu Ronaldu va italiyalik Mario Balotellining o'yinlari ko'proq yoqadi.

- Xarakteringiz Balotelliga o'xshamaydimi?

- O'xshaydi. Xuddi u kabi maydonda hech kimdan qo'rqmayman, men uchun o'yin vaqtida hech qanday avtoritet futbolchi yo'q. Biroq hayotda Mario sinagri injiq va qaysar emasman.

- Rossiya va O'zbekistondagi futbolning farqi haqida nima deya olasiz?

- O'zbekistonda barcha futbolchilar texnik tomonlama kuchli. Rossiyada esa ko'pchilik baquvvat va bo'ydor. U erda asosan to'p uchun kurash kechadi, O'zbekistonda esa ko'proq pas bilan o'ynaladi.


- Sizni yoshlar terma jamoasiga chaqirib turishibdimi?
- Ha. O'tgan oy Toshkentda bo'lgan yig'inga chaqirishgandi. Biroq oxirgi yig'inga taklif qilishmadi. Demak o'z ustimda yanada ko'proq ishlashim kerak ekan. O'zbekiston yoshlar terma jamoasida ko'plab qobiliyatli futbolchilar bor. Terma jamoa sharafini himoya qilish men uchun doim sharaf.

- Ko'pchilik sizni oliy ligada birinchi davraning kashfiyotlaridan biri deb hisoblamoqda. O'zingiz kimlarni kashfiyot deya olasiz?

- “Nasaf” hujumchisi Bobur Abduxoliqovning o'yinlari yoqdi. Yana bir futbolchi bora, biroq u hozircha oliy ligada maydonga tushgani yo'q. “Bunyodkor” azosi Sanjar Qodirqulovga hozircha murabbiylar imkoniyat berishmadi. Agar uni maydonga tushirishsa albatta ishonchni oqlaydi deb o'ylayman.
 
- Javohir Esonqulovning eng katta orzusi nima?

- Madridning “Real” klubida o'ynash. Balki ko'pchilik ustimdan kular lekin hayotda hamma narsa bo'lishi mumkin. Orzumga erishish uchun har kuni mehnat qilishga tayyorman.

Narzulla Saydullaev

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика