Javod Nekunam futbolchilik faoliyatini tugatdi
16 iyu 2016 11:12
Yangiliklar


Javod Nekunam futbolchilik faoliyatini tugatdi
Eron terma jamoasi sardori Javod Nekunam futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
"Futbolchilik faoliyatini tugatish juda og'ir, ammo shunday qilishga majburman", - deydi Nekunam OFK rasmiy saytiga.
Javod Nekunam Eron terma jamoasi safida 151ta o'yin o'tkazgan (Eron terma jamoasi rekordchisi) va 39ta gol urgan. U 2006-2012 yillarda Ispaniyaning "Osasuna" klubida faoliyat olib borgan.
Faoliyati davomida Nekunam Eron terma jamoasi safida ikki marta Jahon chempionatida va to'rt marta Osiyo kubogida ishtirok etgan.
Futbolchi faoliyati davomida "Pas", "Al Vahda", "Al SHarja", "Osasuna", "Istiqlol", "Al Quvayt", "Saypa" klublarida o'ynagan. Uning so'nggi klubi Qatarning "Al Arabi" klubi bo'lgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar