So’nggi yangiliklar

00:40АПЛ. "Ливерпуль" меҳмонда "Тоттенхэм"ни мағлуб этди, лондонликлар 33-дақиқадан бир киши кам бўлиб ўйнашди  21 00:36"Фонтене" — ПСЖ. Таркиблар маълум  0 00:15Туркия Суперлигаси. "Ризеспор" Истанбулда "Бешиктош"га мағлуб бўлди, Алиқулов захирада қолдирилди  0 23:51"Ювентус" — "Рома". Таркиблар маълум  6 23:48"Реал" — "Севилья". Таркиблар маълум  23 23:46"Эвертон" — "Арсенал". Таркиблар маълум  4 23:10"Рома" "Ювентус" ярим ҳимоячисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 22:22Педри мушакларидаги ноқулайлик туфайли "Вильярреал"га қарши майдонга тушмайди  4 21:55АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  26 20:27Дортмунднинг "Боруссия" клуби "Ливерпуль" вингерини ижарага олмоқчи  1 19:58БАА Про лигаси. "Бани Яс" ўз майдонида "Хорфаккан"га йирик ҳисобда мағлуб бўлди, мезбонлар сафида Шукуров ва Мозговой ўйнади  2 19:30АПЛ. "Челси" меҳмонда "Ньюкасл" билан иродали дурангга эришди  17 19:20Нико Уильямс "Реал"га ўтиш бўйича қарор қабул қилди  11 17:41 "Атлетико" Рэшфордни ўз сафига қўшиб олмоқчи  1 16:10Фабио Каннаваро: "Италиядан таклиф кутавериб, чарчаган эдим"  24

Javlon Guseynov: “CHempionatimizdagi barcha jamoalar kuchli” Yangiliklar

Javlon Guseynov: “CHempionatimizdagi barcha jamoalar kuchli”

Oliy liganing 18-turida Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi Olmaliqda “Olmaliq”qa qarshi bahs olib boradi.

Ushbu bahs oldidan davralar oralig'ida Tailandning “CHaynat Xornbill ”jamoasidan kelib qo'shilgan mahoratli himoyachi Javlon Guseynov bo'lajak o'yin borasida fikrlari bilan qiziqdik.

- Siz Tailandda bo'lgan paytingizda oliy liganing bir nechta klubi sizga jiddiy taklif bilan chiqqanidan xabarimiz bor. SHu takliflar ichida nega aynan “So'g'diyona”ni tanladingiz?
- Judayam ko'p variantim bor deya olmayman-u, xudoga shukr 3-4 ta klubdan taklif oldim. “So'g'diyona”ga ko'proq Davron Fayzievning taklifiga ko'ra keldim. Lekin bu erda birdan hammasi o'zgarib ketdi. Balki bo' o'zgarishlar yaxshilikkadir. Igor Anatolevich bilan avval ham birga ishlaganmiz. Bu tomonlama muammo bo'lmaydi deb o'ylayman.


 
- Bu yil jamoaning taqvimi qiyin keldi. Ikkinchi davraning dastlabki to'rt turida jamoamiz grand klublar bilan bahs olib boradi. Bunga siz qanday qaraysiz?
- Taqvimning qiyin tushgani aniq edi va biz bunga tayyor edik. “Bunyodkor” bilan durang qayd etgan bo'lsak-da, “Lokomotiv”ga xatolarimiz evaziga mag'lub bo'ldik. Hozir chempionatimiz juda qiziq kechmoqda va har bir jamoani kuchli deyishimiz mumkin. SHuning uchun,har bir bahsga g'alaba uchun maydonga tushib,borimizni berishga tayyormiz deyaolaman.

- Jamoadagi muhit qanday? Yangi jamoaga ko'nikib ketdingizmi?
- Jamoa bilan tezda kirishib ketdik. Yoshimiz u darajada farq qilmaydi. 3-4 yosh farq qiladi. Xudoga shukurki, futbol o'ynab ko'p tanish orttirganman. Jamoada ham ko'plab tanishlarim bo'lgani uchun tez chiqishib ketdik.


 
- Oliy liganing 18-turida jamoamiz safarda “Olmaliq”qa qarshi bahs olib boradi. Ushbu bahs oldidan qanday fikr bildirasiz?
-“Olmaliq” qa qarshi bahs qiyin o'tishi tabiiy. Lekin onson bahsni o'zi yo'q. O'yinda murabbiylar ko'rsatmalarini to'g'ri bajarib,maydonda borimizni bersak o'ylaymanki kerakli natijaga erishamiz.

- Muxlislarga qanday tilaklaringiz bor?
- Muxlislarimizdan bizni doimo qo'llab-quvvatlashlarini so'rab qolardim. Ayniqsa, uydagi bahslarda bevosita stadiondan turib bizni qo'llab-quvvatlashlarini so'rayman. Bizga bo'lgan ishonchlarini so'ndirmasdan, bizni olg'a yurishimiz uchun sababchi bo'lishlarini xohlardim. Biz futbolchilar futbolni faqat muxlislar uchun o'ynaymiz va muhlislar bo'lmasa,o'zimizni yolg'iz his qilamiz. Muvaffaqiyatga muxlislar bilan birga erishamiz.

“So'g'diyona” matbuot xizmati


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика