So’nggi yangiliklar

01:57АПЛ. Лондон дербисида "Арсенал" "Челси"га "тарсаки туширди"  21 01:30Иброҳимхалил Йўлдошев: “Биз рақиб танламаймиз”  9 01:26Русланбек Жиянов: “Йўлимиздан чиққан жамоани мағлуб этишимиз керак”   0 01:15ОЧЛ. Юлдузларни ўзида жамлаган "Ал Ҳилол" турнирни тарк этди, "Ал Айн" финалда!  11 00:44"Бунёдкор" собиқ футболчиси "Барселона"га янги мураббий тавсия қилди  6 00:27ПСЖ ёзда Ямал учун улкан миқдордаги сумма таклиф қилмоқчи  4 23:50Колумбияда ўйин пайти футболчига пичоқ улоқтирилди  0 23:34Тимур Кападзе: "Рақибимиз Саудия бўладими ёки бошқа бир жамоа, биз ўз мақсадимизга эришишимиз керак"  12 23:01U-23 Осиё кубоги. Кувайт Малайзияни мағлуб этиб, "D" гуруҳида учинчи ўринни эгаллади  0 22:31Осиё кубоги. Вьетнам йирик ҳисобда мағлуб этилди. Кейинги рақиб - Саудия Арабистони  151 22:11Қирғиз Республикасида Марказий Осиёдаги энг йирик стадион қурилиши бошланди  30 21:55"Барселона" президенти "Реал"га қарши ўйинни такрор ўтказишни талаб қилмоқчи  21 21:38Усэйн Болт: "Мен пойгада Мбаппедан тез югураман"  4 21:11Моуринью янги жамоасида дарвозабонсиз ўйнайдиган тактика қўлламоқчи  13 20:24"Ньюкасл" ҳужумчиси "Барселона"га ўтиши мумкин  5

Jasur Yoqubov: "Surxon" uchun har bir uchrashuv finalga teng" Yangiliklar

Jasur Yoqubov: "Surxon" uchun har bir uchrashuv finalga teng"

Termizning "Surxon" jamoasi bu yil Superligada o'z o'rnini saqlab qolish maqsadida astoydil xarakat qilmoqda.

Futbolchilar maydonda bor kuchi bilan xarakat qilgan xolda, kamida bir ochko bo'lsada,  jamg'arib borishga urinayotgani ko'rinib turibdi. Xususan Bahrom Haydarov bosh murabbiyligidagi jamoa chempionatning ortda qolgan turida, safarda "Turon"ga qarshi bahs olib borib, turnir jadvalidagi asosiy taqibchilaridan biri bo'lgan jamoadan qimmatli bir ochko tortib oldi. Aytish lozimki, yaypanliklarga qarshi kechgan uchrashuvda "Surxon" jamoasi g'alaba qozonishi ham mumkin edi. CHunki o'yinda birinchi bo'lib termizliklarning tajribali hujumchisi Murod Bobojonov ochishga muvaffaq bo'lgandi. Keyinchalik esa mezbonlar Fozil Musaev tomonidan kiritilgan gol evaziga mag'lubiyatdan qutilib qoldi.  Mazkur uchrashuvda "Surxon"ning markaziy himoyachisi Jasur Yoqubov maydonda boshqalarga nisbatan faolligi bilan ajralib turdi. SHu bois iqtidorli futbolsi championat.asia talqiniga binoan turning ramziy terma jamoasiga kiritildi.

- Jasur,  jamoangiz safarda "Turon" bilan durang qayd etdi. Bu uchrashuvda "Surxon" 1 ochko ishladimi yoki 2 ochko yo'qotdimi?

- Albatta,  biz safarga faqat g'alaba qozonish ilinjida borgandik. Ammo yakunda durang qayd etildi. Hozirgi vaziyatda biz uchun har bir ochkoning qiymati baland. Huddi suv va havodek zarur.

- Dastlab jamoangiz hisobni ochdi. Keyinchalik esa mehmonlar muvozanatni tikladi.  O'tkazib yuborilgan golni qanday izohlaysiz?

- O'yinda birinchi bo'lib hisobni ochganimizdan so'ng, tabiiyki mezbonlar asosiy etiborni hujumga qaratib bosim uyushtira boshladi.  "Turon" foydasiga jarima zarbalari ko'payib ketdi borgan sari. Natijada bitta vaziyatda raqib futbolchilari unumli foydalanib qolib,  hisobni tenglashtirishga erishdi. 

- Uchrashuv durangga mos bo'ldimi?

- Ha,  menimcha durang adolatli bo'ldi.

- Mavsum oxirlab borgan sari xisob kitobga o'tib borilmoqda. Aytingchi sizningcha qaysi jamoalar PRO-Ligaga yo'l olish extimoli yuqori?

- Hozir, "Andijon",  "Surxon",  "Mashal" hamda "Metallurg" jamoalarida deyarli bir hildan ochko mavjud.  SHuning hisobiga ham autsayder borasida tayinli fikr bildirish qiynroq. Hammasi o'z qo'limizda. Xudo xohlasa "Surxon"ni elitada qolish imkoniyati mavjud va biz buni uddalaymiz.

- Bu yil "Surxon" tarkibida etarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lyapsiz deya olamiz. Faoliyatingizdan ko'nglingiz to'lyaptimi?

- Ha, joriy mavsum "Surxon"ga o'tib adashmadim. Bu jamoada o'ynab, tajriba orttirib boryapman.

- Markaziy himoyachi sifatida sizga bu yil qaysi hujumchiga qarshi o'ynash qiyin kechdi?

- Bilasizmi har bir hujumchini o'z uslubi bor. Kimdir oyoqda yaxshi dribling qilsa,  yana ayrim forvardlar havodagi to'p uchun kurashda boshi bilan yaxshi xarakat qiladi. SHuning uchun men alohida bir o'yinchini ajratib ko'rsatishdan yiroqman. SHuning uchun har hujumchiga qarshi o'ynash qiyinchilik tug'dirib kelgan.

- Yorqin Nazarov jamoada ish boshlagach,  qanday o'zgarishlar amalga oshirildi?

- Yorqin aka Nazarov bungacha murabbiylar shtabida faoliyat yuritib kelgan kishilar bilan bamaslahat astoydil eng shimarib ishlamoqda. Barchamizning maqsadimiz bitta  -  "Surxon"ni Superligada olib qolish!

- Agarda "Surxon" elitada o'z o'rnini saqlab qolsa. Siz ham Termizda qolib,  o'ynashda davom etasizmi yoki muhitni o'zgartirish rejangiz bormi?

- Ochig'ini aytganda,  hozir fikru-zikrim chempionatning qolgan 5ta o'yiniga qaratilgan. Nasib qilsa ushbu uchrashuvlarimizni ijobiy yakunlab olsak,  tatilga yaxshi kayfiyatda yo'l olamiz. CHempionat yakuniga etgach, keyin hammasini o'ylab ko'raman.

- "Surxon"ning "Nasaf" bilan qoldirilgan uchrashuvida ko'pchilik "ajdarlar"ning favorit ekanligini takidlamoqda. Nima deb o'ylaysiz,  bu uchrashuvda sensaciya ko'rishimiz mumkinmi? Buning uchun imkoniyatinglar qay darajada?

- Albatta,  sensaciya ko'rish mumkin. Bu  -  futbol. Unda bashoratlar hamisha o'zini oqlamaydi.  To'g'ri,  "Nasaf" ham anoyilardan emas. Kumush medallar uchun ular ham astoydil xarakat qilmoqda. Lekin bu degani,  "Surxon" ham maydonga shunchaki chiqmaydi. Biz uchun har bir uchrashuv hozir finalga teng bo'lyapti. Ko'proq ochko jamg'arishni o'ylayapmiz.  Ortga boshqa yo'l yo'q.

- Ramziy terma jamoaga tushishingizni kutganmidiz?

- To'g'risini aytsam, kutmagandim. Saytda bu haqda ko'rib,  xursan bo'ldim.

Islombek Rustambekov suhbatlashdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика