Jasur Yaxshiboev: "Terma jamoaga qaytganimdan xursandman"
10 noy 2021 12:45
Yangiliklar
Jasur Yaxshiboev: "Terma jamoaga qaytganimdan xursandman"
O'zbekiston milliy terma jamoasi Gruziya bilan uchrashuvga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Yig'inga Moldovaning "SHerif" klubi hujumchisi Jasur Yaxshiboev kelib qo'shildi. Bugungi mashg'ulotlar oldidan futbolchi fikrlari bilan o'rtoqlashdi
"Gruziya bilan o'yinga tayyorgarlik yaxshi ketmoqda. ECHLda ham ishtirok etish nasib qildi. "Real Madrid" bilan uchrashuvda gol urganimdan keyin nimalar sodir bo'lganini so'z bilan tariflash qiyin. Bu jamoa bilan o'ynashni hamma orzu qiladi. Terma jamoaga qaytganimdan xursandman. Berilgan ishonchni qo'ldan kelgancha oqlashga harakat qilaman.
Hujum men uchun qulay poziciya bo'lib qolgan. Ko'nikib bo'lganman. O'zimni yaxshi his qilaman",- deydi Jasur Yaxshiboev.
Fikrlar