So’nggi yangiliklar

12:15"Манчестер Юнайтед" Бруну Фернандеш дербига қадар тикланишига умид қилмоқда  0 11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  4 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  2 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  12 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  9 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  2 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  9 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1

Jasur Hamroev: "Futbolda zaxirangiz bo'lmasa uzoqqa borib bo'lmaydi" Yangiliklar

Jasur Hamroev: "Futbolda zaxirangiz bo'lmasa uzoqqa borib bo'lmaydi"

Teglar :  DinamoJasur Hamroev
Pro liga 2020 yilgi mavsumning so'nggi turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Dinamo" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Jasur Hamroev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ikki jamoa ham teng o'yin ko'rsatdi. Havo sovuq bo'lishiga qaramasdan shiddat yuqori bo'ldi deya olaman. Ochiq futbol guvohi bo'ldik. Bunday o'yinlarni televidinie orqali ko'rsatish kerak edi. Uchinchi o'rinni egalladik. Aslida maqsadimiz Superligaga yo'llanmani qo'lga kiritish edi. Mavsumni yuqori notada yakunlashimiz talab etilardi. "SHo'rtan" ham g'alabaga haqli edi. Kim vaziyatlardan foydalanib gol ursa o'sha jamoa g'alaba qozonardi. Yutuq baribir yoqimli.

Bu - futbol. Bugungi o'yin tarixda qoldi. Bu bilan to'xtab qolishi kerak emas. Qo'limizdan kelgancha elitaga yo'llanma olishga harakat qildik. Mavsum yakunidagi o'yinlarda tarkibimiz bilan bog'liq muammolar paydo bo'ldi, jarohatlar, diskvalifikaciyalar va hokazo. Natijada yosh futbolchilarga imkoniyat berdik. Lekin ular bir xil darajada to'p tepa olishmadi. Keyingi mavsum yaxshi tarkib jamlagan holda Superligaga qaytishga harakat qilamiz. Futbolda zaxirangiz yoki fundament bo'lmasa uzoqqa borib bo'lmaydi. Boshqa viloyatdan futbolchi tajribali ijrochilar olib kelinishiga qarshi emasman. Lekin doim zaxira bo'lishi kerak. Jamoadagi taqdirim rahbariyatning qo'lida, ertaga ishlaymizmi yo'qmi barini ular hal qilishadi",- deydi Jasur Hamroev.

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика