So’nggi yangiliklar

07:48Лионель Месси Саудия Арабистони клублари билан фаол музокара олиб бормоқда  3 07:30Факт: "Бухоро" 9 йилдан сўнг Олмалиқда ғалаба қозонди  0 06:57Суперлига. Бугундан 14-турга старт берилади  2 02:44Клублар ўртасидаги ЖЧ. “Боруссия Д” “Ульсан” устидан ғалаба қозониб, гуруҳ пешқадами сифатида кейинги босқичга йўл олди  0 00:45"Арсенал" Партининг ўрнига "Брентфорд" футболчисин сотиб олади  0 00:26"Атлетик" Испания футбол федерацияси ва Ла Лигадан Уильямснинг "Барса"га ўтишига йўл қўймасликни сўрамоқчи  4 23:46Михаил Еремчук: "Футболда ҳар доим ютиш яхши"  3 23:24"Андижон" ОЧЛ 2да кимлар билан ўйнайди?  7 23:01Миржалол Қосимов: "Яна ёш болаларча хатога йўл қўйдик"  9 22:26Роналду "Ал Насср" билан шартномасини узайтиради (Фабрицио Романо)  2 22:01Мбаппе умумий гуруҳ машғулотларига қайтди. У "Зальцбург"га қарши ўйнаши мумкин  0 21:35Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" Олмалиқда ОКМКни мағлубиятга учратиб, чорак финалга йўл олди!  29 21:05"Арсенал" Гёкереш бўйича янги таклиф тайёрламоқда. "Спортинг" камида 80 миллион евро сўрамоқда  7 20:37Альваро Мората Италияга қайтади  2 19:53Де ла Фуэнте тақвим ҳақида: "Иккиюзламачилик бўлмаслиги керак"  5

Jasur Abduraimov: "VAR'dan qanday vaziyatda foydalanish kerak, tushunmayapman..." Yangiliklar

Jasur Abduraimov: "VAR'dan qanday vaziyatda foydalanish kerak, tushunmayapman..."

“Metallurg” – “So'g'diyona” uchrashuvidan keyin mezbonlar jamoasi bosh murabbiyi matbuot anjumanida o'z fikr-mulohazalari bildirdi.

-  O'yin yaxshi bo'ldi. Menimcha yomon o'ynamadik. Gollarning har ikkalasini standart vaziyatdan o'tkazib yubordik. Xatolarimizni ko'rib oldik, tahlil qilamiz. Demak, ko'proq standart vaziyatlar bo'yicha ishlashimiz kerak ekan. Taktik jihatdan raqibga yutqazmadik. Bu jihatdan o'yin durangga mos edi. Agar standartlardan gol o'tkazib yubormaganimizda.

- VAR bilan to'xtalishlar ko'p bo'ldi...
- VAR bo'yicha o'zimning fikrimni aytadigan bo'lsam, men to'g'risi tushunmadim. Menimcha hakamlarning o'zlari ham nima qilishayotganligini bilishmayapti. Keraksiz joylarda o'yinlarda uzoq to'xtalishlar bo'layapti va futbolning jozibasi yo'qolayapti. Futbolchilar tempni yo'qotib qo'yishayapti.maydon markazida o'yin qoidasi buzilsa ham VARga chopishyapti. Tekshirishayapti. O'yin to'xtab qolayapti. Ayniqsa bugungidek ob havoda – yomg'irda futbolchilarning tanasi sovub qolib, 4-5 daqiqalar kutib qolishadigan bo'lishsa, keyin o'yinga yana kirishib ketishning o'zi bo'lmaydi. Yana bir jihati darvozadan 60 metr uzoqlikdagi vaziyatni tekshirishayapti-da, gol urayapmiz – VARga murojaat etishmayapti. Buni qanday izohlash mumkin. O'zi qanday vaziyatlarda VARga qarash kerak, tushunmaysan kishi.istagan vaqtlarida o'yinni to'xtatishadi, VARga qarashadi, futbolchilar esa kutib o'tirishadi. Gol urilganda vaziyat 50/50 bo'lsa, marhamat, boring, VARni ko'rib, to'g'ri to'xtamga keling. 5-6-7 daqiqa sarflamang, 2 daqiqada xulosaga kelsa bo'ladi. Bizda 10 talik kamerada syomka qilinmayapti-ku. To'rtta kameradan lavhalarni aylantirishga ham shuncha vaqt sarflasak. Har safar to'xtalishlardan keyin futbolchilar yana o'yinni boshidan boshlashlariga to'g'ri kelayapti.

- Bugun faqat ikkita o'zgarish qildingiz, sababi nimada?
- Jizzax jamoasida o'zingiz ko'rdingiz, qanaqa o'yinchilarni almashtirishdi. Har bitta o'zgarish o'yinni kuchaytirishga qaratilgan. Demak, zaxira o'rindig'i keng, zarur futbolchilari etarli. Bizlarda esa zahiramizda 3-4 ta futbolchi bor, xolos. Ularning ham aksariyati yosh, endi katta futbolga kirib kelayotgan o'yinchilar. Hozircha vaziyatimiz mana shunaqa. Boridan foydalanishga majburmiz.

- Keyingi o'yindan nimalarni kutayapsiz.
- “Lokomotiv” hozir o'yinini topib oldi. Toshkentdagi uchrashuv menimcha juda qiziqarli va murosasiz o'tadi. O'yinga puxta tayyorgarlik ko'ramiz, nasib bo'lsa oxirigacha kurashamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика