So’nggi yangiliklar

22:16"Милан" ва "Вулверхэмптон" Олимпиадада Ўзбекистонга гол урган футболчига қизиқмоқда  2 21:50Чиро Иммобиле "Болонья"га ўтди  0 21:21Кунья 10-рақам ҳақида: "Бу мени ғурурлантиради"  1 20:53Диёр Имомхўжаев "Soccer club" ва "Футбол шарҳи" кўрсатувларининг ёпилиш тарихи ҳақида гапириб берди  11 20:24Расман: Эдин Жеко А Серияга қайтди  0 20:00Фердинанд: "Энрике Дембелени суперюлдузга айлантирди, у Мбаппедан ҳам муҳимроқ футболчи бўлиб олди"  5 19:38"Динамо" футболчиси бошқа жамоага йўл олди  0 19:16Ашурматов: "Ҳусанов "Манчестер Сити"га ўтганидан кейин ўзгариб қолмади"  3 18:49Жота иштирокидаги ҳалокатли воқеа гувоҳи баёнот берди  1 18:21Касорлани албатта Ла Лигада кўрамиз. У яна бир мавсум "Овьедо"да қолади  1 17:57​"Челси" Мадуэкенинг нархини кўтарди. Бу "Арсенал"ни қўрқитмоқда  3 17:34АПЛнинг икки клуби "Манчестер Сити" футболчисига қизиқиш билдирмоқда  1 17:06"Пахтакор" йирик агентлик мижози бўлган ироқлик футболчига кўз тикди  8 16:40Расман: "Арсенал" АПЛ клуби сардорини қўлга киритди  2 16:24Суперлиганинг 2 та клуби Ироқ терма жамоаси хавбекига даъвогарлик қилмоқда  4

Jasur Abduraimov: "Muxlislardan sabr qilishlarini so'rayman" Yangiliklar

Jasur Abduraimov: "Muxlislardan sabr qilishlarini so'rayman"

O'zbekiston kubogi musobaqasining 1/8 final bosqichidan o'rin olgan "Nasaf" - "Metallurg" (5:2 ) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Jasur Abduraimov matbuot anjumanida ishtirok etdi.





O'yin haqida

- Avvalombor "Nasaf"ni g'alaba bilan tabriklayman, yaxshi jamoa. Birinchi bo'limda bir to'p farqi bilan yutgandik. Ikkinchi bo'limda qo'pol xatolar qildik va gollar o'tkazib yubordik. Harakat qilish kerak, mehnat qilish kerak. 3 ta golni o'zimizni xatolarimiz evaziga o'tkazib yubordik. Muxlislardan sabr qilishlarini so'rab qolardim, hozir bizda bir oz natijalar yaxshi emas. Ishonaman jamoamiz yaxshi bo'ladi. Birinchi davradan so'ng tarkibimizda yosh futbolchilar bor, ular moslashib ketgunicha bir oz vaqt kerak. 

Hozir biz legionerlarsiz o'ynayapmiz, bu mahalliy futbolchilarga imkoniyat. Bu futbol, kimdir yutadi, kimdir yutqazadi. Jamoada shunaqa qiyin vaziyatlar ham bo'ladi.

- Birinchi bo'limda jamoangiz yaxshi o'ynadi. Ikkinchi bo'limda aksi bo'ldi, buni qanday izohlaysiz?

- Bizda yoshi katta futbolchilar bor, 35-38 yosh oralig'ida tajribali futbolchilar. Ular charchab qolishgan bo'lishi mumkin. Yoki jamoamiz g'alabaga ishonib qoldi. Futbolda har-xil vaziyatlar bo'ladi. Ikkinchi taymda mezbonlardan tez futbolchilar o'yinga qo'shildi. Zaxiramizda yosh futbolchilar o'tiribdi. Harakat qilish kerak, xatolar ustida ishlashimiz zarur. Hali hammasi yaxshi bo'ladi.

- Yozgi transferlardan qoniqish hosil qildingizmi?

- Transferlardan qoniqish hosil qilish bo'yicha aytish qiyin. Klubni byudjeti bor, hozir akademiya ustida jiddiy ishlayapmiz. Kim o'zi hohlasa jamoada o'ynashni, uni tarbiyalaymiz. Jamoada har bir chiziqda raqobat bo'lishi kerak, biz shuni ustida ishlayapmiz. Bitta o'yin yaxshi bo'lsa, keyingisi o'xshamasligi mumkin, bu futbol.

- Tavakkal qilib yoshlarga imkoniyat berilsa bo'ladimi?

- Tarkibimizda yoshlar bor, lekin ular 17-18 yosh atrofida, hali tajribasi etarli emas. Bu darajadagi futbolga ular tayyor emas. Ular hali Superligada o'ynamadi. Tarkibimizda yoshlar o'ynayapti, ularga ham vaqt kerak.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика