Jarohat olgan Mbappe Franciya prezidenti bilan suhbatlashdi
25 iyu 2020 09:23
Yangiliklar
Jarohat olgan Mbappe Franciya prezidenti bilan suhbatlashdi
PSJ hujumchisi Kilian Mbappe Franciya kubogi finalidan o'rin olgan "Sent- Eten" (1:0) qarshi uchrashuvdan so'ng mamlakat prezidenti Emanuel Makron bilan gaplashdi.
27-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan "Sent-Eten" himoyachisi Loik Perrin Mbappening oyog'iga zarba berdi va uning jarohat olishiga sababchi bo'ldi. Kilian Mbappe taqdirlash marosimida Makron bilan kichik suhbat qurgan.
- Nima gap? - deb so'radi prezident.
- Hali ham ozgina og'riyapti.
- Yoriq bormi, nima deb o'ylaysiz?
- Yo'q, men bunday deb o'ylamayman.
- Kasalxonaga borasizmi?
"Ha, taqdirlash marosimidan keyin darhol", dedi Mbappe.
Fikrlar