So’nggi yangiliklar

12:25"Интер" "Челси" ҳужумчисини сотиб олмоқчи  0 11:57Алонсо Родригонинг захирада қолиб кетаётгани ҳақида: "Гап келажак ҳақида эмас, тактикада"  5 11:28Трамп КЖЧ финалига келади  2 10:55"Интер Майами" ғалаба қозонди, Лионел Месси эса кетма-кет тўртинчи ўйинда дубль қайд этди  10 10:51"Бавария" Бундеслигадаги рақобатчининг асосий футболчисини сотиб олмоқчи  0 10:22Виктор Гёкерешнинг "Арсенал"даги маоши маълум  2 09:53Симоне Индзаги "Ал Ҳилол"да тўрт нафар футболчидан қутилмоқчи  6 09:24"Навбаҳор" ҳужумчиси иккинчи даврани "Хоразм"да бошлаши мумкин  4 08:56Энрике: "Телефоним "Барселона" мухлисларидан келган хабарларга тўла"  14 08:27"Рома" Шомуродовнинг ўрнига АПЛда ўтган мавсум 1 та гол урган футболчи олиб келмоқчи  11 07:58"Реал" 25 йиллик антирекордни такрорлади  19 07:30Алонсо йирик мағлубиятдан сўнг нималар деди?  31 07:15Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ - "Реал Мадрид" 4:0  21 02:02Клублар ўртасидаги ЖЧ. ПСЖ ярим финалда "Реал"ни янчиб ташлади ва финалга йўл олди  250 01:58"Интер Майами" "Атлетико" футболчисини сотиб олади  2

Janubiya Koreya terma jamoasi sardori durangda muxlislarni ayblagani uchun uzr so'radi Yangiliklar

Janubiya Koreya terma jamoasi sardori durangda muxlislarni ayblagani uchun uzr so'radi

Janubiy Koreya terma jamoasi JCH-2018 saralash o'yinlarining so'nggi uchrashuvida Eron bilan durang o'ynadi (0:0).

Straitstimes nashrining malum qilishicha, o'yindan so'ng koreyaliklar sardori Kim Yong-Gvon ushbu durangda muxlislarni ayblagan.

"Muxlislarning ovozi juda baland edi, jamoadoshlarimning gapini eshitish juda qiyin bo'ldi. Bor ovozimiz bilan baqirganimizda ham hech narsa eshitilmasdi. Bunday holat bo'lishini kutgandik, ammo jamoadoshlarimni eshita olmaslik noqulaylik keltirib chiqardi" - degan edi Kim Yong-Gvon Eronga qarshi bahsdan so'ng.

Ushbu so'zlardan g'azablangan koreyalik ishqibozlar, terma jamoa sardorini haqoratlar bilan "ko'mib tashlashdi".

"Omadsiz o'yin uchun muxlislarni ayblagan futbolchini hech qachon ko'rmagan edim. Uyat senga!" - deb yozdi ishqibozlardan biri.

"Uchrashuv jimlikda o'tganida yaxshiroq o'ynarmidingiz, men bunday deb o'ylamayman" - deya izoh qoldirgan yana bir muxlis.

O'yindan bir kun o'tib, Koreya terma jamoasi sardori muxlislardan kechirim so'radi.


"Bizni qo'llab-quvvatlagan barcha muxlislar oldida uzr so'rayman. Men buni nazarda tutmagan edim. Xato qildim. Bundan juda afsusdaman" - deydi Kim Yong-Gvon.

Eslatib o'tamiz, Seuldagi "Seoul World Cup" stadionida bo'lib o'tgan bahsga 63124 muxlis tashrif buyurgan.

Reyting: -26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика