So’nggi yangiliklar

08:14Саудия Арабистони чемпионати. «Ал Иттиҳод» «Ал Фотеҳ»ни мағлуб этди ва турнир жадвалининг 1-ўрнига кўтарилиб олди  0 07:39Элит ОЧЛ. Бугун «Пахтакор» Машарипов жамоасига қарши баҳс олиб боради  1 02:05Илёс Қурбонов: "Ҳаёт-мамот ўйинида зафар қучдик. "Насаф"га қарши ҳам ғалаба учун майдонга чиқамиз"  2 01:45Иван Бошкович "Локомотив"га қарши ўйинда Йовович асосий таркибда тушмаганини айтди  3 01:29Григорий Колосовский: "Зарба бермасдан гол уриб бўлмайди"  1 00:24Ла Лига. "Реал" меҳмонда "Леганес"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  43 23:59А Серия. "Наполи" — "Рома" ўйини тақдирини битта гол ҳал қилди  4 23:30АПЛ. МЮ Аморим қўл остидаги илк ўйинда "Ипсвич Таун"ни мағлуб эта олмади  23 22:55Машарипов "Пахтакор"га қарши ўйин олдидан: "Бу жамоада катта бўлганман, аммо..."  5 22:12"Лестер" Куперни истеъфога чиқарди  3 21:15АПЛ. "Саутгемптон" ва "Ливерпуль" ўртасидаги ўйинда 5та гол урилди  38 21:13 Элит Чемпионлар лигаси. "Пахтакор" бош мураббийи Максим Шацких ва ўйинчиси Ҳожиакбар Алижонов "Истиқлол"га қарши ўйин олдидан нималар деди?  5 20:09Перес Винисиусга мурожаат қилди  8 19:45Кетма-кет иккинчи йил чемпион бўлган Бобир Абдихолиқов билан интервью   2 19:37Суперлига. "Сўғдиёна" – "Локомотив" 2:0. Highlights  0

Janubiy Koreyaga ketishi, “Anyang” klubi va terma jamoadagi debyut haqida Xurshid G'iyosov bilan katta intervyu Yangiliklar

Janubiy Koreyaga ketishi, “Anyang” klubi va terma jamoadagi debyut haqida Xurshid G'iyosov bilan katta intervyu

Yil boshida Janubiy Koreyaning "Anyang" klubiga ko'chib o'tgan Xurshid G'iyosov bilan turli mavzularda suhbatlashdik.

- Xurshid avvalo kuni kecha o'tgan tavallud ayyomingiz muborak bo'lsin. Saytimiz va muxlislaringiz nomidan tabriklayman. Futbolga kirib kelishingizga kim sababchi bo'lgan, birinchi murabbiylaringiz xaqida aytib o'tsangiz.
- Rahmat. Futbolga kirib kelishimga dadam sababchi bo'lganlar. Mendagi futbolga qiziqishni ko'rib, qarshilik qilmasdan “CHilonzor” futbol maktabiga olib borganlar. Yoshligimdan to'p bilan birga katta bo'lganman desa ham bo'ladi. Futbol maktabida Murod Ro'ziev qo'l ostida dastlabki mashg'ulotlarni olib borganman.

- Faoliyatingizni asosiy qismini “Bunyodkor”da boshlab, bir mavsum “Obod” safida harakat qildingiz va bu mavsumdan Janubiy Koreyaning “Anyang” klubiga borib qo'shildingiz. O'tgan mavsum “Bunyodkor” safida 25 o'yinda ishtirok etib, 12 golga mualliflik qildingiz va jamoaning asosiy futbolchilaridan biri bo'ldingiz. Umuman “Bunyodkor” jamoasiga kelib qo'shilishingiz va jamoa bilan bog'liq yorqin xotiralarni gapirib bering.
- To'g'ri faoliyatimni ko'p qismini “Bunyodkor”da o'tkazganman. Lekin yana bir narsani aytib o'tishim kerak, “CHilonzor”da o'ynayotgan vaqtim “Paxtakor”ga chaqirishgan. U erda SHuhrat Rahmonqulov va Murod Ismoilov qo'l ostida yarim yil to'p tepganman. Lekin o'yin amaliyotim kamlik qilgani uchun jamoani o'zgartirishga axd qildim va “Krasnickiy” jamoasiga o'tganman. “Krasnickiy”dagi o'yinlarim orqali “Bunyodkor” jamoasining etiboriga tushganman va meni jamoaga qabul qilishgan. Bir narsani aytib ketishim kerak “Bunyodkor”ga o'tishimga katta sababchi bo'lgan inson Dmitriy Makarovich Kim bo'ladi. O'sha vaqtlar ham jamoada raqobat kuchli bo'lgani uchun bir mavsum “Obod” safida o'yin amaliyotiga ega bo'lib qaytdim. Haqiqatdan ham o'tgan mavsum men uchun omadli keldi deb ayta olaman. Bu faqat meni emas butun jamoaning, murabbiylar shtabining ham mehnati natijasi. Bir o'zim bunday natijaga erisha olardim deb o'ylamayman. “Bunyodkor” bilan bog'liq ko'plab yoqimli xotiralar qoldi. Jamoa safida Sergey Lushchan, Mirjalol Qosimov, Vadim Abramov kabi kuchli murabbiylar bilan ishladim. Ulardan ko'p narsalar o'rganganman.

- Jamoalardagi o'yinlaringizga qarasak, murabbiylar sizni o'ng va chap qanot himoyasida ham, qanot vingeri sifatida ham, markaziy hujumchi nuqtasida ham sinab ko'rishgan va muvaffaqiyatli o'ynay olgansiz. Aynan siz uchun qaysi poziciya qulay hisoblanadi?
- Men o'ylashimcha professional futbolchi joy tanlashi kerak emas. Qaysi nuqtada jamoaga foydam tegsa, murabbiylar ko'rsatmasini bajarsam va shu orqali o'sishga erishsam bo'ldi. To'g'risini aycam men uchun qaysi poziciyada bo'lsa ham futbol o'ynash muhim.

- Faoliyatingizda ilk marotabda legioner sifatida Janubiy Koreyaning “Anyang” jamoasi tarkibiga borib qo'shildingiz. Janubiy Koreyaga borganingizdan so'ng siz bilan til yoki ovqatlar borasida muammolar bo'lmadimi?
- Albatta legioner bo'lish har bir futbolchining orzusi. To'g'ri siz aytgandek ovqatlar bilan biroz muammo bo'ldi, tilni mukammal bilmasligim ozroq pand berdi. Lekin hammasiga sekin-sekin ko'nikdim, til ham o'rganyapman. Hammasidan xursand qilgani Koreyada meni juda iliq kutib olishdi. SHu jihat sababli qiyinchililarni engib o'tdim.

- “Anyang” klubi nisbatan yosh jamoa hisoblanadi. Bu jamoa 2013 yil tashkil topgan ekan. Jamoadagi murabbiylar shtabi va jamoa rahbariyati, futbolchilarga yaratib berilgan sharoitlar haqida ayta olasizmi?
- Ha, jamoa yaqinda tashkil topgan. SHaroitlar alo darajada. Murabbiylar ham talabchan. Klubning massajchisidan tortib jamoa raxbarlarigacha xammalari professional tarzda ishlashadi. Bu jamoaga o'tganimdan maqsad jamoa K2 ligadan K1, yani Koreya oliy ligasiga chiqishni maqsad qilib qo'ygan. Nasib qilsa maksimal tarzda xarakat qilib jamoa bilan maqsadlarimizga erishamiz.

- Jamoangizning o'rtacha yoshiga qaraydigan bo'lsak 25,8 ni tashkil qilar ekan. Futbolchilar hamda ular bilan munosabatingiz haqida aytib berisangiz.
- Klubdoshlarim bilan munosabatlarim juda yaxshi. Aytganimdek meni juda iliq kutib olishdi. Jamoamizda yosh futbolchilar bilan birga yoshi kattaroq tajribali futbolchilar ham bor.

- Klubdagi futbolchilar transfer narxiga etibor bersak eng baland narx ganalik jamoadoshingiz Maksvel Akostiga tegishli ekan - 1.2 million evro. U Italiya klublarida o'ynagan ekan. Undan keyingi o'rinda esa aynan siz 600 ming evro narx bilan joy olgansiz. Janubiy Korea K 2 ligasiga legionerlarni qaysi sifatlariga qarab jalb etishadi? Ligada legioner futbolchilar xizmatlaridan ko'p foydalanishadimi?
- Maksvel haqiqatdan iqtidorli futbolchi ekan. U bilan mashg'ulotlarda buni o'z ko'zim bilan ko'rdim, birga mashg'ulot olib boryapmiz. Faoliyatini Italiya klublarida o'tkazgan, Evropa futbolidan “nafas olgan” futbolchi. Boshqa legionerlar haqida hali biror fikr ayta olmayman. CHempionat boshlanib jamoalar bilan o'ynaganimdan so'ng bu savolga javob bera olaman.

- Janubiy Koreyadagi futbolchilarimiz Rustam Ashurmatov, Jamshid Iskanderov, Doston Tursunov, Ikrom Aliboyev bilan uchrashib turasizmi?
- Ha, albatta ular hammalari mening yaqin do'stlarim. Jamshid Iskanderov, Ikrom Aliboev bilan yashash joylarimiz yaqin va dam olish kunlari tez-tez uchrashib turamiz. Rustam Ashurmatov va Doston Tursunov joylashgan hudud bizdan biroz uzoqroqda. Lekin sharoit bo'lganda do'stlarim bilan uchrashib turishga harakat qilaman.

- 2018 yil 19 may kuni Temur Kapadze shu sanada milliy terma jamoamiz safida Eronga qarshi maydonga tushirgan va o'sha kuni debyut o'yiningizni o'tkazgan edingiz. Qo'shimcha malumot sifatida: o'sha kuni kuni siz 23 yosh 1 oy 6 kunlik edingiz. SHundan so'ng Urugvay, SHimoliy Koreya, Suriya, Qirg'iziston terma jamolariga qarshi maydonga tushdingiz. Milliy terma jamoa safida maydonga tushgan kuningizdagi hissiyotlarni eslay olasizmi?
- Albatta terma jamoadan chaqiruv olish har bir yosh futbolchining orzusi. Bolalikdagi orzuim ham milliy terma jamoamiz safida maydonga tushish edi. Terma jamoadan taklif oldingizmi bu elkangizga katta masuliyat yuklanishini bildiradi. Vatanimiz nomidan maydonga tushish katta masuliyat. Debyut o'yinim haqidagi malumotingiz uchun rahmat.

- Faoliyatingiz davomida ko'plab murabbiylar bilan ishlagansiz: Temur Kapadze, Hikmat Ergashev, Sergey Lushchan, Aleksandr Mochinov, Mirjalol Qosimov, Ektor Kuper, Vadim Abramov. Faoliyatingizdagi eng muhim murabbiyni ayta olasizmi?
- SHunday murabbiylar bilan ishlaganimdan faxrlanaman. SHu kunlarga etib kelishimda har bir murabbiyimning xissasi bor va men ularga kattakon rahmat aytaman. Lekin birortasini ajratib aytolmayman.

- Hozirda Janubiy Koreyada vaziyat qanday? Siz va jamoadoshlaringiz mashg'ulotlarni qay tarzda olib bormoqdasiz?
- Hozir vaziyat ancha yaxshi, virus bilan kasallanish kamaydi. Jamoadoshlarim bilan mashg'ulotlarni olib boryabmiz, bunga ruxsat berishgan. Kuniga 2 mahaldan mashg'ulot qilyapmiz. Jismoniy holatimiz yaxshi.

- Xurshid yurtdoshlarimizga, muxlislaringizga tilak va niyatlaringiz bo'lsa aytishingiz mumkin.
- Ona yurtimizdagi insonlarga sabr tilayman, karantin vaqti uyda qolisharini so'rayman. Janubiy Koreyada aholi uyda qolib deyarli virusni engishdi. Bizda ham tezroq bu virus yo'q bo'lib, hamma odatiy hayot tarziga qaytishini tilardim.


Furqat Po'latov suhbatlashdi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика