Janubiy Koreyada karantindan keyingi ilk uchrashuv qanday o'tdi?
08 may 2020 17:43
Yangiliklar
Janubiy Koreyada karantindan keyingi ilk uchrashuv qanday o'tdi?
K liganing 1-turidan o'rin olgan dastlabki bahsida "CHonbuk Xyonde Motors" "Suvon Samsung Blyuvingz"ni qabul qildi.

Uchrashuv muxlislarsiz o'tkazildi

Stadionga tashrif buyurgan har bir inson maxsus harorat detektori orqali tekshirildi

Tribunada sanoqli odamlar bor edi

Televideniya vakillari xatto efir vaqtida ham niqoblarini echishmadi

Bu esa "CHonbuk"ning rahbarlari

Xatto futbolchilar ham arenaga kirishdan avval tekshiruvdan o'tishdi

Buning ustiga, zaxiradagilar niqobda o'tirishi shart edi

Jamoa vakillari o'yindan oldin qo'l berib ko'rishishmadi

Jamoaviy suratga tushishda ham futbolchilar bir-biriga qo'l tekkizmadi, oddiyroq aytadigan bo'lsak, odatiy uslubda suratga tushishmadi


Tribunadagi yozuv: "Kuchli bo'l"

Suratkashlar banner ortida va tribunalardan rasmga olishdi

Bahs haqida to'xtaladigan bo'lsak, uchrashuv mezbonlarning g'alabasi bilan yakunlandi


O'yindagi yagona golga Li Don Guk mualliflik qildi. 84-daqiqadagi gol "CHonbuk Xyonde Motors"ga dastlabki 3 ochkoni taqdim etdi
Ertaga ushbu chempionatning yana 3ta uchrashuvi o'tkaziladi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar