So’nggi yangiliklar

17:43Винченцо Итальяно мавсум охирида клубдан кетади  0 17:25Альфонсо Дэвис "Бавария" билан янги шартнома имзоламайди  0 17:01"Бунёдкор" янги бош мураббий номини эълон қилди  12 16:20"Евро-2024"да ҳеч ким Англия билан тенглаша олмайди"  7 15:57"Қизилқум" "Локомотив" билан ўйин учун қайдномасини эълон қилди  0 15:44ПРО-Лига. Турнинг марказий учрашуви асосий таркиблари маълум  7 15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  4 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  1 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  1 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  5 13:44"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  1 13:23Хавининг дисквалификацияси бўйича апелляция рад этилди   1 12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  5 12:15Месси: "ЖЧ-2022да ғолиб бўлмаганимизда, мен терма жамоадан кетардим"  8 11:53Начо ва Васкес "Реал" билан шартномасини узайтиради  2

Janubiy Koreyada dastlabki bosqich ortda qoldi - "Kvandju" sensaciya sohibi, Rustam Ashurmatov bilan suhbat Yangiliklar

Janubiy Koreyada dastlabki bosqich ortda qoldi - "Kvandju" sensaciya sohibi, Rustam Ashurmatov bilan suhbat

Janubiy Koreya yuqori divizionida dastlabki bosqich ortda qoldi.

12ta klub jamg'argan ochkolariga qarab yuqori oltilik va pastli oltilikka bo'lindi. Quvonarlisi O'zbekiston terma jamoasi azosi Rustamjon Ashurmatov to'p tepayotgan "Kvandju" klubi ham kuchli oltilikka kira oldi.

Oldingi ikki yilni K Liga 2'da o'tkazgan "Kvandju" bu mavsum yuqori ligaga qaytdi. Tabiiyki quyi ligadan chiqqan klubning darhol kuchli oltilikka kirishini ko'pchilik kutmaydi. Biroq bosh murabbiy Park Jin Sub boshchiligidagi "Kvandju" birinchi bosqichning so'nggi turda 7-o'rindan 6-o'ringa chiqa olishdi hamda o'ziga xos sensaciya namoyish etishdi.

Jamoa 14-turdan 20-turgacha o'tgan 7ta o'yinning hech birida yutqazmadi. Bu orada Koreyaning ikki grandi "Ulsan" bilan ham, "CHonbuk" bilan ham duranglar qayd etildi. Birinchi bosqichning so'nggi turida safarda Jamshid Iskanderov o'ynayotgan "Seongnam" mag'lub etildi hamda to'plar nisbatiga ko'ra Ikrom Aliboev faoliyat olib borayotgan "Seul" ortda qoldirildi.

Endi ikkinchi bosqichda 6ta klub o'zaro bir martadan o'yin o'tkazishadi. Yani har bir klub 5tadan uchrashuvda maydonga tushadi. Taqvimga ko'ra kuchli uchlikdagi uchta klub o'z maydonida 3tadan o'yin o'tkazadi, qolgan uch jamoa esa o'z uyida ikkitadan uchrashuv o'tkazadi.

Rustam Ashurmatov o'ynayotgan "Kvandju" (Gwangju FC) klubining bu mavsumdagi qolgan o'yinlari:
27 sentyabr

Poxang Stilers - Kvandju

3 oktyabr

Kvandju - Tegu

18 oktyabr
CHonbuk Xyunday Motors - Kvandju

25 oktyabr

Kvandju - Sangju Sangmu

1 noyabr
Ulsan Xyunday - Kvandju


O'zbekistonlik Ikrom Aliboev faoliyat olib borayotgan "Seul", Jamshid Iskanderov to'p tepayotgan "Seongnam Ilva CHunma" va Dostonbek Tursunov o'ynayotgan "Pusan IPark" klublari afsuski kuchli oltilikka kira olishmadi. Bu jamoalar endi oldindagi 5ta turda ligada qolish uchun kurash olib borishadi. Barcha hamyurtlarimizga va ularning jamoalariga omad tilaymiz.



P.S. Ayni paytda 4-o'rindagi "Sangju Sangmu" klubi harbiy klub hisoblanadi va bu mavsum qaysi o'rinni egallashidan qatiy nazar quyi ligaga tushib ketadi.



Ushbu kichik muvaffaqiyat bilan tabriklash uchun Rustam Ashurmatov bilan bog'landik va unga bir qator savollar bilan murojaat qildik.


- Jamoa kuchli oltilikka kirishiga qachon umid uyg'ondi?

- Aslida mavsum boshida jamoa oldiga ligada qolish vazifasi qo'yilgandi. Biroq boshqa klublar bilan tengma-teng o'ynay olayotganimizni ko'rgan jamoa murabbiylari kuchli oltilikka kirishga harakat qilamiz deb aytishdi.

- Mavsum boshida birinchi maqsad ligada qolish bo'lgan bo'lsa kerak. Bu vazifa uddalandi. Endigi maqsad qanday?

- To'g'ri, dastlabki vazifani ortig'i bilan bajara oldik. Bundan xursandmiz. So'nggi 5ta turda kuchli klublarga munosib qarshilik qilish hamda imkoni boricha yuqoriroq o'rinni egallashga intilamiz.

- "Kvandju" oldindagi 5ta turda maksimal ochko to'plasa ham kuchli uchlikka kira olmaydi. Bu o'yinlarda jamoa qanday maqsadni ko'zlab maydonga tushadi? Motivaciya nima bo'ladi?

- To'g'ri aytdingiz, nafaqat uchlik, balki to'rtinchi o'ringa chiqish ham qiyin bo'ladi. Ayni paytda real olib qaraydigan bo'lsak beshinchi o'ringa chiqish uchun kurashsak bo'ladi. Buni amalga oshirishga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Motivaciya - bu har bir bahsda g'alaba uchun maydonga tushish.

- Ortda qolgan 22ta turda 20 marta maydonga tushdingiz. Jamoadagi qolgan hech qaysi himoyachi bunchalik ko'p o'ynamagan. Barqarorlikning siri nimada?

- Birinchi o'rinda murabbiy ishonchi. Agar murabbiy ishonsagina futbolchi maydonga tushib yaxshi o'yin ko'rsata oladi. Barcha uchrashuvlarda murabbiyning menga ishonayotganini ko'rib harakat qildim. Balki shuning uchun ham boshqalarga qaraganda ko'proq o'ynagandirman. Bu menga qo'l kelmoqda hamda kuchli hujumchilarga qarshi bahslarda o'z navbatida tajribamni oshirib borayapman.

- "Kvandju" safida kosta rikalik hujumchi Markos Urenya ham bor. Lekin u atigi 7ta uchrashuvda maydonga tushibdi. Buning sababi jarohatmi?

- Yo'q, unda jarohat yo'q. SHunchaki murabbiy bilan til topishib keta olmadi. SHuning hisobiga juda kam o'ynadi. Lekin asosiy tarkibda o'ynashga munosib futbolchi, shu bilan birga Kosta Rika terma jamoasi azosi hisoblanadi.



- Ikkinchi bosqichda 2ta o'yinni uyda o'tkazasizlar, 3ta uchrashuvni safarda. Raqiblar ham juda kuchli. Tomoshabinlarsiz o'tayotgan o'yinlarda uy faktori rol o'ynayaptimi?

- To'g'risini aytsam, uyda o'ynash baribir qulayroq. Sababi shu erda ko'p o'ynaysiz, maydonning har bir qarichini juda yaxshi bilasiz. Lekin bizning jamoaga uydan ko'ra safarda o'ynash yaxshiroq deb hisoblayman. Sababi uy stadionimizdagi maydon sifati u qadar yaxshi emas. Qolgan klublarning maydonida esa muammo yo'q. Takidlash lozimki, biz uydan ko'ra safardagi bahslarda ko'proq g'alabaga erishdik. SHu bois bu borada hech qanday muammo yo'q deb ayta olaman.

- SHu yil oxirida klub bilan tuzgan shartnomangiz tugaydi. Rustam Ashurmatovni yangi mavsumda boshqa klubda ko'ramizmi?

- Ha, shartnomam shu yil oxirida o'z nihoyasiga etadi. Agar hozirgi klubimdan kuchliroq klubdan taklif bo'lsa albatta ko'rib chiqaman, agar unday bo'lmasa klubda qolarman. Barchasini vaqt ko'rsatadi. Hozir bor etiborim oldindagi 5ta turga qaratilgan. Mavsum tugaganidan keyin bemalol qaror chiqarish uchun vaqtim bo'ladi deb o'ylayman.

- Janubiy Koreya yuqori ligasidagi qolgan o'zbekistonlik futbolchilar haqida qanday fikrdasiz?

- Futbolchilarimizning barchasi har xil holatda. Masalan, Ikrom Aliboev "Seul"ga yangi murabbiy kelganidan keyin umuman o'ynamayapti. Murabbiy uni bir marta bo'lsa ham maydonga tushirib sinab ko'rgani yo'q. Bunga aynan nima sabab bo'lganini to'g'risi bilmayman. Lekin shuni aytishim mumkinki Aliboev bu murabbiy kelguniga qadar yaxshi o'ynab kelayotgandi. "Pusan IPark" azosi Doston Tursunov esa so'nggi turlarda juda yaxshi o'ynamoqda. To'g'ri mavsum boshida balki yangi jamoaga moslashish qiyin kechgandir. Lekin ayni paytda juda ham yaxshi formada. "Seongnam"da o'ynayotgan Jamshid Iskanderov doim o'yinlarda ishtirok etmoqda. Bazida asosiy tarkibda, bazida zaxiradan maydonga tushmoqda. Menimcha bu holat murabbiyning taktikasiga bog'liq bo'lmoqda. Bir so'z bilan aytganda o'zbekistonlik futbolchilar maydonga tushgan o'yinlarda o'zlaridan yomon taassurot qoldirishmayapti. SHuni takidlashni istardimki Janubiy Koreyada o'zbekistonlik futbolchilarga qiziqish anchagina ortgan.


Narzulla tayyorladi

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика