So’nggi yangiliklar

00:55Антони: "Ишонаверинг, янги мавсум менинг исмимни гол ва ассистлар билан бирга эшитасиз"  3 00:32Александр Крестинин: "Яратган вазиятларимизнинг учдан бир қисминиголга айлантира олганимизда ҳам бугун ғалаба қозонган бўлардик"  0 00:30Париж-2024 финал. Франция - Испания 3:5, Анри бошчилигидаги Франция ютқазди  0 00:12Расман: Давид Де Хеа – "Фиорентина" дарвозабони!  4 23:47Испания Францияни қўшимча бўлимларда мағлуб қилиб, Париж Олимпиадаси олтин медалларига эга чиқди!  22 22:30Денис Коростиченко: "Жамоада катта ўзгаришлар рўй берди. Суперлигада жон сақлаб қолиш эмас, юқорироқ ўрин эгаллашни мақсад қилганмиз"  3 22:09Про лига. "Қўқон-1912" меҳмонда "Машъал" устидан ғалаба қозонди  3 21:35Суперлига. "Локомотив" - "Олимпик" 1:1  8 21:17Суперлига. "Олимпик" ҳамон "тирик" экан, ёш футболчилар "Локомотив" билан дуранг ўйнашди  5 21:10Ольмо "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши маълум бўлди  4 20:45"Челси" тез орада 60 млн евролик трансферни амалга оширади  5 20:17Париж-2024. Франция ва Испаниянинг финал ўйини учун бошланғич таркиблари аниқ  1 19:45ПСЖ 40 млн еврога ҳимоячи сотиб олди  1 19:18"Тоттенхэм" "Борнмут" юлдузини трансфер қилмоқда  1 18:58Про лига. "Машъал" – "Қўқон-1912". Таркиблар маълум  2

Janubiy Koreya U23 - O'zbekiston U23 - 2:1. MATNLI TRANSLYACIYA Yangiliklar

Janubiy Koreya U23 - O'zbekiston U23 - 2:1. MATNLI TRANSLYACIYA

Osiyo chempionati 1-turi doirasidagi Janubiy Koreya U23 - O'zbekiston U23 uchrashuvi bo'lib o'tdi.

                                       MATNLI TRANSLYACIYA

                                               YANGILASH

90+4. O'yin tugadi. Janubiy Koreya - O'zbekiston 2:1.

90+2. So'nggi daqiqalarda futbolchilarimiz shoshilib pala partishlik bilan o'ynashmoqda.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 4 daqiqa qo'shib berildi

86. O'zgarish. Janubiy Koreya. Li CHang Min o'rniga Kim Xyun tushdi

84. ZARBA! Burchak to'pidan so'ng Sohibov zarba berdi, o'ta noaniq chiqdi zarba

80. O'zgarish. O'zbekiston. Dostonbek Hamdamov o'rniga Husniddin G'ofurov tushdi

78. ZARBA! Kvon CHang Xunning zarbasi xavfli chiqdi, Abdujalilov o'z o'rnida

76. O'zgarish. Janubiy Koreya. Mun CHang Jin o'rniga Li Yong Jae tushdi

74. O'yinni 10 futbolchi bilan yakunlaymiz. Al Mirdasi yana qaysidir futbolchimizni chetlatmasa, albatta.

72. QIZIL KARTOCHKA! Jamshid Boltaboev! Hakam "barakalla"! maydon markazida ishlatilgan qo'pollik uchun darhol qizil kartochka bilan siyladi, hakam O'zbekistonni juda yomon ko'radi shekilli!!!

69. Mun CHang Jin xet-trik qilishga urindi, noaniq zarba

68. Koreyslarning ancha vaqtdan buyon ilk hujumi, berilgan zarba Fominga tegib maydonni tark etdi.

67. O'zgarish. O'zbekiston. Eldor SHomurodov o'rniga Jaloliddin Masharipov tushdi

65. Xavfli vaziyat! Sergeev yana chap qanotdan oldinga o'tdi, uning oshirgan pasi Hamdamovga bordi, Dostonbek o'yindan tashqari holatda edi...

63. Song Ju Xunning burni qonab ketdi, unga shifokorlar yordam berishmoqda

61. Xavfli vaziyat! Igor Sergeev chap qanotdan to'pni jarima maydoniga uzatdi, Eldor SHomurodov to'pga eta olmadi!

59. O'zgarish. Janubiy Koreya. Jin Seong Uk o'rniga Kvon CHang Xun tushdi

56. Hamdamov jarima maydoni tashqarisidan chap oyog'ida kuchli zarba berdi va hisobni qisqartirdi! 2:1. Umid so'ngani yo'q hali!

56. GOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOOL! DOSTOOOOOOOOOOOOOOOONUUUUUUUUUUUUUUUU! 2:1

55. O'zgarish. O'zbekiston. Jamshid Iskanderov o'rniga Sardor Rahmonov tushdi

53. Xavfli vaziyat! Abdujalilovning xatosidan Park Yong Vu foydalana olmadi, hayriyat

50. Vakillarimiz hujumga o'tishmoqda, biroq noaniq paslar juda ko'p, yakuniy zarba ham yo'q.

48. GOL! 2:0. Yana o'sha Mun CHang Jin! CHap qanotdan boshlangan hujumni Mun CHang Jin o'tkir burchakdan aniq zarba berib gol bilan yakunladi - 2:0.

47. Jamoamiz jarima to'piga ega bo'ldi. Kozakning oshirgan to'pi himoyachilar tomonidan qaytarildi

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi! Olg'a yigitlar!


Birinchi bo'lim statistikasi bilan tanishing: 

Janubiy Koreya - O'zbekiston

Golli vaziyatlar: 2:4
Aniq zarbalar: 1:3
Noaniq zarbalar: 1:1
Burchak to'plari: 1:1
Ofsaydlar: 1:0
Autlar: 16:21
Seyvlar: 3:0
Qoida buzishlar: 8:6

45+1. Birinchi bo'lim yakunlandi. Hozircha 1:0, Janubiy Koreya oldinda.

45. ZARBA! Iskanderov jarima maydoni ichidan zarba berdi. Zarba kuchsiz chiqdi, darvozabon o'z o'rnida

43. Hozircha bizning eng yaxshi o'yinchimiz bu muxlislar bo'lib turibdi. Ikkinchi bo'limda futbolchilarimiz o'zlarini ko'sartishlariga ishonamiz!

42. Abdumavlon! Nimalar qilayapsan? Posbonimiz hozir to'pni jarima maydonidan chiqib boshi bilan qaytardi, raqib sal qolsa bo'sh darvozaga gol urardi, noaniq

41. Jamshid Boltaboevning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi darvozabonga nasib qildi

37. Dostonbek Hamdamov o'yin qoidasini buzdi. Raqiblarimiz jarima to'pini amalga oshirishdi.

35. Koreyslar imkon qadar o'yin tempini tushirishga harakat qilishmoqda, ularni hisob qoniqtiradi

34. Ryu Seung Vu o'yindan tashqari holatda qolib ketdi, yon hakam bayroqchasini ko'tardi

33. Koreyslar aniq paslarga urg'u berishmoqda, bizda esa brak juda ko'p

32. Sergeev va Yeon Jei Min to'qnashib ketishdi. Ikki sardor koreyslar jarima maydoni ichida to'qnash kelishdi.

29. Bizning hujumlar zarba bilan tugayotgani yo'q. Aniq zarba umuman yo'q.

27. Koreyslarning yana bir hujumi, Kozak to'pni qaytarishga muvaffaq bo'ldi

25. Goldan so'ng ustunlik O'zbekiston tomoniga o'tgandek tuyulmoqda.

23. ZARBAAAA! Igor Sergeev raqib himoyachisining xatosidan foydalana olmadi. Darvozabon to'pni qaytardi!

20. Mayli o'yin davom etadi. Biz toza gol ura olamiz. Olg'a yigitlar!

19. GOL! Mun CHang Jin penaltidan gol urdi 1:0. Bunaqa hakamlik bizga kerak emas!!!

17. PENALTI! HAKAM! Otabek SHukurovning elkasiga tegib qaytgan to'pni hakam uning qo'liga tegdi deb o'yladi va penalti belgiladi! SHarmandalik! 


14. ZARBAAAA! Otabek SHukurovning 25 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasidan so'ng posbon to'pni ushlab oldi, Otabekning "Buxoro"da safidagi zarbalarini barcha eslasa kerak

10. Raqibdan tashabbus olib qo'yildi. Ko'proq hujumga o'tishga harakat qilishayapti yigitlarimiz.

8. Sergeevning zarbasi noaniq bo'ldi.

7. Dostonbek Hamdamov chap qanotdan raqib jarima maydoniga kirib borishga urindi. Himoyachilar undan to'pni olib qo'yishdi.

5. ZARBA! Koreyslar qarshi hujumga o'tishdi, Xvan Xi CHanning kuchli zarbasi noaniq ketdi!

5. Yana koreyslar hujumga o'tishdi. Abdumavlon zarbani qaytardi, qaytgan to'pni Fomin yana raqibga berib qo'ydi. Hayriyatki zarba noaniq chiqdi.

4. Xavfli vaziyat! Koreyslar chap qanotdan hujumga o'tishdi. Akrom Komilov hujumni to'xtatdi.

3. ZARBA! Eldor SHomurodov jarima maydoni tashqarisidan o'ng oyog'i bilan zarba berdi, to'p noaniq ketdi.

3. Ilk hujum chap qanotda tashkil etildi. Komilovning uzatgan to'pi himoyachilar tomonidan qaytarildi.

2. Bugun Doxa shahriga etib borgan O'zbekiston terma jamoasi muxlislar klubi jamoamizni tinmay qo'llab-quvvatlab turibdi.

1. DIQQAT O'YIN BOSHLANDI!

21:27. O'zbekiston madhiyasi! Barcha birgalikda!

21:26. Janubiy Koreya davlat madhiyasi yangramoqda

21:25. Ikkala jamoa maydonga tushib kelishdi,

21:10. Ikkala jamoa azolari o'yinoldi mashg'ulotlarni o'tkazishmoqda.

O'yin Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi. Saytimiz orqali uchrashuvning matnli translyaciyasini kuzatib borish mumkin bo'ladi.


Janubiy Koreya - O'zbekiston 2:1
13 yanvar 2016. Doxa. "Suhayim bin Hamad" stadioni
Hakamlar:
Fahad Al Mirdasi, Abdulloh Mutloq Al SHalvai va Muhammad Maki Alabakri (barchasi Saudiya Arabistoni), Adham Muhammad Makxamdeh (Iordaniya)

Gollar: Mun CHang Jin 20 penalti, 48 - Dostonbek Hamdamov 56

Janubiy Koreya: 1.Kim Dong Jun, 7.Mun CHang Jin (14.Li Yong Jae, 76), 8.Li CHang Min (9.Kim Xyun, 87), 20.Xvang Xi CHan, 5.Yeon Jei Min, 4.Song Ju Xun, 2.Sim Sang Min, 18.Jin Seong Uk (22.Kvon CHang Xun, 59), 3.Li Seul CHan, 10.Ryu Seung Vu, 6.Park Yong Vu.

O'zbekiston: 12.Abdumavlon Abdujalilov, 6.Maksimilian Fomin, 4.Jamshid Boltaboev, 6.Akrom Komilov, 7.Vladimir Kozak, 8.Javohir Sohibov, 19.Otabek SHukurov, 10.Jamshid Iskanderov (3.Sardor Rahmonov, 55), 17.Doston Hamdamov (13.Husniddin G'ofurov, 80), 23.Eldor SHomurodov (9.Jaloliddin Masharipov, 67), 11.Igor Sergeev.

CHetlatish: Jamshid Boltaboev 72

Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика