So’nggi yangiliklar

08:02Суперлига. Бугун 13-тур давом эттирилади  0 07:40Суперлига. "Навбаҳор" ОКМК устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди, иккала жамоанинг биттадан голи ҳисобга олинмади  0 07:3040 ёшли Касорланинг голи “Овьедо“га 24 йиллик танаффусдан сўнг Ла Лига йўлланмасини қўлга киритишда ёрдам берди  0 03:46Сергей Лебедев: "Биз вақтни чўзганимиз йўқ"  1 02:00КЖЧ. "Интер" ва "Урава Ред Даймондс" ўртасидаги ўйин тақдирини 90+2 дақиқада урилган гол ҳал қилди  27 00:03"Арсенал" бир сабабга кўра "Реал"дан Родригони сотиб ололмаслиги мумкин  8 23:11КЖЧ. "Боруссия Дортмунд" ва "Мамелоди Сандаунз" ўртасидаги ўйинда еттита гол урилди  0 22:43Фоден мураббий бўлишни хоҳлайди  1 22:03Суперлига. "Навбаҳор" Наманганда ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди ва жадвалдаги очколар фарқини қисқартириб олди  87 21:38"Милан" ёш испан футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 20:48"Барселона" чемпионлик учун қанча мукофот пули тўлаши маълум бўлди  18 20:18Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Мамелоди Сандаунс" - "Боруссия" Д. Асосий таркиблар маълум!  1 19:59Про-лига. "ФарДУ" тезкор гол эвазига "Олимпик"ни мағлуб қилди  1 19:23"Реал"га Родри керак  9 18:54"Манчестер Сити" Гвардиолага ўринбосар топиб қўйди  9

Janubiy Koreya - O'zbekiston. Gollarni tahlil qilamiz Yangiliklar

Janubiy Koreya - O'zbekiston. Gollarni tahlil qilamiz

O'zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreyaga mag'lub bo'lganidan so'ng muxlislar OAVdan, ayniqsa bizdan tanqidiy maqola kutishayotganini malum qilishdi.

Bazi hissiyotga berilgan ishqibozlar biz JANUBIY KOREYAga mag'lub bo'lganimizni hali ham tushunishmayapti. Ammo bu boshqa mavzu va hozir ushbu bahsda urilgan va o'tkazilgan gollarni tahlil qilishga urinib ko'ramiz.

Marat Bikmaev

Marat Bikmaev urgan gol Janubiy Koreyalik himoyachining xatosi bilan boshlandi. Futbolchi to'pni boshi bilan darvozabonga tashlab bermoqchi edi, ammo u o'ylagandek bo'lmadi. Kutilmaganda to'p hujumchimiz yo'liga tushdi va Sergeev to'pni egallash yoki unga zarba berish uchun tezlikni oshirdi. Darvozabon vaziyatni tez tushundi va to'pga himoyachi hamda hujumchidan oldinroq chiqdi.


Ammo posbon to'pga o'zi istagandek zarba bera olmadi va natijada to'p futbolchimiz Marat Bikmaevga tushdi. Bikmaev to'pni o'ziga to'g'irlayotgan bir paytda vaziyatni o'rganishga ulgurdi. Jarima maydonchasi yaqinida bo'lgan koreyaliklar darvoza tomon yugurishdi, o'rtaroqda turgan futbolchilar esa Maratning zarbasiga to'sqinlik qilish uchun o'yinchimiz tomon odimlashdi.


Bikmaev to'pni Igor Sergeev yoki Odil Ahmedovga oshirishi va darvozaga zarba yanada yaqinroqda berilishi mumkin edi, ammo Marat ayyorona zarbaga tayanib tavakkal qildi. Uning ayalanma zarbasi avvaliga darvozanin chap tomoniga ketayotgan edi, keyin esa o'ng tomonga burildi. Himoyachilar bunday zarba bo'lishini kutmagandi va to'pni qaytara olishmadi.



Nam Tae Xi

Janubiy Koreya terma jamoasining ushbu hujumi o'ng qanotdan chapga ko'chganida juda qiziq holat yuz berdi. CHap qanotga yaqin joyda to'pni qabul qilgan Son Xyon Min va Park Ju Xoni faqat Davron Hoshimov qo'riqlayotgan edi. Tayanch yarim himoyachilari (Otabek SHukurov va Vadim Afonin) qaerda? Narigi qanotdagi hujum boshqa tomonga ko'chgani uchun Afonin o'z futbolchisi bilan qoldi. Otabek SHukurov esa markazroqda edi va Sergeevning to'pni olish uchun harakatlanayotganini ko'rib, joyida qoldi.


Anzur Ismoilov Hoshimovga Park Ju Xoni yopishni aytib, Son Xyon Min tomon keldi, ammo menimcha, Ismoilovning o'zi Ju Xoni yopishi kerak edi. CHunki harakatlanayotgan futbolchi joyida turgan o'yinchidan tezroq yuguradi va to'p uzatilganda unda imkoniyat ko'proq bo'ladi. Son Xyon Min to'pni Park Ju Xoga uzatdi va Hoshimov uzatmani to'sishga biroz ulgurmadi.


Ushbu suratda esa himoyachilarimiz faqat to'pni kuzatishayotgani, orqadagi futbolchilarni qo'riqlashmayotgani ko'rinib turibdi. Kim SHin Vuk (Egor Krimecning yonidagi) Park Ju Xo tomon harakatlandi va uzatma o'sha tomonga bo'lganida Hoshimov to'pni to'sar edi. Afsuski uzatma Denisovning orqasidan kelayotgan Nam Tae Xiga bo'ldi. Vitaliy koreyalik futbolchi undan o'tib ketmaguniga qadar buni sezgani ham yo'q. Natijada, gol.


Ku Ja CHol

Uzatma bo'layotgan paytda himoyachi va tayanch himoyachilarimiz kimni qo'riqlayotganiga etibor bering. Yuqoridan kelayotgan to'p uchun Kim SHin Vuk kurashishi aniq edi, ammo biznikilardan kim unga chiqishiga biroz tushunmay qoldim. Denisov bo'yi pastligi tufayli SHin Vuk bilan to'p uchun kurashmadi, Ismoilov esa bu Vitaliyning bu qarorini biroz kech tushundi, chunki futbolchi uning ortida edi. Anzur havodagi kurashda imkoniyatni boy berdi va ...


Ko'pchilik ushbu uchrashuvda Vadim Afonin yaxshi o'ynaganini takidladi. Ammo aynan shu vaziyatda uning futbolchisi golga mualliflik qildi.


Bu golli hujum avvalgi uchrashuvlarda ham qo'llanilgan. Nima demoqchi bo'lganimni tushundingiz. Ammo sizlarga yana bir bor eslatib o'taman, biz Suriya yoki Filippin emas JANUBIY KOREYAga mag'lub bo'ldik.

TAS-IX emas


Jasurbek

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика