So’nggi yangiliklar

13:14"Барселона" араблардан максимал равишда кўпроқ пул ишлаб олмоқчи  0 12:46"Севилья" "Интер" ярим ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 12:19Тадич ҳам Саудия Арабистонига кўчиб ўтадими? Унда "Ал Қодисия"дан таклиф бор  0 11:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси Тошкентда йиғин бошламоқда — Даврон Чориев сафга қайтди   0 11:34МЮ ҳимоячиси "Вест Хэм"га ўтишга яқин турибди  2 11:09Доминикан Республикаси ОТЖ сардори Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади  11 10:44Даврон Ҳошимов иккинчи даврани Суперлигада ўтказади  7 10:10«Сурхон» ўтган йилги легионерини ортга қайтарди  5 09:37«Барселона» «отмен»! Нико Уильямс келажаги борасида бир қарорга келди  6 09:05«Бухоро» «Андижон» футболчиси билан шартнома тузди  2 08:32Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси Япония билан жанговар дуранг ўйнади  5 07:58Испанлар Европани «забт этишди». «Қизил фурия» икки кун ичида иккита «Евро»да ғалаба қозонишди  8 07:26Ўртоқлик учрашуви. «Қўқон-1912» «Сўғдиёна»ни мағлуб этди   1 01:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  3 01:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  1

Janubiy Koreya oldidan Iordaniya sinovi Yangiliklar

Janubiy Koreya oldidan Iordaniya sinovi

Milliy terma jamoamiz Janubiy Koreya bilan muhim uchrashuv arafasida 10 noyabr kuni “Paxtakor” stadionida Iordaniya bilan o'rtoqlik o'yinini o'tkazadi.

Koreyaga safar oldidan mazkur raqib bilan to'qnashuvda imkon qadar jamoa va futbolchilarning holatini yaxshilab olish lozim bo'ladi.

IORDANIYA FUTBOL ASSOCIACIYASI
Tashkil etilgan yili:
1949
FIFA azosi: 1956
Rasmiy veb sayti: www.jfa.com.jo
Prezidenti: SHahzoda Ali Bin Al Hussayn
Futbol bilan shug'ullanuvchilar soni: 121191
Ro'yxatdan o'tgan futbolchilar soni: 4941
Klublari soni: 102
Futbol rasmiylari soni: 6231


Iordaniya futbol associaciyasi 1949 yilda tashkil etilgan va 1956 yildan FIFA azosi hisoblanadi. Bu mamlakat futbol tarixidagi eng katta natija hozircha Osiyo Kubogida ikki marta chorak finalga etib kelingani bo'lgan. Ushbu musobaqada iordanliyaliklar o'sha ikki safar qatnashganlar xolos. Jahon chempionati saralash bosqichlaridagi eng yaxshi ko'rsatkich ushbu saralash bahslarida kuzatilib turibdi. Iordaniyada futbol asosan 1990-yillarning o'rtalaridan rivojlana boshladi. Lekin hozirgacha ham milliy terma jamoa qita grandlari qatoriga qo'shilgani yo'q. Mamlakatda jami 102 futbol klubi faoliyat yuritadi. Professional futbolchilar soni esa 5 ming nafarga yaqin.

Mamlakatda uchta liga mavjud. Yuqori ligada 12 jamoa kurash olib boradi. U 1944 yildan buyon o'tkazib kelinmoqda. Birinchi ligada 14, ikkinchi ligada esa 18 jamoa ishtirok etadi. Iordaniyaning eng mashhur jamoalari sifatida “Al Vihdat”, “Al Faysali” va “SHabab Ordun”ni etirof etish mumkin. “Vihdat” kelib chiqishi Falastinga taqalgan iordaniyaliklar tomonidan tashkil etilgan jamoa bo'lgani sababli “Faysali” bilan keskin raqobatga ega. Jamoalar milliy chempionatdan tashqari ikki kubokda g'oliblik uchun kurashishadi.

IORDANIYA MILLIY TERMA JAMOASI
Laqabi:
“Al Nashama”
Bosh murabbiyi: Abdulloh Abu Zema
Sardori: Amir SHafi
Stadioni: “Qirol Abdulloh”
FIFA reytingidagi o'rni: 104
Eng yuqori o'rni: 37 (2004, avgust)
Eng quyi o'rni: 152 (1996, iyul)
Birinchi rasmiy o'yini: Suriya – 3:1 (Misr, 1953 yil 1 avgust)
Eng yirik g'alabasi: Nepal – 9:0 (Amman, 2011 yil 23 iyul)
Eng yirik mag'lubiyati: Yaponiya – 0:6 (Saytama, 2012 yil 8 iyun)
Milliy terma jamoa ilk xalqaro uchrashuvini 1953 yilda o'tkazgan. Katta muvaffaqiyatlarga erishish nasib etmagani haqida yozib o'tdik. Oxirgi paytlardagi salbiy natijalar tufayli FIFA reytingida 104-pog'onaga tushib ketdi. Iordaniya uy o'yinlarini Ammanda joylashgan “Qirol Abdulloh” stadionida o'tkazadi. Stadion 20 ming tomoshabinga mo'ljallangan.


IORDANIYA QIROLLIGI
To'liq nomi:
Al Mamlaka al Urduniya al Hashimiya
Poytaxti: Amman
Hududi: 92300 kv.km.
Aholisi: 6,5 mlndan ortiq
Pul birligi: dinor
Rasmiy tili: arab


Iordaniya terma jamoasini sobiq futbolchi Abdulloh Zema boshqarmoqda. U 2015 yildan beri bu lavozimda ishlayotgan 6-murabbiydir. Mart oyida terma jamoani ikki uchrashuvda angliyalik Xarri Rednapp maydonga olib tushgandi.

Abdulloh Abu ZEMA
Tug'ilgan sanasi
: 04.04.1976
Tug'ilgan joyi: Amman, Iordaniya
Futbolchilikdagi ampluasi: hujumkor yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: 1994–2006 “AL Vihdat”.
Iordaniya terma jamoasida 1996–2004 yillarda 82 o'yinda 13 to'p kiritgan.
Boshqargan jamoalari: 2013–2015 “Al Vihdat”, 2016 yildan Iordaniya terma jamoasida.


O'zbekiston bilan o'yinga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Motaz Yosin ("Al Faysali"), Abdulloh Al Zubi ("Al Ramza"), Yozid Abu Layla ("SHabab Ordun").

Himoyachilar: Tariq Hattab ("Al Masri", Misr), Ibrohim Alzavahreh ("Al Halij", Saudiya Arabistoni), Qusay Al Jaafreh ("Zat Ras"), Mohannad Xayrulloh ("Al Jazira"), Ehson Haddad ("Al Hussayn"), Yosir Ravashdeh ("Al Faysali"), Muhammad Dmeyri ("Al Vihdat"), Musa Tamari ("Al Faysali"), Ahmad Elias ("Al Vihdat"),

Yarim himoyachilar: Said Murjan ("Kazma", Quvayt), Ahmad Samir ("Al Ramza"), Rajayi Ayad ("Al Vihdat"), Monzir Abu Amara ("Al Vihdat"), Yosin Albakit ("Xatta", BAA), Yazan Thalji ("Al Ahli"), Abdulloh Dib ("Al Vihdat"), Mahmud Almardi ("Al Ahli")

Hujumchilar: Hamza Aldardur ("Ad Ramza"), Baha Faysal ("Al Vihdat"), Xolid Aldardur ("Al Ramza"), Yusuf Ravashdeh ("Al Faysali")



Behzod Nazarov tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика