Janubiy Koreya ikkita terma bilan kelishuvga erishdi
08 avg 2018 16:43
Yangiliklar
Janubiy Koreya ikkita terma bilan kelishuvga erishdi
Janubiy Koreya terma jamoasi Kosta-Rika va CHili terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazish borasida kelishuvga erishdi.
Har ikkala uchrashuvni J.Koreya o'zida qabul qiladi. Dastlab 7 sentyabr kuni Kosta-Rika mehmon bo'lsa, CHili bilan bahs 11 sentyabr kuni bo'lib o'tadi. Bu koreyaliklar uchun JCH-2018dan so'ng dastlabki bahslar bo'ladi.
Janubiy Koreya terma jamoasi Osiyo Kubogida "C" guruhidan joy olgan va guruh o'yinlarini Xitoy, Qirg'iziston hamda Filippinga qarshi o'tkazadi. Koreya futbol associaciyasining xabar berishicha, tez orada terma jamoaga yangi bosh murabbiy tayinlanadi. CHunki JCHda koreyaliklarni boshqargan SHin Tae Yongning shartnomasi tugagan.
Fikrlar