So’nggi yangiliklar

17:35Даврон Ҳошимов: "Каттақўрғон" бир мавсумлик жамоа эмас. Про лига ўтган йилгидан қизиқарлироқ бўлади"  0 17:08Туанзебе, Балеба, Амад, Маҳрез... Африка Миллатлари Кубоги гуруҳ босқичи рамзий жамоаси  0 16:42"Леганес" аъзоси Лазизбек Мирзаев Ўзбекистонга қайтмоқда  5 16:20Қосимов Ироқ чемпионати 9-турининг рамзий жамоасидан жой олди  1 15:58Станислав Андреев бутсаларини михга илди  7 15:34Манба: Каннаваро Қатардаги машғулотларга кенгайтирилган таркибдан жой олган футболчиларни чақиради  2 15:05"Челси" раҳбарияти янги мураббий танлашда қайси тамойилга амал қилиши маълум  2 14:38Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!  11 14:10"Андижон" вингери "Бухоро"га ўтиши мумкин  6 13:42Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди  18 13:19Расман: Олег Зотеев "Локомотив"га қайтди  3 12:57ОКМК футболчиси Австралия клубига ўтди  3 12:30"Насаф" Бозоров ва Голбан билан хайрлашди  14 12:24Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  28 12:102026 йилда бўладиган халқаро мусобақалар  3

Janob Luiga xat Yangiliklar

Janob Luiga xat

Hurmatli Lui! Bilaman, siz geografiyadan ko'ra falsafani yaxshiroq o'rgangansiz.

O'zbekiston degan yurt borligi haqida bilasizmi, yo'qmi menga qorong'u. Xuddi sizga Manchesterdagi yaqin kelajagingiz qorong'u bo'lgani kabi. Ishqilib, shunday mamlakat bor. O'sha o'lkada, ishoning, siz hozir(cha) bosh murabbiy bo'lib turgan klubning chin muxlislari judayam ko'p. Siz tasavvur qilishingiz mumkin bo'lganidan ko'proq. SHulardan biri menman. 17 yillik muxlis! Sizning nursiz o'yinlaringiz soni oldida bu raqam ulkan ko'rinmas balki, lekin, baribir oz muddat bo'lmasa kerak.

Xullas, janob, o'zbek tilida shu “janob” so'ziga ohangi o'xshab ketadigan so'z bor. Siz eslanganingizda beixtiyor bu so'zni ham ismingiz bilan yonma-yon qo'llaydiganlar soni ancha ko'payib qolgan. Rost. Agar xat yangi yil oldidan yozilganida men ham aslida ot so'z turkumiga kirsa ham faqat sifat sifatida ishlatiladigan, bizning poytaxtliklar bog'lovchi so'zdek qo'llashni odat qilgani bu so'zni bexosdan ishlatib yuborishim mumkin edi. Ammo, hovurimdan ancha tushib, sovuq kalla bilan noma yo'llay qoldim.

Asli xatni siz “Yunayted”da yo'lga qo'ymoqchi bo'lganingiz va hech vaqo chiqarolmaganingiz - darvozaga tahdidsiz o'yin, hujumsiz futbol, zarbasiz va maqsadsiz nazorat falsafasiga, allaga muqobil tomoshaga bo'lgan samimiy nafratimni, go'zal qarg'ishlarimni izhor qilish uchun yozmoqchi bo'lgandim. Xiqildog'imga kelgandi bari.



Ming yillardan beri meni taniydiganlar ham, taniganiga siz boshchiligingizdagi jamoa ko'rsatgan tomoshabop o'yinlar sonidan-da kamroq kun bo'lgan chala tanishlar ham “Ha, “Yunayted”, nima bo'ldi endi? Yana “eb” qo'yibsizlar-ku a?” qabilidagi gaplar, pichinglarga har turdan keyin duch kelaverishdan charchaganlarimni va buning uchun siz va shtabingiz manzili tomon bisotimdagi eng “nafis” so'zlar, shoirona tashbehlar-la boyitib, xasratimni to'kib solmoqchi edim.

Mazxaromuz tashlangan nigohlarda sizning yuzingizni ko'rgandek bo'lar, ushbu qizg'ish chehra va mening mushtim ajoyib juftlik bo'lishi haqida o'ylar, uzukli qo'lim bilan, boks to'garagiga qatnaganim davrlarni yodga olib, butun kuch birla bu orazga yarashtirib, zarb qo'ndirgim kelaverardi. Go'yo shu ishni qilsam, eng ko'p muxlisga ega bo'lgan klubning fanatlar armiyasi mening haqqimga duo qiladigandek, mendan bir umr minnatdor bo'ladigandek tuyulaverardi.

Har safar TV sizni ko'rsatsa go'yo sizga bo'layotgan voqealarning hech ham aloqasi yo'qdek, ehtirossiz, etiborsiz, hissiz va juda ojiz o'tirishingiz faqat va faqat g'ashni keltirar, eng sara haqoratlar shu beparvo nigohlar tomon armug'on etilayotgandi.

Har safar hujumlar yakunsiz qolayotgani haqida so'z ochganingizda siz, ha, aynan siz ketkazib yuborgan Van Persi-yu, CHicharitolarni yodga olinib, sizga bo'lgan sof “muhabbatimiz” ikki chandon oshaverdi. O'sha Ernandesning Bundesligada kiritayotgan har bir goli sizga, bizga yo'llangan salomlardek qabul qilinib kelyapti. U esa o'ta sersalom bo'lib ketdi. Alam qildi.

Agar shu xatni Musoqovning Kichkina tabibi yozganida: Sizni manavi bloknotingiz, qor yog'ayotgan qovog'ingiz, beparvoligingiz bolalarni qo'rqitvoryapti… deb boshlavorgan bo'lardi.



Bilasizmi, men yuqoridagilarning barchasini o'tgan zamonda yozyapmanki, bunda o'sha takidlanganlarning barchasi ortda qolganiga bo'lgan chiroyli bir umid bor. Bilasizmi, Lui, bugun kayfiyatim yaxshi. Juda zo'r. Men kecha unitib qo'yayozganim, “Manchester Yunayted” o'yinidan roxatlandim. Ha, raqib Madridning “Reali” emas,  “Stouk” edi. Stouk Citi. Mayli. Farqi yo'q. Muhimi, “Yunayted” futbol o'ynadi. CHiroyli, tomoshabop, hujumkor futbol. Mazza. Hammani “kataysa” qildirib kelgilarim bor.

To'risi, janob, jamoamiz mana shunaqa o'ynab tursa bizga murabbiyning ismi nima ekani ko'p ham ahamiyatli emas. U Van Galmi, Van Gogmi, Vandalmi, Vandammi, Hamdammi, farqi yo'q. CHiroyli o'yin, g'alabali onlar taqdim qilib turilsa bo'lgani. Men sizga “janob”, deya murojaat qilaveraman. Xatlarni “Hurmatli”, deb boshlayveraman. Faqat hov yuqoridagi “abzac”larni hozirgi zamon davom feli ila yozishga to'g'ri kelib qolmasin.

Hammasi yaxshi bo'lib ketishiga ishonch va umid bilan,

Abror Qodirov.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика