So’nggi yangiliklar

01:46Команнинг "Барселона"га ўтиши истисно этилмаган, аммо "блауграна"ни вингернинг жароҳатлари ва маоши хавотирга солмоқда  1 01:22"Ливерпуль" ван Дейкка янги шартнома таклиф қилмайди?!  0 00:58Александр Хомяков: "Бугунги ўйинда ҳеч нарса ўхшамади, нима бўлганини тушуна олмаяпман"  6 00:34Иван Бошкович: "Ишлашимиз лозим бўлган жиҳатлар бор"  1 00:21Григорий Колосовский: "Натижа адолатли бўлди"  0 00:04Илёс Зейтуллаев: "Бугунги уч очконинг қиймати олтинга тенг эди. Биз ҳафа қилган "болбой" йигитчага дастхатлар туширилган футболка совға қиламиз"  5 23:52Альварес Мадридга учиб келди ва эртага тиббий кўрикдан ўтади. Форвард "Сити"дан "Атлетико"га 75+20 млн евро эвазига ўтади  3 23:30Аброр Имомхўжаев "Пахтакор-79" авиаҳалокатини ёдга олди  0 23:11Туркия Суперлигаси. "Сивасспор" илк турда ўз майдонида "Трабзонспор" билан дуранг ўйнади  2 23:03МЮ ва Бруну бир йилга узайтириш банди билан 2027 йилга қадар шартнома бўйича келишувга эришишди  2 22:31Педру Нету 60+3 млн евро эвазига "Вулверхэмптон"дан "Челси"га ўтди  1 22:15Суперлига. "Бунёдкор" - "Андижон" 2:0  4 21:59Суперлига. "Бунёдкор" мавсумдаги иккинчи ғалабасини "Андижон" билан ўйинда қайд этди  61 21:56Ўртоқлик ўйини. "Атлетико" "Ювентус"ни ишончли ҳисобда таслим этди, Феликс яна гол урди  3 21:09Суперлига. "Сўғдиёна" — "Металлург" 2:2  1

Janni Infantino FIFAning yangi prezidenti etib saylandi Yangiliklar

Janni Infantino FIFAning yangi prezidenti etib saylandi

Teglar :  FIFA
Bugun FIFA o'zining navbatdan tashqari kongressini o'tkazadi va tashkilot prezidenti aniqlandi.

                           MATNLI TRANSLYACIYA

                                     Yangilash


22:00 Rasmiy xabar: Janni Infantino FIFAning yangi prezidenti etib saylandi!


21:59. Ikkinchi bosqich natijalari: Ali Hussayin 4, SHayx Salmon 88, Jerom SHampan 0, Janni Infantino 115.

21:40. Ikkinchi bosqichga ovoz berish yakunlandi. Ovozlarni hisoblash ishlari davom etmoqda.

21:30. Cyurixda O'zbekiston bayrog'i. Sanjarbek Rizaev O'FF matbuot kotibi


21:00. Ovoz berish davom etmoqda

20:10. Ovoz berishning ikkinchi raundiga o'tiladi.


20:09. Birinchi raund natijalari: SHahzoda Ali - 27 ovoz, shayx Salmon - 85 ovoz, Jerom SHampan - 7 ovoz, Janni Infantino - 88 ovoz.


20:06. Ovozlar sanalib bo'ldi. Bir necha soniyadan so'ng FIFAning yangi prezidenti nomi elon qilinadi yoki ovoz berishning ikkinchi raundi o'tkaziladi


20:00. Ovozlar sanalyapti. Barcha natijani kutmoqda. Infantino yuzida tabassum


19:48. FIFA kongressida O'zbekiston futbol federaciyasi nomidan qatnashayotganlar: Sardor Rahmatullaev UFF bosh kotibi, Sanjar Rizaev UFF matbuot-kotibi



19:40. Masul xodimlar ovozlarni sanay boshladi


19:35. Sardor Rahmatullaev ovoz berish uchun kabinkaga kirib ketdi



18:07. FIFA prezidentlik saylovlari tasdiqlangan maxsus komissiya tomonidan tekshiriladigan notarius tomonidan nazorat qilinadi


17:51. Saylov boshlandi. Alifo tartibida mamlakat vakillari kabinalarga taklif etiladi


17:50. Saylov qay tartibda o'tishini yana bir bor eslatib o'tamiz

Birinchi turdayoq prezident etib saylanish uchun, nomzodlardan biri umumiy ovozlarning 2/3 qismiga ega bo'lishi kerak. Agar birinchi turda hech narsa hal bo'lmasa, keyingi turlar o'tkaziladi va nomzodlar 50% dan ko'proq ovoz to'plashiga to'g'ri keladi. Agar turlar 2 yoki undan ortiq bo'lsa so'nggi o'rinni olgan nomzod saylov marosimining keyingi raundida ishtirok etmaydi. Barcha kandidatlarning programmalari deyarli bir xil. Hamma FIFAga bo'lgan ishonchni qaytarish haqida gapirishyapti. Ovoz berish yashirin tarzda bo'lib o'tadi. Alifbo ketma-ketligida ovoz beriladi - familiya bilan emas, mamlakat nomiga ko'ra. Bu jarayon ikki kabinalarda bo'lib o'tadi





17:45. Tokyo Sevale kutilmaganda FIFA prezidentligi uchun saylovlardan chiqishini malum qildi. To'rt nafar nomzol qoldi


17:30 Minbarga Tokyo Sevale taklif qilindi



17:15. Janni Infantinoga navbat



17:03 Minbarda Jerom SHampan



16:54. Navbat shayx Salmonga



Birinchi bo'lib shahzoda Ali ibn al Husayn minbarga chiqdi



16:40. FIFA prezidentligi uchun har bir nomzodga minbarda nutq so'zlashi uchun 15 daqiqadan vaqt berildi



15:30. TUSHLIK. Kichik tanaffus elon qilindi. Mehmonlar tanovul qilishlari uchun vaqt ajratildi


15:25. Katta islohotlarga kim qanday fikrda: 179 ta rozi, 22 ta yo'q va 6 ta betaraf.


15:05. Konstant Omari yig'ilganlarni islohotlar haqida qo'shimcha malumot bilan tanishtiryapti.


14:48. Barcha muhim islohotlar uchun ovoz berish marosimi yaqinlashyapti.

          FIFA islohot qo'mitasi raisi Fransua Karrard so'zga chiqdi


14:40. Iordaniya va BAA vakillari so'zga chiqdi


14:35. FIFA bosh kotibi vazifasini bajaruvchi Markus Kattner: Islohotlar bizga sobiq va amaldagi homiylarimiz oldidagi obro'imizni tiklashga yordam beradi.



14:20. Issa Xayatu: "Yana FIFAni hurmat qilishlari uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz. Islohotlar amalga oshiramiz. Yangi prezidenti FIFAga bo'lgan hurmatni tiklash uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilishiga ishonamiz" - deydi Xayatu.




14:15 Kongress mundarijasi:

1. Welcome

2. Roll call and declaration that the Congress has been convened and composed in compliance with the

Statutes

3. Appointment of scrutineers

4. Suspension or expulsion of a member

5. Approval of the agenda

6. Appointment of fi ve members to check the minutes

7. President’s address

8. Reform of FIFA’s organisational structure

9. Vote on proposals for amendments to the FIFA Statutes, Regulations Governing the Application of the

Statutes and Standing Orders of the Congress

9.1 FIFA Statutes

9.2 Regulations Governing the Application of the Statutes

9.3 Standing Orders of the Congress

10. Election for replacement of members of judicial bodies

11. Election of the President

12. President’s closing remarks





14:04. 209 mamlakat sanab o'tildi va ularning 2tasi saylovda ishtirok etmaydi


O'zbekiston futbol federaciyasi


13:55. FIFAga azo mamlakatlar sanab o'tilmoqda


13:50. Olimpiya qo'mitasi raisi Tomas Bax taklif etildi


13:48. Ovoz berish qanday bo'lib o'tishi tushuntirilmoqda



13:40. Kongress boshlandi. Issa Xayatu so'zga chiqdi







13:00. Rasmiy marosim boshlanguniga qadar biroz tanaffus olamiz.


12:43. Birinchi turdayoq prezident etib saylanish uchun, nomzodlardan biri umumiy ovozlarning 2/3 qismiga ega bo'lishi kerak. Agar birinchi turda hech narsa hal bo'lmasa, keyingi turlar o'tkaziladi va nomzodlar 50% dan ko'proq ovoz to'plashiga to'g'ri keladi. Agar turlar 2 yoki undan ortiq bo'lsa so'nggi o'rinni olgan nomzod saylov marosimining keyingi raundida ishtirok etmaydi. Barcha kandidatlarning programmalari deyarli bir xil. Hamma FIFAga bo'lgan ishonchni qaytarish haqida gapirishyapti.


12:40. Ovoz berish yashirin tarzda bo'lib o'tadi. Alifbo ketma-ketligida ovoz beriladi - familiya bilan emas, mamlakat nomiga ko'ra. Bu jarayon ikki kabinalarda bo'lib o'tadi


12:37. Saylovda barcha futbol federaciyalari vakillari ishtirok etadi. Ular 209 nafar, ammo Indoneziya va Quvayt vaqtinchalik chetlatilgani tufayli, 207 ovoz hisoblanadi. Hammaning ovozi teng. Yani Germaniya futbol federaciyasi prezidenti ovozi Fiji va Kayman orollari futbol federaciyasi rahbari bilan teng.


12:32. Mehmonlar tashrifi davom etyapti va biz prezidentlik uchun saylov qanday bo'lishi haqida eslatib o'tamiz.

Ovoz berish marosimi yashirin tarzda o'tkaziladi, taxminlarga keladigan bo'lsak, FIFA rahbarligi uchun asosiy kurash Janni Infantino va Osiyo futbol Konfederaciyasi prezidenti shayx Salmon o'rtasida bo'ladi.



12:26. FIFA prezidentili uchun nomzodlardan biri Janni Infantino ham hozirgina etib keldi



12:21. Barcha vakillar rasmiy libosda, ammo adashmasam Mo'g'uliston yoki Afg'oniston futbol federaciyasi vakillari o'z milliy libosida, to'nda kongressga tashrif buyurgan ekan.


12:19 Kongress o'tadigan zalga mehmonlar taklif etildi, kirish eshiklari oldida xavfsizlik xodimlari barchaning beyjiklarini tekshirmoqda.


12:17. Kongressda mamlakatimz nomidan O'zbekiston futbol federaciyasi bosh kotibi Sardor Rahmatullaev va O'zbekiston futbol federaciyasi matbuot-kotibi Sanjar Rizaev qatnashadi.


FIFA prezidentligi uchun nomzodlar



12:13




12:10. Kim FIFA prezidenti bo'ladi? Saylov qanday o'tadi? Buning barchasi haqida matnli translyaciyamiz davomida malum qilib boramiz.

12:00. Bir necha daqiqadan so'ng Cyurixdagi Xallenstadionga FIFA mansabdor shaxslari va unga azo bo'lgan mamlakat vakillari taklif etiladi.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика