Janluiji Donnarumma: "Umid qilamanki, shanba kuni Buffon bilan futbolka almashtirish nasib etadi"
19 noy 2015 22:55
Yangiliklar
Janluiji Donnarumma: "Umid qilamanki, shanba kuni Buffon bilan futbolka almashtirish nasib etadi"
"Milan" jamoasining 16-yoshli darvozaboni Janluiji Donnarumma "Yuventus" bilan bo'ladigan o'yinni intizorlik bilan kutayotganini takidladi.
"Hech qanday bosimni his qilmayapman. Stadionda ajoyib muhit hukmronlik qilishi aniq. Lekin bu meni dovdiratmaydi. Meni Buffon bilan taqqoslayotganlari juda yoqimli. Lekin men kelajak haqida o'ylayotganim yo'q. Men shunchaki har kuni mashg'ulotlarda ter to'kib, yanada kuchliroq bo'lishga harakat qilmoqchiman. Buffonni ajoyib faoliyati bilan tabriklayman. Umid qilamanki, shanba kuni u bilan futbolka almashish nasib etadi. Buffonga qarshi o'yin menga qo'shimcha kuch beradi. Men bu uchrashuvda o'z darvozamni quruq saqlagan holda g'olib chiqmoqchiman", - deydi Donnarumma.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar