Janluiji Donnarumma: "Kutmagandim"
04 avg 2017 19:37
Yangiliklar
Janluiji Donnarumma: "Kutmagandim"
"Milan" darvozaboni Janluiji Donnarumma Evropa ligasi 3-saralash bosqichi javob uchrashuvi doirasida "Krayovo" ustidan qozonilgan g'alaba (2:0)dan keyin muxlislarga rahmat aytdi.
"Qaynoq qabul uchun muxlislardan minnatdorman. Men buni kutmagan edim, meni qabul qilishlaridan xursandman va ularga "Milan" libosini kiyganda borimni berishga vada beraman. Menga hech narsa ro'y bermagandek tuyuldi.
Men doimo sheriklarimga, ular esa menga yordam berishga harakat qilaman. Biz yaxshi ishladik va ikkita quruq g'alabada butun jamoaning hissasi teng. Buning uchun jamoadoshlarimga rahmat aytaman. Ko'p o'yinchilar o'zgardi, hozir ichki muhitda o'zaro tushunishni yo'lga qo'yib olish juda muhim. Bu g'alabani oilamga bag'ishlayman.
"Milan" libosida maydonga tushganimdan faxrlanaman", - dedi Donnarumma.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar