So’nggi yangiliklar

20:15Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  9 20:04Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  6 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4 19:21"Комо" Бонавентурани сотиб олмоқчи  1 19:05Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон – Тожикистон (онлайн ҳисоб)  0 18:53Mirabror Usmanov Cup-2024. Қирғиз Республикаси илк учрашувда Гватемаладан устун келди  2 18:32Сергей Лушчан "Навбаҳор" билан шартнома имзолади   17 18:19"Монако" клуб 100 йиллигига аталган сафар либосини тақдим этди  2 17:53"Мбаппе эффекти": Ҳоланд "Реал"га эмас, "Барселона"га ўтмоқчи  13 17:28"Милан" "Монако" ярим ҳимоячиси бўйича таклиф билан чиқди  0 17:00ПСЖ Угарте учун 70 млн евро хоҳламоқда  0 16:36Расман: Мората – "Милан" футболчиси!  3 16:20"Бухоро"нинг 3 нафар футболчиси жамоадан кетди  1 15:53Сержи Роберто фаолиятини АПЛда давом эттирмоқчи  3 15:29Нико Уильямс "Барселона"да қанча маош олиши маълум  6

Janluiji Buffondan o'zining yoshligiga maktub (mutolaa uchun) Yangiliklar

Janluiji Buffondan o'zining yoshligiga maktub (mutolaa uchun)

Teglar :  Janluiji Buffon
Italiyalik mashhur posbon futbolchilik faoliyatini yakunladi. Uning bir necha yil avval yoshligiga atab yozgan maktubini etiboringizga havola etamiz.

Maktubda darvozabonning yoshlik taassurotlari, xatolari va hayotdan olgan saboqlari o'rin olgan.

Qadrli 17 yoshli Janluiji, 

Bu oqshom senga hayotda ko'p narsani boshdan kechirgan va bazi xatolarga yo'l qo'ygan katta yoshli erkak sifatida yozyapman. Sen uchun yaxshi va yomon xabarlarim bor. Sen bilan ruhiyating to'g'risida suhbatlashmoqchiman.

Ha, sening ruhiyating to'g'risida. Xoh ishon, xoh ishonma, senda qalb bor edi.

Kel, yomon xabardan boshlaymiz. Sen 17 yashar yigitchasan. Tez orada orzu qilganing kabi haqiqiy futbolchiga aylanasan. Sen hamma narsani bilaman deb o'ylaysan. Lekin rostini aytsam, do'stim, hech vaqoni bilmaysan.

Bir necha kundan so'ng senda "Parma" bilan A Seriyada debyut qilish imkoniyati paydo bo'ladi va sen hali qo'rquv haqida etarlicha bilimga ega emassan. Sen iliq sut ichib olishing va to'shagingga yotishingiz darkor. Ammo sen nima qilmoqchisan? Eng yaqin do'sting bilan Primaveradagi tungi klubga bormoqchisan.

Sen pivo ichishni istaysan, shunday emasmi?

Ammo sen barchasini chigallashtirib yuborasan. O'zingni film qahramoni kabi ko'rsatasan. Superqahramon sifatida. Tunda esa tungi klub yonida policiya bilan janjallashasan.

Uyga jo'na, orom ol!

SHuningdek, iltimos, policiya mashinasi atrofida ahmoqlik qilma. Bu ularga yoqmaydi, klub rahbariyatiga ham. Mehnat qilib erishgan bor-budingdan ayrilish xavfi paydo bo'ladi.

Bir necha kundan keyin taqdir senga sarxush qiladigan, ammo juda xafli uchta narsani inom etadi — pul, shon-shuhrat va orzudagi ish.

SHunda o'ylaysanki, endi ortiqcha muammo bo'lmadi. Ammo bu o'y mantiqan noto'g'ri. 

Bir tarafdan, darvozabon o'ziga ishongan bo'lishi lozim. O' qo'rqmas bo'lishi kerak. Agar murabbiyda dunyodagi eng texnik qobiliyatga ega va eng qo'rqmas darvozabon o'rtasida tanlov yuzaga kelsa, kafolat beramanki, u qo'rqmasini tanlaydi.

Boshqa tomondan, hech narsadan cho'chimaydigan odam es-hushini yo'qotib qo'yishi mumkin. Agar nigilistik hayot tarziga rioya qilib, faqat futbol haqida o'ylasangiz, umidlaring puchga chiqadi. Natijada shu qadar tushkunlikka tushasanki, hatto krovatingdan turging kelmaydi. 

Ehtimol, bu sen uchun kulgili tuyilishi mumkin, ammo bu sen bilan sodir bo'ladi. Bu hodisa orzu qilishing mumkin bo'lgan barcha narsaga erishgan payting, karerang cho'qqisida sodir bo'ladi. O'shanda 26 yoshni qarshi olasan va "Yuventus" klubi hamda Italiya terma jamoasi posboniga aylanasan. Senda pul va obro' paydo bo'ladi. Odamlar seni Supermen deb atashadi.

Lekin sen superqahramon emassan. Boshqalardan farq qilmaysan. Haqiqat shundaki, kasbing bilan bog'liq bosim seni robotga aylantirishi mumkin. Kundalik rejim qamoqxonadagi singari ko'rinish olishi mumkin. Mashg'ulotlarga borasan, uyga qaytasan, televizor tomosha qilasan va oyoq uzatib yotasan. Har kuni bir xil ishni takrorlaysan. Yutasan, yutqazasan. Jarayon qaytarilaveradi.

Bir kuni tongda uyqudan uyg'onasan va mashg'ulotlarga yo'l olasan, lekin birdan oyoqlaring qaltiray boshlaydi. Buni shunchaki charchoq alomati yoki kasallik deb o'ylaysan. Ammo tez orada vaziyat yomonlashadi. Sen mudom uyquga ketishni xohlaysan. Mashg'ulotlardagi har bir seyv haddan tashqari ko'p kuch talab qiladi. Etti oy davomida hayotdan zavq olish mushkul ishga aylanadi.

Endi biroz pauza qilamiz. Buni o'qib, 17 yoshingda nima haqida o'ylayotganingni anglab turibman. 

Sen aytasan: "Qanday qilib bu sodir bo'lishi mumkin? Men baxtliman, chinakam etakchiman. Agar "Yuventus"da o'ynab, millionlar ishlasam, tushkunlikka tusholmayman".

Endi senga bir savol bermoqchiman: "Nega hayotingni futbolga bag'ishlashga qaror qilding? Yodingdami?

Iltimos, shunchaki Tomas N'Kono tufayli deb aytma. Yaxshiroq mulohaza qil. Har bir detalni eslashing kerak.

Ha, sen 12 yoshda eding. To'g'ri, 1990 yil Italiyada jahon chempionati bo'lib o'tgandi. SHunday, ochilish o'yini "San-Siro"da Argentina va Kamerun o'rtasida o'tkazilgandi.

Lekin birinchi o'yinda qaerda eding? Ko'zlaringni yum. Xonangda yolg'iz o'zing eding. Nima uchun atrofingda do'stlaring yo'q edi. Eslay olmaysan. Buving oshxonada kechki ovqat tayyorlayotgan edi. Havo shu qadar issiq ediki, u salqinlikni saqlash uchun derazalarni yopdi. Televizordan taralayotgan sariq nurni hisobga olmaganda, xona butkul qorong'i edi. Nimani ko'rding?

G'alati nomga ko'zing tushadi. KAMERUN. Bu mamlakatning qaysi qitada joylashganini ham bilmaysan. Bunday davlat borligini tasavvur qilolmaysan. Albatta, Argentina va Maradonini yaxshi bilasan, ammo kamerunlik futbolchilar qandaydir maftunkor o'yin namoyish etishardi. Havo miyani qizdirib yuboradigan darajada issiq edi, shunga qaramay, ularning posboni boshdan-oyoq kiyinib olgandi. Uzun qora ishton hamda pushti yoqali uzun yashil futbolka. Uning harakatlari, o'zini tutishi hamda o'zgacha o'stirilgan mo'ylovi tushunarsiz tarzda seni o'ziga tortadi.

U sen ko'rgan eng zo'r odam. SHarhlovchi uni Tomas N'Kono deb tanishtirdi. Keyinchalik mo'jiza sodir bo'ladi. Argentina burchak zarbasi amalga oshiradi, Tomas kurashga kirishadi va mushti bilan to'pni 30 metr masofaga urib yuboradi. SHu lahzada hayotda nimani xohlayotganingni anglaysan. Sen shunchaki darvozabon bo'lishni istaysan. Xuddi shu darvozabondek dovyurak va erkin bo'lishni orzu qilasan.

Daqiqa sayin jarayonni kuzatib, o'zingni topa boshlaysan. Unda sening taqdiring bitilgan. Kamerun gol uradi va sen ularga shunchalik qayg'urasanki, buni tariflab bo'lmaydi. Divandan sapchib turasan. Butun ikkinchi bo'lim davomida televizor atrofida yura boshlaysan. Kamerunning ikkinchi o'yinchisi maydondan chetlatilganda, shunchaki buni eshitging kelmaydi. Oxirgi besh daqiqani zangori ekran orqasida uni ovozsiz holatga qo'ygancha o'tirasan. Bazan nima sodir bo'layotganini ko'rish uchun old tomonga mo'ralaysan va yana joyingga qaytasan. Nihoyat, kamerun futbolchilarining bayram qilishayotganiga guvoh bo'lasan. Ko'chaga yugurasan. Ikki qo'shni bolakay ham shunday qiladi. Hamma baqiradi: "Kamerunni ko'rdingmi?", "Kamerunni ko'rdingmi?"

O'sha kuni qalbingda cho'g' hosil bo'ldi. Kamerun degan mamlakat haqiqatda mavjud. Tomas N'Kono ham. Butun dunyoga Buffon degan nom borligini ko'rsatib qo'ygin keladi. SHu bois, futbolchi bo'lasan. Pul va shon-shuhrat uchun emas, Tomas N'Konodan ilhomlanganing uchun shunday qarorga kelasan.

Yodingda bo'lsin: Pul va shon-shuhrat — maqsad emas. Ruhiyatingni avaylamay, ilhomlanishni futbolga aloqador bo'lmagan narsalardan izlamasang, vayron bo'lasan. Senga bir maslahat beraman — yoshligingda atrofingdagi dunyoga ko'proq etibor ber. Bu seni va ayniqsa, oilangni ko'p tashvishlardan qutqaradi. To'g'ri, darvozabon bo'lish dovyuraklikni talab etadi, ammo jasurlik nodonlik va uquvsizlik degani emas.

Depressiyangning eng salbiy davrida g'alati va ajoyib holat yuz beradi. Bir kuni sen odatiy rejimni buzish uchun nonushtani Turindagi boshqa restoranda tanovvul qilmoqchi bo'lasan. Ikkinchi yo'lak bo'ylab borarkansan, sanat muzeyi qarshisidan o'tasan. U erda SHagal nomi yozilgan plakatga ko'zing tushadi. Bu nomni qaerdadir eshitgansan, lekin sanatda hech vaqoni tushunmaysan. Nimadir qilishing kerak. Sen o'z yo'lingdan yurishing kerak. Axir sen — Buffonsan. Lekin kim u Buffon? Sen aslida kimligingni bilasanmi?

Maktubning asosiy qismiga etib keldik. Aynan shu kuni muzeyga borishing kerak. Bu hayotingdagi eng muhim qaror bo'ladi. Agar shu muzeyga tashrif buyurmay, futbol o'ynashda davom etaversang, o'z his-tuyg'ularingni ichingga yutishda davom etasan, oxir-oqibat ruhiyating chilparchin bo'ladi. Ammo ichkariga qadam bosishing bilan yuzlab SHagal asarlarini ko'rasan. Ularning ko'pidan o'zing qidirayotgan narsaga javob topa olmaysan. Yaxshilari, qiziqarli yoki pinhona suratlar mavjud bo'ladi, ammo senga hech narsa so'zlamaydi.

Biroq bir payt yashin urishi singari yurakdan uradigan bir suratga tikilib qolasan. U surat "Sayr" deb nomlanadi. Bu deyarli bolalar chizgan rasmga o'xshaydi. Bog'da erkak va ayol, hammasi sehrli. Ayol farishta singari ko'kka ko'tariladi, erkak esa erda turib, uning qo'lidan tutgancha, jilmayib turadi. Bu xuddi bolaning orzusiga o'xshaydi. Bu surat o'zgacha dunyodan nimanidir so'ylaydi. O'zingni yana bola singari tasavvur qilasan. Baxtni oddiylikdan izlang. Tomas N'Kononing to'pni 30 metrga urib yuborganini eslaysan. Oshxonadan buvingni chaqirganini yodga olasan. Yosh o'tgan sayin bunday lahzalarni unutamiz.

Ertasi kuni yana muzeyga borishing kerak. Bu muhim. Kassir sizga tabassum bilan qaraydi va so'raydi: "Kecha kelmaganmidingiz?" Bu hech qanday ahamiyatga ega emas. U erga yana bor. Sanat sen uchun eng yaxshi dori-darmon bo'ladi. 

Ushbu epizodda aql bovar qilmaydigan istehzo mavjud. Bazan menga hayot biz uchun yozilgandek tuyuladi. Sen bilan sodir bo'layotgan juda ko'p tushunarsiz chiroyli narsalar bir-biriga bog'langandek tuyuladi. 

"Parma"ning yosh o'yinchisi bo'lganingda, bazan nodon fikrlar o'z izini qoldiradi. Muhim uchrashuv oldidan jamoadosh va muxlislaringga etakchi, dovyurak va katta odam ekanligingni ko'rsatish uchun yon berishni xohlaysan. SHu tariqa, futbolkalarga maktab partasida ko'rgan iborani yozasan: "Qo'rqoqlarga o'lim!" Senga bu shunchaki motivaciyadek tuyuladi. Aslida, bu fashistlarning shiori ekanligi esa xayolingga kelmaydi.

Bu oilang bilan bog'liq ko'plab muammolarni keltirib chiqaradigan xatolardan biridir. Ammo bunday xatolar qilish ham foyda beradi, chunki xatolar inson ekanligingni eslatib turadi. SHuni yodda tutki, sen butun umr do'st bo'lib qoladigan bufetchi yoki elektrchidan farq qilmaysan.

Seni boshqalardan ajralib turishing emas, boshqalar bilan bir ekanligingni anglashing deprissiyadan chiqishga ko'mak beradi. Buni 17 yoshda tushunmaysan, lekin ishontirib aytamanki, haqiqiy jasorat — zaif tomonlaringni ko'rsata bilish va bundan uyalmaslik.

Ko'p narsalar bir-biriga bog'liq, buni farqiga borishing uchun hali yoshlik qilasan. Ko'zlaring ertaroq ochilmaganidan afsusdaman. Balki tabiating shunaqadir. Yoshing bir joyga etib qolsa-da, ichingdagi alanga so'nmaydi. 

Tog'da istiqomat qiluvchi Udinada amakingnikiga qishga borganing yodingdami? Yoki bunday xotiralarni faqat keksalar eslashadimi? Sen 4 yoshda eding. Tun bo'yi qor yog'di. Ilgari qor ko'rmagansan. Uyg'onding, derazadan tashqariga mo'ralading va faqat orzu qilish mumkin bo'lgan narsani ko'rding. Butun qishloq oqqa belangandi.

Pijamangni kiyib, tashqariga yugurding, ammo qor nima ekanligini anglab etmasding. Dalada qor ko'chkisi bo'layotgandi, sen esa ikkilanmading. Ko'chkini ko'rib, nima qilganingni bilasanmi? Kurtkangni kiyib olish uchun uyga kirdingmi? Yo'q, aksincha, qo'rqmasdan u tomonga sakrading.  Ichkaridan buving qichqirdi: "Janluiji! Yo'q! Yo'q! Yo'q!" Sen esa qor ichiga singib ketding. Keyingi bir haftani isitma bilan yotoqda o'tkazding. Lekin bunga parvo qilmading. Ikkilanmading. Olg'a qadam tashlading. 

Bu sensan. Sen Buffonsan. Sen mavjud ekanligingni dunyoga namoyon etasan.

Janluiji Buffon


Oqil Abdubarnoev tayyorladi.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика