Janluiji Buffon Italiya terma jamoasiga qaytdi
06 avg 2023 07:34
Yangiliklar
Janluiji Buffon Italiya terma jamoasiga qaytdi
Yaqinda futbolchilik faoliyatini yakunlagan 45 yoshli sobiq darvozabon Italiya milliy jamoasida delegaciya rahbari sifatida ish boshlashini malum qildi.
Buffonga qadar Roberto Manchini bosh murabbiyligidagi Italiya milliy jamoasida delegaciya rahbari sifatida Janluka Vialli ishlagan edi. Italiyalik sobiq futbolchi 2022 yilning dekabr oyida o'z lavozimini tark etgan, bir oy o'tib, 2023 yilning yanvarida uzoq davom etgan kasallik tufayli hayotdan ko'z yumgandi.
2010 yil Buffon Italiya milliy jamoasi sardoriga aylangan bo'lsa, 2018 yilda milliy jamoadan ketishini elon qilgandi.
U faoliyati davomida 5ta jahon chempionatida (1998, 2002, 2006, 2010, 2014) qatnashgan. 2006 yil Germaniyada o'tgan mundialda bosh sovringa ega chiqib, turnirning eng yaxshi darvozaboniga aylangandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar