So’nggi yangiliklar

20:08"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикаси билан баҳс олиб бормоқда (онлайн ҳисоб)  0 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  0 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  1 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  16 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   6 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  23 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  6 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1 15:33"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 10 ёшли Амир Мельзиддинов  4 15:22Ўзбекистон "Mirabror Usmanov Cup-2024"да Тожикистонни мағлуб этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  1

“Janjalkash” Mourning shogirdlari haqida aytgan “shirin” gaplari Yangiliklar

“Janjalkash” Mourning shogirdlari haqida aytgan “shirin” gaplari

Joze “davrani qizitishni” yaxshi ko'radi. U doim diqqat markazida, gazeta sahifalarining “oblojka”larida bo'lishni istaydi.

Hozirda "Manchester Yunayted"da faoliyat olib borayotgan Joze Mourino qaerda ishlamasin, o'z futbolchilarini ham ayab o'tirmaydi.

Bazan bu ish beradi, bazan esa aksincha...

Qaysidir futbolchining o'yini, maydondagi harakatlari unga maqul kelmasa, u buni yashirib o'tirmaydi. Jurnalist bu borada savol berdimi, boricha aytib tashlayveradi. Bu mutaxassis faoliyatining bir qismi.

Etiboringizga zamonamizning eng “janjalkash” murabbiylaridan biri Jozening o'z futbolchilari (turli davrlarda, turli jamoalarda ishlaganida) tomon OAV orqali aytgan “shirin” so'zlarini xavola qilamiz.


Vitor Bayya — “Portu”
“U yosh edi va o'zini ko'rsatishni xohlardi va u buning uddasidan chiqdi”. Bu voqealarga bir necha yil bo'ldi, lekin o'shanda nima bo'lgani Bayyaning yodida va bu Mourinoning rejasi ekanini ham yaxshi tushungan. O'sha yillari Bayya Portugaliyaning eng mashhur darvozabonlaridan biri edi. 32 yoshida klub “yulduz”iga aylangan Bayya 6 marotaba chempionlik maqomiga erishgan. Ammo "Portu" yosh va qiziqqon murabbiy qo'l ostida ishonchli va muntazam o'yin ko'rsata olmayotgandi. Mourino esa vaziyatni kuch bilan qo'lga olishga qaror qildi. U mashg'ulot payti Bayya bilan janjallashib qoldi, va uni bir oyga o'yindan chetlashtirdi.
Bu ish berdimi?
“Joze “muddatim” tugagandan so'ng, meni quchoq ochib qarshi oldi va darhol birinchi jamoaga qaytdim”. O'sha yilgi mavsum so'ngida shaharliklar Portugaliya CHempionati va UEFA Kubogida g'alaba qozonishdi. Keyingi mavsumda klub CHempionlar Ligasida ham zafar quchishga erishdi. O'sha yili “trebl” qayd etildi. Natijada, Mourino dunyodagi eng mashhur murabbiyga aylandi. Ha, barchasi rejadagidek amalga oshgan.

Adrian Mutu — “CHelsi”
“Portu”da bo'lgani kabi Mourinoning «Stemford Bridj»dagi faoliyati ham shiddat bilan bong urdi. U o'tgan mavsumda 15,8 mln evroga sotib olingan va bor yo'g'i 2ta o'yinda ishtirok etganiga qaramay, o'zini namoyon qila olgan Mutuga taqiq qo'ydi. 25 yoshli ruminiyalik hujumchi tez orada kokain testi bo'yicha ijobiy natija oldi, shundan so'ng Mourino uni avvalgi prezident Klaudio Raneri ortidan jo'natib yubordi. “Men kelgunimgacha Mutu klubda bor edi, shunday ekan, bu mening aybim emas. Lekin uni sotib olmoqchi bo'lganlar katta xatoga yo'l qo'yadi”, — deydi Mourino.
Bu ish berdimi?
Mourinoning xohishi amalga oshdi: Mutu klubdan ketdi. U siz ham “CHelsi” keyinchalik erishgan yutuqlar va futbolchining narkotik bilan bog'liq muammolari portugaliyalik murabbiyning haq bo'lganligini isbotlab berdi. Lekin sobiq murabbiyi qiyinchiliklarga duch kelganida Mutu alamini olishga muvaffaq bo'ldi. U “Mourino yaxshi murabbiy, lekin inson sifatida u oddiy qo'g'irchoq”, deb intervyu berdi.

Jo Koul — “CHelsi”
Roman Abramovichning “CHelsi”da yana bir ajoyib transferi Jo Koul bo'ldi. Yosh futbochidan Pol Gaskoynning uslubini kutishgandi. Mourino faoliyatining ilk davridayoq “Liverpul” bilan bo'lgan bahsda (1:0) Koul muvafaqqiyat golini urdi. Ammo murabbiy 22 yoshli o'yinchining chiqishlarini qattiq tanqid ostiga olgan: “U hali ko'p narsani o'rganishi kerak. Koul ilk golini urganidayoq, u uchun futbol yakuniga etgandi. Har jamoada 11 nafardan o'yinchi bo'lsa, menda ular 10 nafargina edi”.
Bu ish berdimi?
Ha, ish berdi. Mourino davridagi birinchi mavsum boshida Koul “CHelsi”da yaxshi ishladi, jamoa esa hech qanday qiyinchiliklarsiz g'alaba qozondi. Lekin u Mourinoning so'zlarini unutgani yo'q, o'z ustida yaxshi ishlab, raqiblari Demen Daff va Aren Robben bilan kurashda g'alaba qozondi. Ammo 2009 yil jiddiy jarohat tufayli keyingi faoliyati biroz sustlashib qoldi. Premer Ligada 3 marta g'alaba qozondi va bir yildan keyin “CHelsi”dan ketdi. U 2016 yil Mourinoni “eng yaxshi murabbiy” deb atadi.

Mario Balotelli — “Inter”
Mourino “San-Siro”ga o'tishiga qadar, Balotelli allaqachon jamoaning yuziga aylanib ulgurgan edi. U 17 yoshida, klubning ikkinchi o'yinida, A seriya va Italiya Kubogida zafar quchishga ulgurgan. Keyingi mavsumdan, Mourino kelganidan so'ng, muammolar paydo bo'la boshladi. “Bunday yosh futbolchi mashg'ulotlarga Figu, Kordoba va Zanettidan kam qatnashishi mumkin emas. 2009 yil noyabrda bo'lib o'tgan “Roma”ga qarshi uchrashuvda (1:1) Mourino Balotelliga “O'yindagi ishtiroking “nol”ga teng bo'ldi. Undan ko'ra o'yinga tushmaganing maqul edi”, — deb aytdi.
Bu ish berdimi?
Yo'q, ish bermadi. Agar Balotellining keyingi faoliyatiga qiziqib ko'rgan bo'lsangiz, uning eng katta dushmani o'zi ekanini yaxshi tushunib etasiz. Keyinchalik ham futbolchining Mourino bilan janjallari tugamadi. “Inter” CHempionlar Ligasida g'alaba qozondi, lekin Balotelli maydonda deyarli ko'rinmadi. Vaholanki, U qaerda o'ynamasin, “Man Siti”, “Milan” va “Liverpul”da ham o'ta omadsiz uchrashuvlar bilan bir qatorda, yorqin o'yinlar o'tkazadi. Faqat hozirda bu ishni u “Nicca” amalga oshirmoqda.

Salli Muntari "Inter"
2008 yil Muntari kutilmaganda 12.7 million funt evaziga "Portsmut"dan Mour jamoasiga kelib qo'shiladi. Keyingi yil avgust oyida «Bari»ga qarshi o'yinning yarim soati durrang bo'laverganidan so'ng, Mourino yarim himoyachini almashtirishga qaror qiladi. O'yindan so'ng, Mourino shunday degandi: «Muntari Ramazon tufayli imkoniyatlari darajasida o'yin ko'rsata olmayapti. Balki ro'za tutayotgani futbolchiga halaqit qilayotgandir. Ramazon oyi sportchilar uchun unchalik qulay oy emas». Bu intervyudan so'ng, butun dunyo bo'ylab musulmonlar Jozeni qattiq tanqid ostiga olishgan va xushlamay qo'yishgan.
Bu ish berdimi?
Murabbiyni tanqid qilganlar ham, qo'llab-quvvatlaganlar ham bo'ldi. Mourni yonini olganlar u hech kimni xafa qilish niyatida bo'lmaganini aytishdi. Muntari baribir Mourino jamoasining asosiy o'yinchilaridan biri bo'la olmadi, ammo «Bavariya» bilan o'yinda va umuman CHempionlar Ligasidagi g'alabada muhim rol o'ynadi. Muntari o'z vaqtida Mourino haqida shunday degandi: "Mourino rol o'ynamaydi, u chindan ham shunday. Siz faqat Mourino sizga ishonsagina o'ynaysiz. Agar siz o'yin qaydnomasida, yoki asosiy tarkibda bo'lmasangiz, murabbiy sizga butkul ishonmaydi va bu haqida ochiqchasiga ayta oladi".

Iker Kasilyas ("Real Madrid")
Yaqin vaqtlargacha «dunyoning eng yaxshi posboni» deb atayotgan futbolchini tarkibdan chiqarib yuborish, unchalik ham aqlli qaror emasdek tuyulgan ko'pchilik muxlislarga. Ammo 2010 yil «Bernabeu» kelganiga ko'p bo'lmagan Mourino darvozabon Kasilyas bilan urushib qolgach, akademiyadan chiqqan yosh va tajribasiz Antonio Adanni «klub afsonasi va Jahon CHempioni»dan kuchliroq degani tushunarsiz harakat edi. “Adan operaciyasi” ish bermagach, murabbiy «Vilyarreal»dan Diego Lopesni sotib oladi va Kasilyasni zaxirada qoldiradi. «Menga Diego Lopesning o'yini ko'proq yoqyapti, shu xolos».
Bu ish berdimi?
Yo'q. Axir Mourino jamoaning eng muhim futbolchilaridan biri, kiyinish xonasidagi etakchi tomon tosh otgandi. Bunga javoban u jamoa bilan aloqalarni yo'qotdi. Murabbiy 2012 yil o'z tarixida eng kuchli davrini o'tkazayotgan «Barselona»ni engganini hech kim unutmaydi, ammo... Ikerning ikki do'sti, Pepe va Serxio Ramos ko'rinishidagi qarshi quroli bor edi. Aynan shu ikki himoyachi jamoa ichida murabbiyga qarshi o'ziga xos “to'ntarish” amalga oshirilishida faol ishtirok etishdi. Ikerni nafaqat Madrid yoki Ispaniyada, balki butun dunyoda qattiq hurmat qilishadi. SHu sabab Mour bu safar baribir adashgandi.

Krishtianu Ronaldu ("Real Madrid")
Har ikkisining agenti Jorje Mendesh bo'lishiga qaramay, Mourino va Ronaldo munosabati avval boshidan unchalik yaxshi bo'lmaganini takidlashadi. O'sha paytda dunyoning eng qimmat futbolchisi Mourinoning buyruq ohangidagi ko'rsatmalarini ortiqcha ishtiyoqsiz bajarar, murabbiy esa bazan boshqa futbolchilarni Krishtianudan ustun qo'yardi. Murabbiy va futbolchining munosabatlari yaxshidek edi, faqat... Yaxshi edi, Mourino OAVga: «Men Ronalduni taktik jihatdan o'sishi mumkinligini ko'rib, unga kamchiligini aytgandim. U buni qabul qilishni istamadi. Balki bunga u o'zini murabbiydan ham ko'proq narsa bilishi va hech kim uni yangi narsalarga o'rgata olishiga ishonmasligi sababdir».
Bu ish berdimi?
Aslo yo'q. Kasilyas bilan bo'lgan vaziyatdagidek, Mourino tegish kerakmas bo'lgan figuraga tosh otdi. SHunchaki Mour «Bernabeu»da barchasi qolgan jamoalardagidan farq qilishini bilmasdi. Ronaldo o'z davrining ikki eng yaxshi futbolchilaridan biri bo'lib, jamoada uni o'rnini bosadigani yo'q edi, transfer narxi haqida eslatishning hojati bo'lmasa kerak. SHu hislatlarga ega Krishtianuga juda katta etibor berilardi va Madridda uning tasir kuchi yuqori bo'lib ulgurgandi. Bu to'qnashuv jamoa muxlislari bo'linishiga olib keldi, ammo sovrinlarsiz yakunlangan mavsumdan so'ng, barchasi oydinlashdi. Mourino xato qilgandi. Madridda esa bunday xatolar kechirilmaydi va murabbiyga 2013 yil chiqish eshiklari ko'rsatildi.

Nemanya Matich
O'zi zaxiradan maydonga tushgan futbolchini almashtirish OAVga aytilgan gaplardan ham kuchliroq. «CHelsi» o'z uyi «Stemford Brij»da «Sautgempton»ga qarshi o'yinda hisobni tenglashtirgandan so'ng, Mourino Matichni maydonga tushiradi. Oradan 28 daqiqa o'tib, serb yana zaxira o'rindig'iga qaytadi. U «CHelsi»ga «Benfika»dan qaytgach, maydon markazida muhim o'yinchi edi va 2015 yilgi chempionlikda katta hissa qo'shgandi. «Avliyolar»dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng (3:1), Mourino uning ko'rsatmalari va o'yin uslubiga amal qilinmayotganini butkul tushunib etadi. «Bu kamsitish emas. Menga futbolchilar yoqadi va men ishonch bildiraman. Ular yaxshi o'yinchi ekanligini bilaman, biroq bazilar uchun qiyin vaqtlar kelgan ko'rinadi. Matich – shu qatorda. Uning o'yini chiqmayapti. Himoyada tezkor va aqlli qarorlar qabul qila olmayapti. To'p bilan muomalada xatolarga yo'l qo'ymoqda va ko'p vaziyatlarda kerakmas qarorlar chiqarmoqda».
Bu ish berdimi?
Bunga aniq bir javob berish mushkul. Mourino faoliyatidagi eng yomon mavsumda Eden Azar, Diego Kosta va shu qatorda Matich bilan bog'liq muammolar yuzaga qalqib chiqdi. 2015 yil dekabrida Joze klubni tark etdi, murabbiy obro'siga esa putur etdi. Matich o'zining eng yaxshi formasiga qaytishi uchun deyarli bir yil vaqt kerak bo'ldi.  Bugungi kunda Nemanya «Manchester Yunayted»da, Mourino qo'l ostida ajoyib o'yin ko'rsatmoqda va nafaqat jamoasining, balki dunyoning eng yaxshi tayanch yarim himoyachilaridan biri bo'lib turibdi.

SHunga o'xshash voqealar tarixda kam emas. Joze Mourinoning og'ir xarakter sohibi ekanligi esa hech kimga sir emas. Bazan u xarakteri tufayli zafar quchadi, bazan esa pand eydi. Bu holatga har kim o'zicha munosabat bilidirishi tabiiy hol. Biz shunchaki Joze faoliyatidagi bazi voqealarga nazar tashladik. Nima bo'lganda ham, Mour zamonamizning eng yaxshi murabbiylaridan biriligicha qolaveradi. Uning yutuqlari, sovrinlarini hech kim olib qo'ya olmaydi!  

Nozima Zaripova tarjima qildi

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика