Jan: "Yuventus" "Ayaks"ni hurmat qiladi, ammo qo'rqmaydi"
16 apr 2019 12:56
Yangiliklar
Jan: "Yuventus" "Ayaks"ni hurmat qiladi, ammo qo'rqmaydi"
"Yuventus" yarim himoyachisi Emre Jan "Ayaks"ga qarshi bo'lib o'tadigan CHempionlar ligasi 1/4 final javob o'yini haqida fikr bildirdi.
"O'zimni yaxshi his qilyapman. Jarohatdan qutildim. Bugun umumiy guruhda shug'ullandim va ertangi o'yinga tayyorman. Bizni qiyin bahs kutib turibdi. "Ayaks"ni hurmat qilamiz, ammo qo'rqmaymiz. Bu klub CHempionlar ligasini yutish niyati bilan yonayotganini bilaman. So'nggi yillarda ushbu turnir g'olibiga aylanishga yaqin keldik va bu ishni joriy mavsum amalga oshirmoqchimiz.
"Atletiko"ga qarshi bahsdagi xohish bilan o'ynaymiz. Gol urib, zafar quchishni istaymiz. Allegri - fantastik murabbiy, sovrinlar buni isbotlab turibdi. U uchun har bir bahs muhim, murabbiy barcha detallarga etibor beradi va bu narsa uning dunyo darajasidagi murabbiy ekanligini anglatadi" - deydi Jan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar