Jan: "Sarri menga umuman ishonch bildirmadi"
19 apr 2020 17:56
Yangiliklar


Jan: "Sarri menga umuman ishonch bildirmadi"
Dortmundning "Borussiya"si futbolchisi Emre Janning aytishiga ko'ra, unga "Yuventus"da bosh murabbiy Mauricio Sarri ishonch bildirmagan.
"So'nggi bir necha oy men uchun oson o'tmagandi. O'tgan mavsumda men jamoaning asosiy futbolchisi edim. Biz skudettoni yutdik, ECHLda bir necha ajoyib o'yinlar o'tkazdik. Yangi bosh murabbiy menga imkoniyat bermadi, biroq Turinda men yaxshi davrni o'tkazdim. Endi esa kitobimning bu varog'i yopildi", - dedi futbolchi.
Jan qishki transferlar oynasi vaqtida ijara asosida "Borussiya"ga o'tdi va fevral oyida klubning to'laqonli azosiga aylandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar