So’nggi yangiliklar

19:51"Динамо" БААда ЦСКАга қарши майдонга тушади  1 19:34"Навбаҳор" машғулотлари Championat.asia объективида  0 19:172025 йил давомида Ўзбекистоннинг энг кўп нархи ошган футболчилари  0 18:55"Қизилқум"ни яна 2 нафар футболчи тарк этди  1 18:41Расман: Пўлатхўжа Холдорхонов энди "Андижон" футболчиси!  13 18:27"Манчестер Сити" яна бир ҳимоячисини йўқотди  14 18:14Ўзбекистон Кубоги-2026 мусобақаси 1/2 финал ва финал ўйинлари марказлашган ҳолда ўтади  4 17:50Расман: Мбаппе Испания Суперкубогини ўтказиб юборади  6 17:34Расман: "Навбаҳор" Усмонов трансферини эълон қилди  6 17:20"Хоразм" мураббийи Сергей Токов: "Жаҳон ва Осиё чемпионатларига мослашиб ишлаш — мураббийларнинг тақдири"  1 16:58Гвардиол: "Бу оғир дам, лекин у мени ҳеч қачон синдира олмайди"  2 16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  2 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  9 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0

Jan Salas: "O'zbekistonning gol urishiga yo'l qo'ymasdan, ularni mag'lub etishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Jan Salas: "O'zbekistonning gol urishiga yo'l qo'ymasdan, ularni mag'lub etishga harakat qilamiz"

Kosta-Rika futzal terma jamoasi azosi Jan Salas Niderlandiyaga qarshi o'yindan keyin mikst-zonada o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Niderlandiyaga qarshi mashaqqatli o'yin o'tkazdik. Umuman olganda, uchrashuv qiyin o'tishini bilardik. Musobaqadagi ishtirokimizni davom ettirish uchun ochko muhimligini ham anglab turgandik va o'ylaymanki, biz buni yaxshi uddaladik. Oxirgi turda mezbonlar qarshiligidan o'tishga harakat qilamiz.

Bugun bizga shiddat ko'proq etishmadi. SHuningdek, to'p bilan oldinga o'tishda ham muammolar yuzaga keldi. Raqib jamoa vaziyatlarni yakunlashda yaxshiroq harakat qildi, bizga esa bu borada aniqlik etishmadi. Ammo so'nggi turda bu kamchiliklarimizni yaxshilaymiz.

O'zbekiston mezbon jamoa hisoblanadi. Qolaversa, ular o'z muxlislari qarshisida to'p tepadi. Ular ham gol urishga va muhim ochkolarni qo'lga kiritishga harakat qilishadi, biroq biz bunga yo'l qo'ymaslikka harakat qilamiz. Jahon chempionatidagi barcha o'yinlar qiyin o'tadi. SHunga qaramay, raqibni mag'lub etishga harakat qilamiz.

Bu erning madaniyati bizning mamlakatdan farq qiladi, shunga qaramay, biz moslashyapmiz. O'zbekistonliklar bizga yaxshi munosabatda bo'lishmoqda. Bu erning madaniyati bilan yaqindan tanishib, ortga qaytgach, yaqinlarimga so'zlab beraman", dedi Salas.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика