So’nggi yangiliklar

10:17«Ливерпуль» 85 миллион еврога ҳужумчи сотиб олмоқчи  0 09:44«Реал» Эндрикни АПЛ жамоасига ижарага бериши мумкин  0 09:10Месси яна бир рекордни такрорлади  1 08:37Sofascore. Кечаги учрашувда футболчиларимиз неча баҳога лойиқ кўрилди?  32 07:59ЖЧ-2026 саралаш. Бразилия ва Уругвай ўзаро дуранг ўйнади, Аргентинада қийин ғалаба ва бошқа натижалар  3 07:46"Интер Майами" устози истеъфога чиқди  3 02:44Миллатлар лигаси. Швециядан 6:0, Туркия Черногорияга мағлуб бўлди, Нидерландия ва Германиядан меҳмонда дуранг ва бошқа натижалар  4 01:52"Реал" қишда Александер-Арнольдни харид қилиш фикридан қайтди  3 01:28ЖЧ-2026 саралаши. Австралия 90+6да мағлубиятдан қутулиб қолди, Қувайт ва Иордания ўзаро дуранг ўйнади  10 00:20"Манчестер Сити" январда Гвардиоланинг клубдаги келажаги бўйича қарор қабул қилишини кутмодқа  0 23:53Ўртоқлик ўйини. Россия Сурияни йирик ҳисобда мағлуб этди  9 23:22"Реал" 21 ёшли ҳимоячи учун 90 млн евро сарфлаши мумкин  3 22:59ЖЧ саралаши. БАА Қатар дарвозасига жавобсиз бешта гол урди. Ўзбекистонга "кела олмаган" Лимадан покер  210 22:39Буффон ўзи билан бирга ўйнаган энг кучли футболчи ким бўлганини айтди  6 21:30ЖЧ-2026 саралаши. Индонезия Саудия Арабистонини сенсацион тарзда мағлубиятга учратди  22

Jan Pero Gasperining navbatdagi "qurboni". "Atalanta" etakchilari klubni tark etmoqda Yangiliklar

Jan Pero Gasperining navbatdagi "qurboni". "Atalanta" etakchilari klubni tark etmoqda

Murabbiy mojarolarni xush ko'radi chog'i.

Hozirgi vaqtga kelib, Jan Pero Gasperinining "Atalanta"dagi loyihasi o'zini oqlamagandek. Qatorasiga 3 yil jamoani TOP-3da ushlab turgan etakchilar sekin-asta jamoani tark etmoqda. Qishdagi navbatdagi "qurbon" Ruslan Malinovskiy bo'ldi.


Ukrainalikni "Marsel" olib ketdi

Italiyalik murabbiy 29 yoshli yarim himoyachini o'z jamoasida ko'rmayotgani haqidagi gaplar yozdan beri quloqqa chalinardi. O'shanda futbolchiga "Vest Xem", "Tottenxem" va "Roma" qiziqish bildirgan. Keyinroq "Marsel" varianti chiqdi — qishga kelib esa francuzlar asosiy nomzodga aylanishdi.

Mavsumlar oralig'ida "bergamasklar" bu transferdan 30-35 million evro ishlab olishni xohlagan bo'lsa, "Marsel" bilan oldi-berdida 13 million haqida gap ketardi. Natijada, "Marsel" tajribali futbolchining ijarasini kelishdi va kelishuvda sotib olish majburiyati ham ko'rsatilgan.

Nazarimizda, Gasperini Ruslanning ketishidan umuman ranjimagan – so'zlaridan, murabbiy ortiq Ruslanni jamoasida ko'rishni istamagan:

U jamoaning muhim azosi edi, bu mavsum ko'plab uchrashuvlarda maydonga tushdi, lekin uning o'rnini Ademola Lukman egalladi.

Malinovskiy chindan italiyalik menejer uchun o'ta zarur o'yinchi bo'lmay qoldi. "Atalanta"dagi dastlabki ikki mavsumda 29 yoshli xavbek 8 tadan gol urdi va avval 4 ta, keyin 12 ta assist qayd etdi. Biroq keyin mikrojarohatlar va koronavirus tufayli o'yinida pasayish kuzatildi – bu mavsum Gasperini Malinovkiyga o'tgan yili Aleksey Miranchukda bo'lgani kabi ancha kam vaqt ajrata boshladi.


Etakchilar "Atalanta"ni tark etmoqda

Malinovskiy – Gasperini uchun muhim bo'lgan va jamoani tark etgan birinchi futbolchi emas. Italiya klubini birinchilardan bo'lib Yosip Ilichich tark etdi. CHamasi yarim himoyachi ruhiy bosimga dosh berolmadi. U uch mavsum davomida "Atalanta" to'purarlari TOP-3dan joy oldi.

Qiyinchiliklar 2020 yilda boshlandi – pandemiya va oilaviy muammolar sababli Yosip depressiyaga tushib qoladi. Klub futbolchi o'ziga kelib olishi uchun vaqt berdi va oxirigacha uni qo'llab-quvvatladi – 2022 yildagi jiddiy jarohatdan keyin ham. O'shanda Jan Pero quyidagicha fikr bildirgandi:

Bunday vaziyatlar bo'yicha bir nima deyishim mushkul, chunki u o'ta shaxsiy masala. Hozir nima deyishim mumkin, biz doimo uning yonida bo'lamiz va qo'llab-quvvatlaymiz, chunki hayotda futbol hamda kasbdanda muhimroq narsalar mavjud.

Biz Ilichichni uzoq yillardan buyon bilamiz, birgalikda ko'plab quvonchli onlarni boshdan o'tkazdik. U ajoyib, pozitiv inson, ammo insonning ichki dunyosi xuddi changalzorga o'xshaydi. Biz mayli, hattoki ruxshunoslar ham bazida holatni tushinib olishga qiynalishadi. Hozir mening yagona umidim, u yana maydonga qaytadi va o'yindan zavq ola oladi.

Yozda "Atalanta" bosslarining toqati toq bo'ldi – shartnoma bekor qilindi, Ilichich esa ona yurtiga qaytib ketdi.

Undan oldin "bergamoliklar" safini Robin Gosens va Alexandro Gomes tark etgandi. Papu o'shanda jamoa sardori edi – lekin shunda ham "Sevilya"ga ketishga majbur bo'ldi. 2016/17 va 2019/20-yilgi mavsumlarda argentinalik samarali harakatlar bo'yicha etakchilar qatorida edi.


Gasperini mojarolarni yoqtiradi

Muhimi oxirgi futbolchining ketishida "Atalanta" ustozi jiddiy rol o'ynagan. Alexandro Gomesning ketishi murabbiy bilan taktika borasidagi tortishuvdan boshlangan. ECHLda "Midtyulland"ga qarshi uchrashuvda Gasperini argentinalikka markazdan chap qanotga "yurishlar" uyushtirishni talab qilgan, biroq futbolchi rad etgan. Bahs tugagach (1:1), OAVdagi malumotlarga qaraganda, kiyishinish xonasidagi tortishuv mushtlashuvga aylanib ketishgacha borgan. Ilichich jamoadoshi Alexandroni qo'llaydi - natijada, ularning har ikkisi "Udineze"ga qarshi uchrashuv qaydnomasiga kiritilmaydi. Bir oy o'tib, 2021 yil yanvarida argentinalik "Sevilya"ga yo'l oldi.

Germaniyalik Gosens uchun "Atalanta"dagi birinchi mavsumlar ancha qiyin o'tdi – Italiyada tanqidlar yomg'irini yodirishardi, Robin Gasperinini tushunmas, yonida esa yaqinlaridan hech kim yo'q edi. Bunday vaziyatda murabbiyning noodatiy ko'rsatmalari himoyachini "sindirib" qo'yishi hech gap emasdi – Robinning o'zi ular haqida avtobiografiyasida shunday degan:

Mashg'ulotlarda Gasperini o'zimni jamoaning eng yomon futbolchisi deb his qilishga majbur qilardi. Har bir xatodan keyin u hushtak chalib, urishaverardi. O'sha og'ir davrlarda "Jenoa"ga qarshi o'yin to'g'ri keldi. Men, doimgidek, zaxira o'rindig'ida o'tirardim va maydonga tushishga umid ham qilmasdim. Biz mag'lub bo'layotgandik, Gasperini kir bo'lgan botinkasini — bilib yoki bilmay — mening maykamga artib tashladi. O'sha lahzada, er yorilib uning tagiga kirib ketay dedim.

Oxir-oqibat germaniyalik futbolchi faoliyatining bu bosqichidan ham o'tdi va klub etakchilaridan biriga aylana oldi. O'tgan qish uni "Inter" ijaraga oldi, aksariyat mutaxassis va muxlislar klub Gosens bilan xayrlashishiga ham janjal sabab bo'lgan deb hisoblaydi.

Ilichich vaziyatida esa asosiy rol futbolchining uzoq vaqt depressiya holatida qolib ketishi bo'ldi – 2022 yil u "Atalanta" safida 2 tagina uchrashuvda maydonga tushdi. ECHL-2020/21 1/8 finalida bir epizod yuz beradi – Gasperini "Real"ga qarshi bahsda zaxiradan tushgan sloveniyalikni qaytib alishtiradi. Yosip 30 daqiqani maydonda o'tkazadi. Bazi jurnalistlar murabbiy yarim himoyachiga bu vaqtda nimalar deb ulgurganidan iqtibos keltirishdi:

Nolishni bas qilib, maydonda nimadir qilgin. Foydali ishga kirishsangchi.

Gasperinining Gomes bilan, Ilichich ham ishtirok etgan, tortishuvini yodga olarkansiz, bir fikr keladi – hamma ham Jan Peroning janjallarga bo'lgan ishtiyoqi va mehriga chiday olmaydi. Hozirgi "Atalanta" o'tgan yilgisidan yaxshiroq holatda emasdek – o'shanda klub A Seriyada 8-o'rinni egallagan. Hozir "Atalanta" 7-pog'onada ketmoqda. Ijara muddati yakunlanib qaytgach, Aleksey Miranchuk – odatiy etakchilarsiz qolgan va bosh murabbiyidan charchagan butkul boshqa jamoani ko'rishi mumkin.


Soccer.ru saytidan Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика