So’nggi yangiliklar

10:45"Реал Мадрид" футболчилари янги БМW автомобилларини олишди  1 10:16ФИФА 2026 йилги жаҳон чемпионати учун сотилган чипталар сонини эълон қилди  1 09:49Модрич "Реал Мадрид"га қайтади  1 09:22Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхшилари аниқланди. Барча совриндорлар билан танишинг  5 08:54"Ювентус" раҳбариятида ўзгариш бўлади  0 08:23"Фенербахче"нинг янги президенти Моуриньюни жиддий танқид қилди  2 07:56"Бавария"нинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси эълон қилинди  0 07:40Суперлига. "Насаф" – "Қўқон-1912" 3:0  1 07:30Суперлига. Бугун 3 та учрашув бор  5 01:54ОФК йилнинг энг яхшиларини эълон қилди  5 01:11"Forbes" йилнинг энг кўп маош олувчи футболчилари рейтингини эълон қилди  1 00:47Рўзиқул Бердиев: "Фабио Каннаваронинг ўйинга келгани ёқимли. Бироқ бу қаердадир ҳалақит қилиши ҳам мумкин"  4 00:31Пикфорд клуби билан шартномасини узайтирди  0 00:13Рафинья "Реал"га қарши ўйнаши мумкин  0 23:51Қозоғистонда футболчи ўйин вақтида вафот этди  4

Jamshid Saidov: “Zimmamizdagi vazifani bajarmasak, istalgan o'yin men uchun oxirgisi bo'lishi mumkin” Yangiliklar

Jamshid Saidov: “Zimmamizdagi vazifani bajarmasak, istalgan o'yin men uchun oxirgisi bo'lishi mumkin”

Superliganing 20-turidan o'rin olgan “Qizilqum” - “Metallurg” (1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Yaxshi o'yin bo'ldi, gol urdik va g'alabaga erishdik. Biroq, xatolar ham uchrab turibdi. Himoya borasida kamchiliklarimiz ko'p. Yosh futbolchilarga ham imkoniyat berayapmiz. Muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. O'z maydonimizga tezroq qaytishimizga umid qilaman. Yigitlarga g'alaba uchun oxirigacha kurashganliklari tufayli rahmat aytaman.

- Oxirgi 3 ta o'yinda jamoa 5 ochko jamg'ardi. Bugungi uchrashuv siz uchun oxirgi imkoniyat ekanligi haqida gap-so'zlar tarqalgandi. Bunga munosabatingiz qanday?

- Rahbariyat bizga vazifa qo'ygani rost. Zimmamizdagi vazifani bajarmasak, biz uchun istalgan o'yin oxirgisi bo'lishi mumkin. Biz albatta g'alabali natijalar uchun harakat qilayapmiz.

- Zaxiradan o'yinga qo'shilgan futbolchilarning harakatlaridan qanchalik qoniqdingiz?

- Yosh futbolchilardan ko'p foydalanayapmiz. Ular 100 foiz ishonchni oqladi deya olmayman, lekin harakat qilishayapti. Ularning harakatlaridan qoniqdim.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика