So’nggi yangiliklar

07:57Клублар ўртасидаги ЖЧ. Сўнгги чорак финалчи аниқланди  1 07:34Суперлига. Бугун "Динамо" "Нефтчи" учрашуви бўлиб ўтади  2 02:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Реал Мадрид" "Ювентус" минимал ҳисобда енгиб, чорак финалга йўл олди  45 00:50"Арсенал" Гёкереш билан деярли келишиб олди  0 00:25Премьер лигага қайтган "Сандерленд" ўз тарихидаги рекорд трансферни амалга оширди  0 23:50Александр Ляказетт Саудия Арабистони юқори дивизиони дебютанти таркибига бориб қўшилди  1 22:45"Вест Ҳем" молиявий фейр-плей сабаб Кудусни "Тоттенхэм"га арзонроққа сотиши мумкин  0 21:55"Фенербахче" Шкринярнинг тўлиқ трансфери устида ишламоқда  0 21:29Карвахаль ўзига рақобатчи бўлган Трентнинг "Реал"га келгани ҳақида гапирди  6 21:09Давиде Анчелотти "Реал"даги энг ёмон ҳолат ҳақида гапирди  0 20:45Клублар ўртасидаги ЖЧда яна бир Беллингем порламоқда. У "Боруссия" учун инглиз топ клублари таклифларини рад этган  2 20:19Расман: Кепа "Арсенал"га ўтди  0 19:49"Арсенал" қанотни кучайтирмоқчи, лекин Мартинелли қолади  0 19:22"Футбол олами". Қаршида "триллер" рўй берди, "Навбаҳор"дан 6:0, "Бунёдкор"да суперкамбэк  1 19:06"Монако" "Барселона" ҳужумчисини ижарага олди  3

Jamshid Saidov: "Legioner olish hozircha rejamizda yo'q" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Legioner olish hozircha rejamizda yo'q"

"Buxoro" klubi bosh murabbiyi Jamshid Saidov jamoaning yangi mavsumga ko'rayotgan tayyorgarligi borasida o'z fikrlarini bildirdi.

"2016 yilgi mavsumga tayyorgarlikni 14 dekabr kuni Buxoro shahrida boshlagandik. Bu yig'in 28 dekabrga qadar davom etdi. Yangi yil bayramidan so'ng 4 yanvarda Toshkentda yig'in boshladik. 18 yanvargacha shu erda shug'ullanamiz. Hozirga qadar "Lokomotiv" yoshlariga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdik. 13 yanvarda "Bunyodkor", 18 yanvarda "Qo'qon-1912" bilan o'ynaymiz".

"Mashg'ulotlarni "Obod" stadionida o'tkazayapmiz. Bugun 8 nafar futbolchimiz tibbiy ko'rikdan o'tayotgani uchun mashg'ulotda kamchilik qatnashdi".

"Asosiy maqsadimiz o'tgan yil ikkinchi davrada o'ynagan futbolchilarni saqlab qolish edi. Tabiiyki yangi futbolchilarni ham ko'rikdan o'tkazayapmiz. "Olmaliq"dan Salamat Qutiboev, Sahob Jo'raev va Alisher SHog'ulomov, "Dinamo"dan Muhiddin Xudoyorov, "Navbahor" Sanat SHixov kabi yangi futbolchilar mashg'ulotlarimizda qatnashishmoqda".

"Buxoro"ga yangi legionerlar keladimi? To'g'risi bizga kelayotgan legionerlar talab darajasida emas. SHu bois hozircha xorijlik futbolchi rejamizda yo'q. Etiborni mahalliy futbolchilarga qaratamiz".

"18 yanvarda ikkinchi yig'inimiz yakuniga etadi. SHundan so'ng yigitlarga 3 kunlik dam beramiz. Uchinchi yig'in ham Toshkent shahrida yanvar oyi oxirigacha davom etadi", - deydi Jamshid Saidov.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика