So’nggi yangiliklar

00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  1 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  2 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  8 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  8 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8 21:15"Интер" Лукман учун таклиф қилган таклиф "Аталанта"га ёқмади  0 20:50Жанлуижжи Доннарумма чиндан ҳам ПСЖдан кетиши мумкин – ҳаттоки ЕЧЛдаги ғалабадан кейин ҳам  5 20:31Расман: Шаҳзод Тоиров — ОКМК футболчиси!  1 20:25"Наполи" "Ливерпуль" футболчисини ижарага олмоқчи  0 19:59Тоттининг ўғли босим туфайли футболдан кетди  2

Jamshid Saidov: "Ikki-uch nafar futbolchimizga kuch etishmadi. Menimcha, bunga ularning ro'za tutgani sabab bo'ldi" Yangiliklar

Jamshid Saidov: "Ikki-uch nafar futbolchimizga kuch etishmadi. Menimcha, bunga ularning ro'za tutgani sabab bo'ldi"

Superliga 4-turidan o'rin olgan "Qizilqum" – "Lokomotiv" (0:0) uchrashuvidin so'ng nominal mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov matbuot anjumanida qatnashdi.

- O'yin haqida

- Jangovar durang bo'ldi. Ikkala jamoa ham durangga loyiq edi. Boshidan oxiriga qadar maydon markazida kurash kechdi. Lekin vaziyatlar yarata olmadik. Yigitlarning o'yinidan qoniqdim. Qiyin bo'lganini bilaman. Natijadan qoniqdim.

- Ikkinchi bo'limning boshida o'zgartirish qildingiz. Bu natija bilan bog'liqmidi? 

- Uchta turda hujumchisiz o'ynadik. Biz Muhammadali G'iyosovni oldingi chiziqda xavfli vaziyat yaratish uchun maydonga tushirdik. Afsuski, u formada emas. Juda ko'p o'yinlarni o'tkazib yubordi, formani tiklab olishga vaqt kerak. Muhimi, u o'yinni buziq qo'ymadi.  

- Bugun zaxiradan tushgan o'yinchilar aynan qaysi chiziqlarni kuchaytirish kerak edi va ulardan nimalar kutilgandi?

- Bilasizmi, ikki-uch nafar futbolchimizga kuch etishmadi. Menimcha, bunga ularning ro'za tutgani sabab bo'ldi. Bu o'z so'zini aytdi. Etarlicha kurasha olmagan nuqtalarimizda ham o'zgarishlarni amalga oshirdik. Bu asosan tayanch nuqtasi va ikki qanot. 

- Bugun legionerlar o'yin boshidan harakat qilishdi. Ular o'zlarini ko'rsata olishdi deya olasizmi?

- Legionerlarimiz har o'yin yaxshi o'yin ko'rsatishmoqda. Ular o'yinni buzib qo'yishmadi, har bir uchrashuvda ular foydali harakat qilishmoqda.

- Jo'rabekovni almashtirilishiga sabab nima?

- Jo'rabekovda kichik jarohat bor. Ikkinchi o'yin-ki, bu narsa halal bermoqda. Unda jangovar xarakter bor, har bir o'yinda oxiriga qadar o'ynaydi. Afsuski, kichik jarohat halal bermoqda. Endi bu jarohatni tuzatishga etarli vaqt bo'ladi. Jo'rabekov yaxshi o'ynadi, ammo uni almashtirish kerak deb hisobladim. CHunki u oxirgi 10-15 daqiqada poziciyalarni yopishga ulgurmadi. 

- Lobjanidze qachon safga qaytadi?

-Ozgina qoldi. Kubok o'yinlarida uni maydonga tushirishga harakat qilamiz. Hozir tiklanish jarayoni ketmoqda. Umid qilamanki, u kubok o'yinlarida maydonga tusha oladi.

- Qarshida o'yinlar o'tkazishda biror muammo bo'lmayaptimi?

- Muammo bor. Uyda devorlar ham yordam beradi. Hamma o'yinni mehmonda o'tkazayotgandekmiz. Navoida ko'proq muxlislar stadionga kelgan bo'lardi. Bugun Qarshiga kelib, bizni qo'llab-quvvatlagan muxlislarga rahmat aytmoqchiman. 

Reyting: -15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика