Jamshid Saidov: "Darvozalar xuddi sehrlangandek"
07 may 2016 22:43
Yangiliklar
Jamshid Saidov: "Darvozalar xuddi sehrlangandek"
"Buxoro" - "Metallurg" (0:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugun tomoshabop o'yin bo'ldi. Ustunlik to'liq biz tomonda bo'ldi. Afsuski ikkinchi o'yinda ham vaziyatlar sodir etib gol ura olmayapmiz, xuddi darvozalar sehrlangandek. "Metallurg" butun o'yin davomida himoyalandi. 6 nafar futbolchi doim himoyada o'ynadi. Yigitlar harakat qilishdi, ammo gol ura olishmadi. Ularga hech qanday etirozim yo'q. Muxlislar qarshisida balki shogirdlarimda hayajon kuchli bo'layotgandir. Muxlislardan ularning ishonchini oqlay olmaganimizdan uzr so'raymiz. Keyingi "Bunyodkor"ga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. Keyin "Paxtakor" bilan ikkita kubok o'yinida ishtirok etamiz.
"Bunyodkor" juda jiddiy raqib. Oxirgi o'yinlarda ular ajoyib o'ynashmoqda. Buxoroga kelayotgan har bir jamoa himoyada o'ynab qarshi hujumdan gol urishga urinmoqda. ", - deydi Saidov.
"Bunyodkor" juda jiddiy raqib. Oxirgi o'yinlarda ular ajoyib o'ynashmoqda. Buxoroga kelayotgan har bir jamoa himoyada o'ynab qarshi hujumdan gol urishga urinmoqda. ", - deydi Saidov.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar