Jamshid Saidov: "Bugun har jabhada "Neftchi"dan ustun edik"

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2016, 21:34
"Buxoro" - "Neftchi" (2:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Jamshid Saidov o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugungi g'alabadan juda xursandmiz. Bugun biz har jabhada "Neftchi"dan ustunroq edik va haqli g'alabaga erishdik. Murzoev jiddiy jarohat oldi va shifoxonaga olib ketildi. Tekshiruvlardan keyin uning jarohatining jiddiylik darajasini bilib olamiz.

Bugun juda ko'plab golli vaziyatlardan foydalana olmkdik, yanada yirikrok hisobda g'olib bo'lishimiz ham mumkin edi. Eng asosiysi g'alaba qozondik. Futbolchilar va muxlislarga rahmat aytaman", - deydi Saidov.


"Buxoro" matbuot xizmati

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia