So’nggi yangiliklar

13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  0 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  0 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  14 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  2 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  6 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  0 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0 01:13"Манчестер Сити" Чемпионшипга тушириб юборилса, Пеп жамоада қоладими? Унинг ўзи жавоб берди  2

Jamshid Iskanderov: "CHempionlikni saqlab qolishga harakat qilamiz" Yangiliklar

Jamshid Iskanderov: "CHempionlikni saqlab qolishga harakat qilamiz"

Jarohati sabab uzoq muddatga safdan chiqqan “Paxtakor” jamoasi yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov sekin-asta avvalgi sport formasini tiklab olyapti.

Murabbiylar istedodli futbolchini zaxiradan maydonga tushirib, o'yin amaliyotini yanada shakllantirishga harakat qilishyapti. Albatta, Jamshidning to'laqonli o'yin namoyish etishi uchun hali vaqt kerak. Jarohatidan batamom forig' bo'lganicha yo'q. Jarohat asoratlari baribir bilinib turadi. Bu tabiiy holat. Mavsum deyarli yakunlanib qoldi. Endi yarim himoyachi asosiy etiborini yanvar oyida Qatarda bo'lib o'tadigan Osiyo chempionatiga qaratsa ajab emas. Zero, qita chempionatida Olimpiada yo'llanmanlari o'ynaladi. Bor kuchli bilan o'ynab, jarohatini yangilab olishi hech kimga kerak emas. Biz chempionat doirasidagi “Paxtakor”ga qarshi uchrashuv oldidan Jamshid Iskanderov bilan uchrashib, undan intervyu oldik.

- Jamshid, suhbatimizni bolalik yillaringiz, futboldagi ilk qadamlardan boshlasak.
- Futbol ishqibozlari bilishadi, men Xorazm futboli tarbiyalanuvchisiman. Hamma bolalarga o'xshab men ham yoshligimda ko'cha changitib to'p tepganman. Kunlarning birida tog'am to'p tepayotganimni ko'rib, harakatlaring yaxshi, sendan yaxshi futbolchi chiqishi mumkin, deb futbol maktabiga olib borganlar. Murabbiylar ko'rigidan muvaffaqiyatli o'tib, futbol maktab internatiga o'qishga kirdim va shundan so'ng millionlar o'yinidagi faoliyatim boshlandi. Katta futboldagi ilk qadamlar hech qachon yodimdan chiqmaydi. Mashg'ulotning birinchi kuni bolalarning zo'r ishtiyoq bilan shug'ullanayotgani, to'p bilan muomala qilayotganini ko'rib, futbolga bo'lgan mehrim yana ham oshib ketdi. Murabbiylarning aytganini qilib, sekin-asta o'yinlarimiz ham ko'zga tashlanib bordi. Birinchi murabbiyim Olim Davletov bo'lganlar. U kishidan bir umrga minnatdorman. Hozirga darajamga erishishimda Olim akaning xizmatlari va xissalari katta. Mashg'ulotlarda juda ham talabchan edilar.

- Har bir yosh futbolchining o'ynash orzusi bo'lgan “Paxtakor” jamoasida paydo bo'lishingiz qanday ro'y bergan?
- 2005 yili Jizzax viloyatida futbol musobaqasi bo'lgan. O'shanda “Paxtakor” akademiyasi jamoasi bilan o'ynaganmiz. O'sha turnirdan so'ng men va Jaloliddin Masharipovni “Paxtakor” akademiyasiga taklif qilishgan. Bu biz uchun kutilmagan chorlov bo'lgandi. Do'stim Jaloliddin bilan birga 1993 yilda tug'ilgan akademiya tarbiyalanuvchilari bilan birga mashg'ulot o'tkazishni boshlaganmiz. Murabbiyimiz Kim Dmitriy Makarovich edilar. Mana bu yil bir zumda “Paxtakor” jamoasiga kelganimga 10 yil bo'libdi.


- Har bir yosh futbolchi kimgadir havas qilib, millionlar o'yinini tanlaydi. Siz kimga havas qilgansiz? Kumirlaringiz kimlar bo'lgan?
- Yarim himoyachi bo'lganim uchun men havas qilgan futbolchilar ham shu chiziq vakillari bo'lishgan. Yoshligimda Mirjalol Qosimovning o'yinlarini miriqib tomosha qilardim. Ular men uchun bir afsonaviy futbolchi bo'lganlar. Keyinchalik “Paxtakor”ning yulduz futbolchilari bo'lgan Server Jeparov, Odil Ahmedovga o'xshashga harakat qilganman. Mashg'ulotlarda ularning harakatlarini ko'p bor takrorlayman.

- Siz ikkala oyoqda ham zarba bera olasiz. Bunday toifadagi futbolchilar ayniqsa bizning futbolda noyob xisoblanishadi. Sizdagi bu istedodni murabbiylar yoshlikdan boshlab shakllantirishganmi yoki tug'ma qobiliyatmi?
- Menimcha, har bir murabbiy futbolchidan ikkala oyog'ingda ham birdek zarba ber deb talab qilsa kerak. Menga ham murabbiylar mashg'ulotlarda shunday ko'rsatmalar berishardi. Mashg'ulotlarda darvoza tomon har ikki oyoqda ham zarba berishni mashq qilganman. Standart vaziyatlarda ham bu as qotadi. Maydonning istalgan tomonidan zarba berishingiz mumkin bo'ladi. Eng muhimi, raqib qaerdan havf kelishini kutmaydi. To'p uzatilishi kutgan bir paytda siz bir zarba bilan darvozani ishg'ol qilishingiz mumkin.

- “Paxtakor” muxlislari sizni ancha sog'inib qolishdi. Afsuski, jarohat sizni uzoq muddat yashil maydondan uzoqda bo'lishingizga sabab bo'ldi. Ana shu “o'yindan tashqari”da bo'lgan vaqtingizni qanday o'tkazdingiz?
- Bilasizmi, jarohat olishni dushmanimga ham ravo ko'rmayman. Sportchilar, xususan futbolchilarning eng katta dushmani aynan jarohat bo'ladi. Bunday holatlarda sevimli mashg'ulotingizdan yiroqda bo'lasiz. Vaqtning o'tishi juda qiyin kechadi. Xuddi soat millari to'xtab qolganu, vaqt o'tmayotgandek tuyulaveradi. Ayniqsa, jamoaviy o'yinlar va tabiiyki, futbolda o'yinni maydon tashqarisidan kuzatish juda ham og'ir. Bazi holatlarda jamoadoshlarimga yordam bera olmayotganimdan jahlim chiqadi, asabim buziladi. Maydonga yugurib tushib ketgim keladi. Lekin buning iloji yo'qligini bilib, yana ham asabiylashaman. Boz ustiga jamoangiz mag'lubiyatga uchrayotgan bo'lsa, yana ham alab qilib ketadi.

- Hozir g'alvir suvdan ko'tariladigan vaqt keldi. CHempionlik masalasi hal bo'ladigan o'yinlar boshlanyapti. Nima deb o'ylaysiz, “Paxtakor” eng yaqin taqibchisi “Lokomotiv” bilan o'rtadagi ochkolar farqini mavsum so'nggiga qadar saqlab qola olarmikan?
- Afsuski, Farg'onadagi “Neftchi”dan qabul qilib olingan mag'lubiyat biz uchun hozir ortiqchalik qilyapti. Buning natijasida “Lokomotiv” bilan o'rtadagi farq qisqardi. O'zi aslini olsak, nafaqat “Neftchi”, balki mavsum boshidan beri o'tkazgan barcha o'yinlarimiz biz uchun qiyin bo'lib kelyapti. CHunki, chempion bilan o'yinlarda barcha jamoalar 200 foizlik kuch bilan harakat qilib, o'zlarini ko'rsatib qolishga harakat qilashadi. Boshqa jamoalar bilan o'yinlarda bunchalik o'ynashmaydi. Agar har bir uchrashuvga jamoalar xuddi biz bilan o'ynagandek o'ynashsa, futbolimiz allaqachon rivojlanib ketgan bo'lardi. Endi “Neftchi” bilan o'yinga kelsak, Farg'onadagi uchrashuvni bevosita tomosha qilish uchun bordim. Yigitlar qo'ldan kelganicha harakat qilishdi. Lekin hamma narsa ham biz o'ylaganchalik bo'lib chiqamadi. Bunga bir nechta omillari bor.


- Mavsumning qolgan o'yinlariga etibor qaratadigan bo'lsak, “Paxtakor” uchun deyarli engil uchrashuvning o'zi qolmadi. “Lokomotiv”ning ochko yo'qotishi dargumon. CHunki, raqiblariga ham deyarli ochko kerak emas. Bunday holatlarda “temiro'lchilar”ning g'alabasini taxmin qilish qiyin emas. Ana shu taqvim noqulayligi “Paxtakor”ga hal qiluvchi palladi pand berib qo'ymasmikan?
- Yuqorida aytdim, biz uchun hech bir o'yin osonlik bilan o'tmayapti. Bu biz bilan bog'liq holat emas. Takidlaganimdek, boshqa jamoalar bilan o'yinga umuman boshqacha tayyorgarlik bilan chiqishyapti. Negadir boshqa o'yinlarda o'sha biz bilan bo'lgan uchrashuvdagi ishtiyoqni ko'rmayapman. Endi chempionatning so'nggida karvonboshilik va shu bilan birga chempionlikni raqibga berib qo'yish alamli bo'lardi. SHu sababli, qolgan o'yinlarga yuqori tayyorgarlik va kayfiyatda chiqib, muxlislarimizni xushnud etishga, mavsumni yuqori notada yakunlashga harakat qilamiz.

- Umuman, bu yilgi mavsum haqida qanday fikr bildira olasiz? O'sish ko'zga tashlanyaptimi?
- Juda katta o'sish bo'lyapti, deb ayta olmayman. Lekin sekin astalik bilan bo'lsada, futbolimiz oldinga siljishda davom etyapti. Har bir o'yin o'ta keskin ruhda, xuddi final maqomida o'tsa, bundan birinchi galda futbolimiz yutardi. Qolaversa, stadionlarga ham muxlislarni qaytargan bo'lardik.

- Oldinda O'zbekiston olimpiya terma jamoasini o'ta muhim musobaqa kutib turibdi. Muxlislar terma jamoamizning Rio-2016 Olimpiadasiga yo'llanmani qo'lga kiritishini kutishyapti, shunga ishonishyapti. Guruhdagi raqiblarimiz malum bo'ldi. SHaxsan siz, terma jamoamizning etakchi futbolchisi sifatida olimpiyachilarimizning Braziliyaga borish imkoniyatini qanday baholaysiz?
- Terma jamoamiz tarkibi kuchli. Har bir chiziqda raqobatni ko'rishimiz mumkin. Futbolchilar o'z klublarida doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lishyapti. Bu futbolchi uchun eng muhimi. Jamoadagi futbolchilar ahil bo'lsa, murabbiylar bergan ko'rsatmalarni ortig'i bilan bajarsa, terma jamoamiz albatta, o'z oldiga qo'yilgan maqsadga erishadi. Nasib qilsa, 2016 yili Braziliyada o'tkaziladigan Olimpiadada ishtirok etib, u erda ham mazmunli futbol namoyish qilishga harakat qilamiz. Terma jamoaning har bir azosi shu haqida o'ylayapti va niyat qilyapti. Osiyo chempionatida kuchli uchlikka kirish uchun imkoniyatlarimiz etarli.

- Sizga milliy terma jamoa libosida o'ynash baxti ham nasib qildi. Bu bilan yana bir orzuingiz amalga oshdi. O'sha ilk o'yin qalbingizga bir umrga muhrlanadi, shunday emasmi?
- Milliy terma jamoa libosidagi ilk o'yinim JCH-2014 saralash bosqichi doirasidagi Iordaniyaga qarshi safar uchrashuvida bo'lib o'tgandi. O'sha o'yinda Mirjalol Qosimov menga ishonch bildirib, maydonga tushirgandilar. Ochig'i, buni umuman kutmagandim. Zaxira o'rindig'ida o'yinni kuzatib o'tirsam, Mirjalol aka mashq qilib tur, hozir maydonga tushasang, degandilar. O'sha aytgan gaplari hozirgacha qulog'im ostida jaranglab turadi. Bir tomondan xursand bo'lasiz, ikkinchi tomondan o'ta masuliyatli o'yinda terma jamoa safida debyut qilyapsiz. Muxlislarda birinchi uchrashuvdanoq yomon taassurotda qolish har holda yaxshi emas. Bilasizmi, o'shanda men uchun ikki xissa quvonchli holat bo'lgandi. Yoshligimda o'zim havas qilgan futbolchi menga ishonch bildirib, milliy terma jamoadagi debyut o'yinimni o'tkazishimni taminladi. Ikkinchidan, maydonda yana o'sha, men havas qilgan futbolchilar – Server Jeparov va Odil Ahmedov bilan elkama-elka to'p tepish baxti nasib qildi. Bu futbolchilarga yoshligimda “Paxtakor” stadionida maydon chetidan to'p uzatib turganman. Oradan shuncha yil o'tib, men uchun afsona bo'lgan futbolchilar bilan birga o'ynadim. Bundan ortiq baxt bormi?

- O'zbekiston milliy terma jamoasiga Samvel Babayan murabbiylik qilyapti. Boshida ko'p etirozlar bo'ldi. Bu mutaxassisni siz yaqindan bilasiz. Umuman, Samvel Babayan haqida fikringiz qanday? Bu murabbiy terma jamoamizni JCH-2018 final bosqichiga olib chiqa olarmikan?
- Men bunga ishonaman. Samvel Vyacheslavlovich yuqori saviyali mutaxassis. Har bir futbolchining ko'ngliga yo'l topa oladi. O'z fikrini etkazib bera oladi. Mana natijalar ham yomon emas. Samvel Babayan qo'l ostida terma jamoamiz 3ta o'yin o'tkazgan bo'lsa, barchasida ishonchli g'alabalarni qo'lga kiritdi. Ayniqsa, Bahrayn terma jamoasi bilan mehmonda kechgan uchrashuvda tarixiy g'alabaga erishildi. Statistikaga etibor qaratadigan bo'lsak, shu paytgacha rasmiy o'yinlarda Bahrayn terma jamoasini mag'lub eta olmagan ekanmiz. Samvel Babayan qo'l ostidagi jamoa bu qora ananaga chek qo'ydi. Qolaversa, mehmonda Filippin ham yirik hisobda taslim etildi. Oldinda guruh bosqichining muhim o'yinlari kutib turibdi. Birinchi galda KXDR terma jamoasidan birinchi davradagi mag'lubiyat uchun revansh olish kerak. Bu o'yin Toshkentda bo'lib o'tadi. O'ylaymanki, o'sha uchrashuvda g'alaba qozonib, muxlislarni xushnud etamiz.


- Evropa futbolini ham kuzatib boryapsizmi?
- Albatta. Evro-2016 saralash bahslarini kuzatib bordim. Terma jamoalardan Angliyaga muxlislik qildim. Inglizlar guruhdagi 10ta o'yinning barchasida g'alaba qozonib, o'ziga xos rekord qayd etishdi. Keyin kutilmagan natijalar ham ko'p bo'ldi. Albaniya terma jamoasi Evropa chempionatining final bosqichiga yo'llanma oldi. Aksincha, Gollandiya terma jamoasi shov-shuvli tarzda chempionat final bosqichiga chiqa olmadi. Endi kutilmagan terma jamoalarning final bosqichiga yo'llanma olishiga bir tomondan ishtirokchi terma jamoalar sonining oshgani ham sabab bo'ldi, deb o'ylayman. Avvalgidek, 16ta emas, 24ta terma jamoa final bosqichida ishtirok etadi.

- Qaysi chempionat o'yinlarini ko'proq tomosha qilasiz?
- Menga Angliya Premer-ligasi ko'proq yoqadi. Bejizga dunyoning eng kuchli chempionati emas. Har bir o'yin xuddi final, yagi so'nggi uchrashuvdek o'tadi. Turnir jadvalining quyi pog'onalarida borayotgan klub ham etakchini mag'lub etib qo'yishi oddiy hol. Mana bu yilgi chempionatni oling, “CHelsi” jamoasi turnir jadvalida autsayderlar qatorida yuribdi. Aksincha, o'rtamiyona jamoalar peshqadamlar safidan joy olib turibdi. Bunday oldindan bashorat qilib bo'lmaydigan chempionat o'yinlarini tomosha qilish hamisha yoqimli bo'lgan. Ispaniyada esa ikkita chempionat bor. Biri “Barselona” va “Real” klublariga tegishli chempionat, ikkinchisi esa qolgan klublarniki. Angliyada esa bunday emas. Har bir o'yin juda qiziqarli va hujumkor ruhda o'tadi. Autsayder jamoa himoyaga yotib olib, o'yin vaqtini o'ldirmaydi.

 - Faraz qiling, sizni Ispaniya va Angliya klublari o'z safiga chorlayapti. Ispan klubi biroz kuchliroq. Qaysi taklifni qabul qilardingiz?
- Hech ikkilanishsiz Tumanli Albionga yo'l olardim.

- Futboldan tashqari bo'sh vaqtlar ham bo'ladimi?
- Juda kam, lekin yo'q emas. Bo'sh vaqtimni ko'proq do'stlarim bilan o'tkazishga harakat qilaman. Keyin Xorazmga, yani uyga borib kelaman

Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика