So’nggi yangiliklar

20:23"Арсенал" Родриго билан музокараларни бошлади  4 20:10Ўзбекистон Кубоги. “Бунёдкор” — “Локомотив”, “Бухоро” — “Наманган ФА”, “Қўқон-1912” — Қизилқум”, “Замин” — “Андижон ФА”  6 19:48Ўзбекистон Кубоги. "Локомотив" 6 очко тўплаган бўлсада гуруҳда қолиб кетди, "Қўқон-1912" ва "Қизилқум" кейинги босқичда  7 18:45Франция терма жамоасига чақирилганлар рўйхати эълон қилинди  9 18:27"Футбол олами". Олмалиқда триллер, "Навбаҳор", "Пахтакор" ва "Насаф"нинг сафардаги ғалабалари — 10-тур ҳақида батафсил   2 17:13Жаҳон чемпионати бошланди. Бугун Ўзбекистон ўйнайди  2 16:57АПЛнинг жорий мавсумдаги энг ёмон трансферлари эълон қилинди (ТОП 10)  2 15:48Роналдунинг фитнес-браслети унинг биологик ёши 29да эканини кўрсатди: "Демак, яна 10 йил ўйнайман"  11 15:14Европа лигаси финали учун превью: "Тоттенхэм" - "Манчестер Юнайтед"  6 14:22МЮ ва "Тоттенхэм" мухлислари Бильбаодаги Европа лигаси финали олдидан Сан-Себастьянда муштлашишди  4 13:40Марказий Осиё. Қозоғистон ва Қирғиз Республикасида пешқадам ўзгарди, "Истиқлол" мағлубиятга учради, "Аркадағ" эса...  4 13:23Дель Пьеро мураббийлик лицензиясини олди: "Бугундан бошлаб мени "мистер" деб аташингиз мумкин"  7 12:21Агар МЮ Европа лигасида ғалаба қозонса Делап "қизил иблислар"га ўтади  9 11:49"Манчестер Сити" стадион ёнида де Брюйне ҳайкали ўрнатилади  1 10:51Беллингем фаолиятини Германиянинг ТОП жамоаларидан бирида давом эттириши мумкин  1

Jamshid Boltaboev: “Ertangi o'yindagi g'alaba mustaqillik bayrami uchun ajoyib sovg'a bo'ladi” Yangiliklar

Jamshid Boltaboev: “Ertangi o'yindagi g'alaba mustaqillik bayrami uchun ajoyib sovg'a bo'ladi”

Teglar :  Jamshid Boltaboev
Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH 3-saralash bosqichi doirasida guruhdagi birinchi uchrashuvini Suriya terma jamoasiga qarshi o'tkazishidan xabaringiz bor.

Toshkentning “Paxtakor” klubi futbolchisi Jamshid Boltaboev ertangi o'yin oldidan termamiz azolariga omad tiladi va mustaqilligimizning 25 yilligi bayrami bilan O'zbekiston xalqini muborakbod etdi. 

“Milliy terma jamoa yig'inlarida ishtirok etganim uchun ertaga termamiz futbolchilari Suriya termasiga qarshi qanday o'yin ko'rsatishlarini bilaman. Termamizning ichki muhiti juda ham alo darajada. Yoshi katta futbolchilar o'zidan kichik bo'lgan jamoadoshlariga kerakli bo'lgan maslaxatlarni berishadi.  Ertangi o'yin uchun 20 avgustda tayyorgarlik boshlangan edi. 24 afgust kuni Afrikaning Burkina-Faso termasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazishdi. O'sha bahsda ham yomon o'yin ko'rsatishmadi deb o'ylayman. O'rtoqlik o'yini bilan rasmiy o'yinni farqi bo'ladi. Muxlislar bilan birga O'zbekiston milliy terma jamoasini qo'llab-quvvatlab tursak vakillarimiz bizga g'alabani taqdim etishadi. Terma jamoamizga ertangi o'yinda faqat omad tilab qolamiz. Termamiz guruhdagi ilk uchrashuvni o'z uyida o'tkazyapti. Ertaga g'alaba qozonishsa nur ustiga alo nur bo'lar edi. Mustaqilligimizning 25 yilligi uchun ham ajoyib sovg'a bo'ladi. Ilk bahsdagi g'alaba kelgusi o'yinlarda juda katta kuch bag'ishlaydi. Mustaqilligimizning 25 yilligi bilan butun O'zbekiston axlini chin qalbimdan tabriklayman. Har doim yurtimiz tinch va osoyishta bo'lsin. Barchani mustaqillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman” - deydi “Paxtakor” klubi futbolchisi Jamshid Boltaboev  

Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика