So’nggi yangiliklar

15:07U-17 халқаро мусобақаси. Ўзбекистоннинг Канадага қарши таркиби маълум!  0 14:43Флик "Райо Вальекано" билан ўйиндан кейин "Барселона" футболчиларини кийиниш хонасига қамаб қўйди  1 14:15"Барселона" Рэшфордни МЮга қайтариш ҳақида ўйлаб қолди  6 13:46Суарес "Сиэтл" ходимига тупургани учун 6 ўйинга дисквалификация қилинди  8 13:19"Ал Иттиҳод" португалиялик ёш футболчини 30 млн евродан ошиққа харид қилди  2 12:51"Челси" собиқ футболчиси "Гремио"га ўтди  1 12:22Бразилияда ғавғо: "Фламенго" юлдузи пул тикканликда айбланиб дисквалификация қилинди  1 11:54Дональд Трамп Ўзбекистон МТЖга ЖЧда омад ёр бўлишини тилади  7 11:27Кечаги учрашувдан сўнг Жоэль Кожо ўз фикрларини билдириб ўтди  27 10:59ПСЖ бош мураббийи жиддий жароҳат олди  3 10:32Бугун U-23 ва U-17 терма жамоаларимиз ўйнайди  9 10:02"Реал"нинг икки нафар футболчисига Туркиядан таклиф бор  0 09:31Европанинг ТОП клублари қизиққан футболчи фаолиятини Саудия жамоасида давом эттиради  1 09:00"Олтин тўп"га асосий даъвогар футболчи жароҳат олди  3 08:32Яна бир терма жамоа ЖЧ йўлланмасини қўлга киритди  5

Jamshid Boltaboev: "Avstraliya bilan durang yoki yutqazish uchun maydonga chiqmaymiz" Yangiliklar

Jamshid Boltaboev: "Avstraliya bilan durang yoki yutqazish uchun maydonga chiqmaymiz"

O'zbekiston terma jamoasi Osiyo kubogi guruh bosqichining ikkinchi turida Hindistonni mag'lub etdi (3:0).

Mazkur uchrashuvdan so'ng "Mikst Zona"da Jamshid Boltaboevga yuzlandik.

"Hindiston birinchi bo'limda ham yaxshi harakat qildi. Biz o'zimiz yaratgan vaziyatlardan foydalandik. Mahoratdagi farq ham sezildi. Ularda deyarli yaqqol vaziyatlar bo'lmadi. Natija yaxshi bo'ldi", - dedi Jamshid Boltaboev

- To'g'risini aytganda, murabbiy Osiyo Kubogida imkoniyat beradi, deb o'ylaganmidingiz?

- Bugungi o'yinda maydonga tushishimni kutmagan edim. Birinchi bo'limda 3:0 hisobi bo'ldi. Ikkinchi bo'limda hujumkor futbolchilarni tushiradi, deb o'ylagan edim. 

- Uchinchi turda raqib - Avstraliya. Bizga ikkinchi o'rin ham qulaydek ko'rinmoqda. Musobaqani davom ettirish uchun sizning fikringiz qanday?

- Birinchi o'ringa harakat qilamiz. Avstraliya bilan durang yoki yutqazish uchun maydonga tushmaymiz. Imkoniyatlar 50/50. Hammasi o'z qo'limizda. Barcha jamoaga qarshi yaxshi tayyorgarlik ko'rib, o'ynasa bo'ladi. 

- Avstraliya tarkibdagi Irvinning evaziga ko'p ochkolarga ega chiqmoqda. Avstraliyaga taktik jihatdan qanday tayyorgarlik ko'ryapsizlar? 

- Avstraliyaning o'yinini jamoa bo'lib hali ko'rmadik. Hindiston, Suriya bilan o'yinlarini o'zimiz kuzatdik. Ko'pchilik o'ziga xulosa qildi. Ular evropacha uslubda o'ynaydi. Murabbiylar bilan o'rganib chiqib, shunga yarasha tayyorgarlik ko'ramiz.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика