Jampaolo istefoga chiqarilishi mumkin
17 jan 2021 12:33
Yangiliklar


Jampaolo istefoga chiqarilishi mumkin
Yaqin vaqtlar ichida "Torino" bosh murabbiy Marko Jampaoloni istefoga chiqarishi mumkin.
"CalcioMercato" xabariga ko'ra, 53 yoshli mutaxassis bugun klub rahbariyati bilan kelajagi borasida gaplashib oladi. Katta ehtimol bilan u istefoga chiqariladi.
SHanba kuni "Torino" o'z maydonida "Speciya"ni mag'lub eta olmadi. Garchi jamoa 82 daqiqa mobaynida raqiblaridan bir kishi ko'p bo'lib o'ynagan bo'lsa-da, gollar ura olmadi.
18 turdan keyin 13 ochko yig'gan "Torino" xavfli zonada bormoqda. Jampaolo jamoani o'tgan yozda qabul qilib olgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar