So’nggi yangiliklar

01:22Эрик тен Хаг: "Биз жамоани қайта қуряпмиз"  2 00:45"Барселона", ниҳоят, "Боруссия" Д билан ҳисоблашди  2 00:22Эсанов тўп тепадиган "Акрон" машҳур ҳужумчини трансфер қилди  2 23:51Бу қизиқ! Россия термаси "ўйлаб топилган" футболчилар билан тасвирланди  2 23:19"Челси" футболчиси Туркия томон йўл олмоқда  0 22:55"Манчестер Юнайтед" Саутгейтга таклиф билан чиқдими? Гарет жавоб берди  2 22:38Родри: "Бу ақлбовар қилмас даражада ёқимли"  1 22:10ПСЖ Мбаппе борасида бир қарорга келган  1 21:49Фабио Капелло "Олтин тўп"ни кимга бериш кераклигини айтди  1 21:21ПСЖнинг Мбаппе билан ишлари якунланмаган экан  0 20:59Тен Хаг Роналдуга жавоб қайтарди  12 20:23Асрор Алиқулов: “Футболда натижани олдиндан айтиб бўлмайди“  1 20:19Улуғбек Бакаев: “Машъал” ҳимояда яхши ўйнади”  4 20:00"Арсенал" товон пули 100 миллион евролик ҳужумчига қизиқиш билдирмоқда   2 19:38Агар Араухо шартномасини узайтирмаса, "Барселона" уни сотиб юборади  9

"Jamoa va murabbiyga yordam berishning bir yo'lini bilaman – gollar urish" Yangiliklar

"Jamoa va murabbiyga yordam berishning bir yo'lini bilaman – gollar urish"

Bugungi kunda eng kuchli markaziy hujumchilardan biri Mauro Ikardi bilan suhbat.

Mauro Ikardining futbol haqidagi tushunchalari va unda o'zining o'rni haqidagi fikri o'ziga xos. 

"Hujumchi gol urishi, yarim himoyachi – o'yinni tashkil etishi, himoyachi esa – himoyalanishi, darvozabon – raqib zarbalarini qaytarishi zarur".

Bo'ldi. Hech kim – na Spalletti, na Manchini, Poli, De Bur, Maccarri va na Stramachchoni – Mauroni fikrini o'zgartira olmadi. Futbolchi fikrida qatiy turibdi.

"Inter"da bir necha oy ishlagandan so'ng Roberto Manchini: "Agar Ikardi futbol o'ynashni ham bilganida, u chinakam fenomenga aylanardi". 

Hech kim murabbiy o'shanda nimani nazarda tutgani, yoki bu shunchaki xazilmidi tushunmadi.

Mauroni bular zarracha ham tashvishga solmaydi. 

"Menimcha, gollar yordamida ko'p narsaga erishish mumkin. Gollar futbolda eng kerakli narsalardan biri. Men jamoaviy futbolchi emasligim haqida ko'p gapirishadi, ammo tanqidchi va jurnalistlar fikri meni butkul qiziqtirmaydi. Jamoa va murabbiyga yordam berishning bir yo'lini bilaman – gollar urish. Va bu ishni kichkina bolakayligimdan buyon bajaraman. Men gol urishni bilaman, men gol urishim kerak. Buni qanday nomlash mumkin? Missiya? Ha, bu mening missiyam. Vaqtida men "Sampdoriya" safida gollar urdim, olti yildan buyon "Inter"da gol uryapman. "Inter" safida Genuedagidan 100ta ko'p urishga erishdim, ammo men hamon o'sha Mauroman. Men xotirjam, o'z ishimni qilyapman".

- Ikki turdagi etakchilar bo'lishadi: jim yuradigan, lekin zarur paytda qaror qabul qila oladigan, va maydonda ham, kiyinish xonasida ham borligi darrov sezilib turadiganlar. Siz o'zingizni birinchi guruhga qo'shasizmi?
"Men ko'p baqiraman. Ko'pincha jamoadoshlarimga ovozimni balandlatib gapiraman. Bu menga sardorlik bog'ichi berilgandan keyin bo'lib qolmadi, men avvaldan shunaqaman. Oldimga aniq maqsadlar qo'yaman, kamroq gapirib, niyatimga etish uchun ishlayman. Kamdan-kam hollarda intervyu beraman. Bazan instagramga rasm yuklayman, ammo unga qandaydir izohlar qoldirmayman. SHaxsiy hayotimga eshik, men istamagan insonlar uchun, doimo yopiq".

- Ammo siz haqingizda, hayotingdagi voqealar haqida o'rningga gapirib beradiganlar bor. Masalan - Vanda.
"Vanda nimani gapirish va nima qilish kerakligini yaxshi biladi. U jamoatchilik nima istayotganini yaxshi biladi. U televideniyada o'zini erkin xis qiladi, ko'plab jurnalistlar bilan yaxshi tanish, doim qiziqqani - modalar dunyosiga kirdi. Vanda juda ayyor va uni doimo boshqarib turish zarur. Men unga to'liq ishonaman. U oynadagi pardani qancha qismini ochsa, men uchun muammo paydo bo'lmasligini biladi. Milanda men uydan deyarli chiqmayman. Besh farzandim va to'rtta itimiz bor. Ularga men va Vandani qo'shing – butun boshli futbol jamoasi. Va Vanda – ushbu jamoaning to'purari. Meni esa faqat Francheska boshqaradi. Yanvarda u to'rt yoshga to'ladi. Izabella, Benedikto, Valentino, Konstantino – butun oilam mening tanamda. Faqatgina kuchuklarimiz etishmayapti".

- Tanangiz tatuirovkalar bilan to'la.
"Men sevimlilarimni nafaqat yuragimda, balki terimda ham olib yurishni istayman. Nimani nazarda tutayotganingizni tushundim. Futbolga qiziquvchi millionlab bolalar, o'z kumirlaridan o'rnak olishadi. Ular tatuirovkasiz mumkinmas deb o'ylashlari ham mumkin".

- Ha, bu ularga yomon tasir qilishi mumkin-ku?!
"To'g'risini aytsam, ular bunday bo'lishini istamayman. Ammo men nima qila olaman? Biroq uzr, kim uchundir o'zgara olmayman. Yosh futbolchilar menga qarab o'rnak olishlari mumkinligini tushunaman, lekin har bir inson qarorni o'zi qabul qiladi. Faqatgina menda yoki boshqa bir futbolchida shunday bo'lgani uchun, tanasiga tatuirovka chizdirish noto'g'ri".

- O'z vaqtida sizni Italiya termasiga taklif qilmoqchi bo'lishgan. O'shanda siz ona yurtingiz Argentinaga qanchalik bog'lanib qolganingiz haqida o'ylagandim.
"Men bu taklif haqida bir soniya ham o'ylab o'tirmaganman. Buni Italiyaga nisbatan hurmatsizlik deb tushunmasligingizni so'rayman. Italiyadan umrbod qarzdorman, bu mamlkatga juda ko'p jihatlarda rahmat aytishim zarur. Ammo men – argentinalikman. Oilamiz bilan juda erta u erdan ko'chib ketgan bo'lsak ham. O'zim Ispaniyada katta bo'ldim, lekin muntazam Argentinaga borib, u erda qolgan qarindoshlarimizni ko'rib kelardim. Messi ham 12-13 yshida Argentinadan ketgan. Hozir Argentinada yana moliyaviy inqiroz kuzatilmoqda, odamlarda pul yo'q, shu sabab ular jaxldor, ko'pincha shavfqatsiz. Boka va River o'yini oldidan bo'lgan ishlarda faqat muxlislar aybdor jmas. Boka Xuniros prezidenti to'g'ri aytdi, bu butun mamlakat uchun uyat – CHempionlar Ligasi finali darajasidagi o'yinni o'tkaza olmaslik. Ammo muammoning sababi chuqurroq tahlil qilinsa ko'rinadi, bu erda ijtimoiy muammo mavjud".


- Siz Messi haqida so'z ochdingiz. U chindan ham terma jamoada shu qadar tasir kuchiga egami?
"Bu haqida sizlar gazeta va TVda shunday deysizlar. Men hech qachon Messi borib murabbiyga nima qilish kerakligini o'rgatganini ko'rmaganman, eshitmaganman. Ishonchim komil, bunday bo'lmagan. Jahon CHempionatiga tarkibni Sampaolining o'zi tanlagan.

- Istaymizmi, yo'qmi, har bir jamoada fikriga quloq solinadigan futbolchi bo'ladi. Siz hech qachon klub prezidentidan tarkibni kuchaytirishni so'ramaganmisiz?  "Hech qachon. Tasavvur qiling, men Messidan bizga CHempionlar Ligasida yordam berib yuborishini so'rolmaymanku… Biz uchun "Barselona"ning o'yini natijasi muhim, lekin PSV haqida o'ylashimiz zarur. "Barsa" doim g'alaba uchun maydonga tushadi. Umid qilamiz, bu safar ham vaziyat o'zgarmaydi".

- 29 ochko, "Napoli" bilan elkama-elka borayapsizlar, "Yuve" qochib ketdi, CHempionlar Ligasida pley-off yo'llanmasi uchun kurash. SHunday "Inter"ni tasavvur qilarmidingiz?
"Biz kuchliroq bo'lganimiz aniq. Omadsiz start, qator o'yinlarda ochko yo'qotdik. Agar o'shanda yaxshiroq natija qayd etolganimizda, hozir "Yuventus"ga juda yaqin bo'lardik. Hammasi joyiga tushdi deb o'ylay boshlaganimizda Bergamoda omadsizlikka uchradik. Nima ham deya olardim, o'sha kuni ular yaxshiroq o'yin ko'rsatishdi.

- "Inter"dan ketish haqida o'ylaganmisiz?
"Men maqsadlarim haqida doimo aniq gapiraman. Birinchisi – "Inter" bilan ECHLga qatyish. Bu vazifani bajardik. Ikkinchisi – "Inter" bilan qaysidir musobaqada g'olib chiqish. Direktor, qimmat futbolchilarni sotib ololmasdi, shuning uchun erkin agentlar bilan shartnoma tuzganiga qaramay, yaxshi jamoa tuza oldi". (Kuladi)

- SHartnoma muddati uzaytirilganicha yo'q. Pippo Indzagi "Yuve" safida o'ynarkan, har bir kiritilgan goldan so'ng kelishuv muddatini uzaytirishni so'rardi.
"Hammasi bo'ladi. SHunchaki vaqt kerak".

- Endi "Yuventus"da Ronaldu bor.
"Va qatorasiga ettita skudetto. Ronaldu kelganiga ko'p bo'lmagan bo'lsada, chempionatimizga katta foyda keltirdi. Italiyada faqatgina "Yuve" uni sotib olishi mumkin edi.

- Ular sizni ham xarid qilishmoqchi edi.
"SHunga o'xshash nimanidir eshitgandek bo'lgandim. Bazan men oxirgi bo'lib bunday yangiliklarni bilaman. Meni faqat bir narsa – o'z ishimni yaxshi bajarish qiziqtiradi. Futbol o'ynash men uchun – quvochn, g'urur, men orzu qilgan kasb".

- Afsonaviy hujumchi Roberto Prucco barcha raqiblarga qarshi birdek tayyorlana olmasligi, uni faqat kuchli raqiblarga qarshi o'yin ruhdantirishini aytgandi.
"Hozir unaqasi ketmaydi. CHarchoq bilan o'ynash mumkin, lekin ishtiyoqsiz – mumkin emas. Men doim xotirjamlikni saqlab, etiborimni jamlashga harakat qilaman".

- Aytishlaricha, siz Lautaroga barcha ishlarida yordam berayotgan ekansiz...
"Men shunchaki qo'limdan kelganini qilyapman. Avvaliga qaerga borsam, uni birga olib yurdim. CHunki u endi 21 yoshda va bu erda hech kimni tanimasdi. Maydonda u bor kuchini berib o'ynaydi, Argentina futbolida katta bo'lgani seziladi, u erda sizni ham tepishadi, siz ham zarba berasiz. VAR bu borada hujumchilar uchun ajoyib sovg'a bo'ldi deb o'ylayman. Avvallari jarima maydonida ancha-muncha ishlar bo'lib ketardi va buni hech kim sezmasdi. Endi o'yin nisbatan tozaroq o'tyapti".

- Gollar barcha muammoni hal qiladimi?
"Ha, juda katta yordam beradi".


- O'yinlaringizni kuzatib, siz ko'pincha ichki tuyg'ularingizga quloq tutishingizni sezish mumkin...
"Futbol mening ruhimga singib ketgan. Men qaerga yugurishni, raqibni qanday ortda qoldirishni o'ylayman – bu kabi xislatni mashg'ulotlar orqali paydo etib bo'lmaydi. Barchasini soniyalar hal etishi mumkin.

- Uzoqdan sirena ovozi eshitilyapti. CHamasi, bu "Real" sizni izlab kelmoqda.
"Menimcha hozir buning uchun qulay fursat emas. Bugungi kunda men Italiyadagi hayotimdan mamnunman.


Nozima Zaripova tarjima qildi 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика