So’nggi yangiliklar

18:49Суперлига. "Пахтакор" – ОКМК. Таркиблар маълум  0 18:36"Ювентус" Тоналини харид қилмоқчи  1 18:09ФИФА собиқ ҳаками вафот этди  0 17:46Диёра Ҳабибуллаева – "Севинч" аъзоси!  0 17:30Суперлига. 17-тур дисквалификациялари: "Динамо", "Сўғдиёна" ва "Андижон"да йўқотишлар бор  0 17:13МЮ "Реал" футболчиси учун йирик таклиф билан чиқмоқчи  4 16:44"Андижон" собиқ футболчиси фаолиятини Черногорияда давом эттиради  2 16:16"Реал" собиқ ҳужумчиси Греция жамоасига ўтди  0 15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  11 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  2 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  14 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  12 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  5

Jamoa bir oilaga aylanishi kerak yoxud "Buxoro" futbolchisining keyingi manzili qaer? Yangiliklar

Jamoa bir oilaga aylanishi kerak yoxud "Buxoro" futbolchisining keyingi manzili qaer?

"Buxoro" o'z qarorgohida yangi mavsumga hozirlikni davom ettirmoqda.

Jamoaning tarkibida o'zgarishlar etarlicha. Ayni paytda jamoa bilan birga mashg'ulotlarda ishtirok etayotgan Anvar Jo'raev keyingi taqdiri va boshqa jamoalardan takliflar haqida fikrlarini bildirib o'tdi. 


- "Buxoro" jamoasida ayni paytda yangi murabbiy va yangi futbolchilar ishtirok etmoqda. Klubdagi taqdiringiz qanday kechishi mumkin?

- Hozircha o'zimizning bazamizda shug'ullanmoqdamiz. Yangidan jamoa shakllanmoqda. Bu yil shartnomam yakunlanadi. Hozircha jamoada qolamanmi yoki yo'qmi, bilmayman. 

- Hakim Fuzaylov bilan bu borada gaplashdingizmi?

- Murabbiy bilan gaplashib oldim. Ayni paytda shu erdaman. Ularga yangi takliflar bo'lsa o'ylab ko'rishimni aytdim. 

- Taklif bilan chiqayotgan jamoalar Superligadan yoki Pro ligadan?

- Biroz kutib yakuniy qarorga kelaman. Ushbu fikrimni rahbariyatga ham aytdim. 

- "Buxoro" nimani o'zgartirish evaziga Superligaga chiqishi mumkin?

- Jamoada yaxshi saviyadagi futbolchilar yig'ilgan. Tarkib yanada kuchaytirilib bir oilaga aylantirilsa, maqsadga erishsa bo'ladi. 

- Avvalgi yilgidan qarzdorliklar yo'qmi?

- Qarzdorliklar bor. Yaqin kunlarda hal qilishligini malum qilishdi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика