So’nggi yangiliklar

17:55Суперлига. "Машъал" - "Навбаҳор" учрашувида ғолиб аниқланмади  10 17:26Суперлига. "Динамо" – "Қўқон-1912" (матнли трансляция)  4 17:15Суперлига. "Андижон" – "Хоразм". Таркиблар маълум  2 17:04"Нефтчи"нинг ОФК кубогида 5:4 ҳисобида ғалаба қозонгани ёдингиздами?   2 16:49Кенжа Тўраев ва Зафар Полвонов Қашқадарё вилояти футбол академиясида меҳмон бўлди  1 16:28"Арсенал" собиқ футболчиси АПЛга қайтиши мумкин  0 15:53Антони: "Шахсан Компанининг ўзи мени "Бавария"га таклиф қилганди"  0 15:25Туркия терма жамоаси Испанияда ўғриликка дуч келди  1 14:56"Ливерпуль" Салоҳнинг ўринбосари учун қанча тўлайди?  0 14:29Тимур Кападзе Индонезияда!  25 13:52"Ливерпуль" мухлислари учун хушхабар: Алиссон тузалди  1 13:25Рэшфорд "Барселона" машғулотларини ўтказиб юборди  0 12:58"Манчестер Юнайтед" хавбеки Италия чемпиони сафига ўтишга қизиқиб қолди  2 12:32ФИФА Роналду мухлисларининг танқидлари ортидан Жаҳон чемпионати постерини ўчириб ташлади  38 12:06Англиянинг 5 карра чемпиони, "Манчестер Сити" собиқ сардори фаолиятини тугатганини эълон қилди  1

Jaloliddin Masharipov: "Guruh bosqichida mag'lubiyatga uchramaslikni reja qilgandik" Yangiliklar

Jaloliddin Masharipov: "Guruh bosqichida mag'lubiyatga uchramaslikni reja qilgandik"

Osiyo kubogi uchinchi turidan o'rin olgan Avstraliya va O'zbekiston (1:1) terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvdan keyin terma jamoamiz azosi Jaloliddin Masharipov o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi

- Qiyin bahs bo'lishini bilgan edik. Avstraliya terma jamoasi darvozasiga hali gol ham urmagan edik. Guruh bosqichida mag'lubiyatga uchramaslikni reja qilgandik. Bundanda yaxshiroq o'ynay olamiz aslida.

- Hujum chizig'imiz ikkinchi taymda to'liq o'zgardi. O'zgarishlar ko'proq hujum qilishimizga imkoniyat yaratib berdimi?

- Birinchi bo'limning dastlabki o'n daqiqasida raqib bizga bosim uyushtirdi. Ikkinchi bo'limda esa biz raqibdan ustunroq bo'ldik.

- Sariq kartochkalar soni ko'payib ketmadimi?

- Bugungi uchrashuvda keraksiz sariq kartochkalar ishlab oldik. Otabek hakam bilan tortishgani uchun sariq kartochka oldi, ushbu holatni qayta takrorlamasligimiz kerak.

- F guruhidagi ikkinchi o'rinni egallagan jamoa bilan nimchorak finalda to'qnash kelamiz. Katta ehtimol bilan raqibimiz Tailand yoki O'mon bo'ladi. Qaysi raqib bizga qulayroq?

- Ular bizdan qo'rqishsin. Biz O'zbekistonmiz. Barcha raqiblarni hurmat qilamiz, ammo biz O'zbekistonmiz va ular bizdan qo'rqishi kerak.

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика